Mavzu: kompyuter testlari yordamida o’quvchilar bilimini nazorat qilishni loyihalashti kirish mavzuning dolzarbligi


O'quvchilarning bilimlarini aniqlashning afzalliklari



Yüklə 46,46 Kb.
səhifə6/9
tarix13.10.2023
ölçüsü46,46 Kb.
#127751
1   2   3   4   5   6   7   8   9
KOMPYUTER TESTLARI YORDAMIDA O’QUVCHILAR BILIMINI NAZORAT QILISHNI LOYIHALASHTIRISH

2.2. O'quvchilarning bilimlarini aniqlashning afzalliklari
O’quv yili oxirida ham reja asosida takrorlash darsi ajratilgan bo'ladi, bunday takrorlashni yakuniy takrorlash darsi deb yuritiladi. Yakuniy takrorlash darsida o'quv yili davomida o'tilgan har bir bob mavzu materiallari takrorlab umumlashtirib boriladi.
Yakuniy takrorlash-umumlashtirish darsining muvaffaqiyatli o'tishi uchun o'quv yili boshidagi, kundalik, tematik takrorlash darslari o'z vaqtida o'tkazilgan bo'lishi kerak. Yakuniy takrorlash­-umumlashtirish darsi orqali o'quvchilarning yil davomida olgan bilimlari umumlashtiriladi va sistemalashtiriladi. Yakuniy takrorlash-umumlashtirish darsini hamma o'qituvchilar ham metodik jihatdan tashkil qilmaydilar. Biz bir necha maktabda o'tkazilgan yakuniy takrorlash-umumlashtirish darslarini kuzatdik, ular o'quv materiallarini umumlashtirish va sistemalashtirish o'rniga ba'zi maktablarda o'quvchilarni doskaga chiqarib qo'yib, ulardan o'tilgan o'quv materiallarini so'rash, ba'zilarida esa bir necha misol yoki masala yechish bilan cheklanishdi.
Ko'pchilik o'qituvchilar yakuniy takrorlash-umumlashtirish darsini o'tkazishda quyidagi kamchiliklarga yo'l ko'yadilar:
1.Takrorlash-umumlashtirish darsi uchun faqat o'quv yili oxirida soat ajratib uni o'tkazadilar.
2.Takrorlash-umumlashtirish darsi uchun material tanlashga befarq qaraydilar. 3.Takrorlash-umumlashtirish darsini o'tkazish metodikasini to'g'ri tanlay olmaydilar.
4.Takrorlash-umumlashtirish darsi uchun material yuzasidan savollar va mashqlar sistemasini tuzmaydilar.
O'qituvchi yakuniy takrorlash-umumlashtirish darsi bo'lishidan bir necha kun avval shu darsda qaysi materiallarni qanday usullar bilan takrorlash va umumlashtirishini hamda ularga doir qanday masalalarni yechish kerakligini aniqlab, so'ngra o'quvchilarga shu mavzular bo'yicha tuzilgan savollar va mashqlar sistemasini berishi, ular shu o'qituvchi ko'rsatmasiga asosan yakuniy takrorlash-umumlashtirish darsiga tayyorgarlik ko'rishlari kerak. O'qituvchi yakuniy takrorlash-umumlashtirish darsini uyushtirishdan oldin quyidagilarga e'tibor berishi kerak:
1.Takrorlash-umumlashtirish darsining materiali o'sha kursni umumlashtiruvchi xarakterda bo'lishi kerak.
2.Shu darsda o'tish uchun ajratilgan material bo'yicha savollar sistemasi tuzilgan bo'lishi kerak.
3.Takrorlash-umumlashtirish darsida ishlanadigan mashqlar sistemasi tuzilgan bo'lishi kerak.
4.Tuzilgan savollar va mashqlar sistemasi takrorlanayotgan materialni sistemalashtiruvchi va umum­lashtiruvchi xarakterda bo'lishi kerak.
5.Takrorlash-umumlashtirish darsini o'tkazish metodikasiga e'tibor berish kerak.
O'qituvchi yakuniy takrorlash-umumlashtirish darsi uchun mavzularni avvaldan rejalashtirishi kerak. Yakuniy takrorlash-umum­lashtirish darsi o'qituvchining umumiy ma'ruzasi yoki o'quvchi­larning shu mavzuga doir tayyorlangan ma'ruzalarini eshitish orqali o'tkaziladi. Dars oxirida o'qituvchi takrorlash-umumlashtiruvchi darsida faol qatnashgan o'quvchilami rag'batlantiradi, faol qatnashmagan o'quvchilami ogohlantiradi, so'ngra o'tilgan mavzu materialini umumlashtiradi va sistemalashtiradi.
Yakuniy takrorlash-umumlashtirish darsi bo'lishidan 5-6 kun oldin takrorlanadigan mavzular o'quvchilarga beriladi. O'quvchilar esa o'qituvchining ko'rsatmasiga asosan belgilangan kitoblardan foydalanib, takrorlash-umumlashtirish darsiga ma'ruzalar tayyorlaydilar. Yakuniy takrorlash-umumlashtirish darslarini bunday uyushtirish orqali har bir o'quvchini mustaqil ishga o'rgatiladi.
Mavzularni yakuniy takrorlash-umumlashtirish darsi rejasiga bob yoki kursni o'z ichiga oladigan materiallardan tanlanadi.

Yüklə 46,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə