Mavzu: kompyuter testlari yordamida o’quvchilar bilimini nazorat qilishni loyihalashti kirish mavzuning dolzarbligi


Yangi pedagagik texnalogiyalar haqida



Yüklə 46,46 Kb.
səhifə7/9
tarix13.10.2023
ölçüsü46,46 Kb.
#127751
1   2   3   4   5   6   7   8   9
KOMPYUTER TESTLARI YORDAMIDA O’QUVCHILAR BILIMINI NAZORAT QILISHNI LOYIHALASHTIRISH

Yangi pedagagik texnalogiyalar haqida.
Dars o’tishning turli uslublari bor, shuningdek, darsning o’zining ham turlari xilma-xil bo’ladi.
Dars o’tishning an’anaviy uslublari quydagi reja-ssenariy bo’yicha kechadi:
1. Tashkiliy qism – salom-alik, davomatni aniqlash, doskaning tozaligi, bo’r, lattaning borligiga ishonch hosil qilish va hokozo.
2. O’tilgan mavzuni so’rash – O’qituvchi “Avvalgi darsda qanday mavzuni o’tgan ediik, uyga qaysi misol-masalalar berilgan ediқ”, degan savolni o’rtaga tashlaydi. O’tilgan mavzuni 4-5 o’quvchidan so’raladi. Ular, odatda, doska oldida javob bedradilar, shunda uy vazifasini bajargan daftarlarini o’qituvchiga ko’rsatish uchun o’zlari bilan birga olib chiqadilar.
O’qituvchi o’quvchilarning javobini eshitadadi va uy vazifalarini ko’radi, ularni baholaydi. O’quvchilar javoblari bo’yicha fikr mulohazalar aytiladi.
3. Yangi mavzuni bayon qilish. Bundan oldin doskaga mavzu sarlavhasi yoziladi. Ba’zi o’qtuvchilar shu vaqtning o’zidayoq yangi mavzu darslikning qaysi paragrifida, nechanchi betlari ekanini, qaysi mashqlar uyga vazifa qilib berilishini, doskaning bir chetiga ( ko’pinch o’ng yuqori burchgiga) yozib qo’yadilar. So’ngra yangi mavzuni bayon qilish boshlanadi.
4. Yangi mavzuni mustahkamlash. Yangi mavzuni o’quvchilar qanday tushunadilar, darsdan ko’zlangan maqsad erishildimi-yo’qmi ekanini aniqlash, mavzuning asosiy g’oyasini, “nuqtalari”ni mustahkamlash uchun o’qituvchi mavzuga oid savol berib ko’radi, mashqlar ishlatadi. Bunda tajribali o’qtuvchilar sinfning faolligini oshirish, mavzu o’quvchining ongiga singib olish uchun turli uslublardan foydalanadilar. Masalan, tarqatma matriallar berish, o’quvchilarni guruhlarga ajratish, har bir guruhga avvaldan tayyorlab kelingan topshiriqni berish va hokazo.
O’qituvchi mashqlarni bajarish jarayonida sinfni aylanib, kim qanday ishlayotganini kuzatadi, zarur hollarda yordam beradi. “Savollar bormi?”- deb so’rab turadi.
5. Darsni yakunlash, o’quvchilarning bilimini baholash. O’qituvchi mashqlarni bajarilishini va jovoblarni tahlil qiladi. Mavzuning o’quvchilarga “etib bormagan” joylarini aniqlaydi. Bu “joy”larini qayta tushuntirib, izohlab beradi. Doskada faol qatnashgan, savollarga javob bergan, topshiriqni bajargan o’quvchilar baholanadi.
Ko’p o’qituvchilarning kundalik dars o’tish rejalarini o’raganish, tahlil qilish shuni ko’rsatadiki, o’qituvchilar yuqorida keltirilgan har bir bosqich uchun vaqt taqsimotini beradilar. Bu, ayniqsa, yosh o’qtuvchilar uchun foydali. Ko’rsatilgan vaqtdan birozv cheklanishlar biroz tabiiy hol.
Keyingi vaqtda dars o’tishning “yagi texnalogiyasi” , dars o’tishning nostandart – noan’anaviy uslubi, xususan, interfaol(interaktiv) uslubi degan iboralar eshitamiz.
Bunday uslublarni ilg’or o’qituvchilarning o’zlari kashf qilganlar va bu uslubdan ko’pgina o’qituvchilar foydalanib kelmoqdalar.
Dars o’tishning zamonaviy pedagagik uslublariga oid ko’plab qo’llanmalar chop etilgan.
“Biror navzu ustida qanday ishlanganda uning qancha foizi (protsenti) yodda saqlanadiқ” degan tabiiy savolga javob topish maqsadida o’tkazilgan tajribalar yakuni “anglash piramidasi” degan nomni oldi. Unga ko’ra mavzu bayonini;
faqat eshitganda uning 10-20%i;
eshitsa va mavzuga oid ko’rsatmali materiallar ko’rsa, uning 30-50%i;
eshitsa mavzu bo’yicha amaliy mashg’ulot bajarsa, mavzuni o’rtoqlariga gapirib bersa, tushuntirsa uning 60-90%i yodda qoladi.
Albatta har bir o’qituvchining tajribasi, bilimi, qo’shimcha adabiyotlarning borligi, shaxsiy kutubxonasining boyligi, ko’p jihatdan, unga mavzuni qaysi uslub bo’yicha o’tishini “aytadi”.
Bitta uslubga “bog’lanib” qolish ham kerak emas. Turli uslblarni o’rganib, taqqoslab, hamkasblar bilan fikrlashib, o’z uslubingizni yarata olasiz.
Qisqacha bo’lsada dars o’tishning noan’anaviy, faollashtiruvchi yo’llariga to’xtaylik.
Amaliy mashq – mavzuda bayon qilingan nazariy bilim, qoida, formulani amalda, mashqlar ishlash jarayonida qo’llay olish ko’nikmasi (uquvi )ga ega bo’lish maqsadida tashkil qilinadi. Matematik darslarning deyarli hammasida amaliyot bilan bog’liq mashqlar bajariladi.

Yüklə 46,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə