Mavzu: Korxonada kadrlar siyosati va uni darajasini oshirish yo’llari. Reja



Yüklə 2,14 Mb.
səhifə2/2
tarix16.03.2023
ölçüsü2,14 Mb.
#102649
1   2
11-variant soha iqtisodiyoti

2. Kadrlar siyosati turlari
  • Korxona rahbariyatining kadrlar holatiga ta’siri va nazorat darajasiga, xodimlarning miqdori va malakaviy shaklini prognozlashtirishga qaratilgan tartiblariga ko‘ra korxona kadrlar siyosatining quyidagi turlari ajratib ko‘rsatiladi: – passiv;
  • – reaktiv;
  • – ogohlantiruvchi;
  • – faol.
    • Passiv kadrlar siyosatida korxona rahbariyati xodimlar bilan ishlash bo‘yicha aniq dasturga ega emas va allaqachon yuzaga keluvchi kadrlar muammolariga (xodimlarning yetishmovchiligi, nizolar, uzoq davr bo‘sh lavozimlar mavjudligi) vaziyatni chuqur tahlil qilmay, ularni bartaraf etishga mavjud kuch va vaqtlarini sarflab, majburiy va noiloj ravishda olib boriladi. Bunda kadrlarga taalluqli qarorlar korxonada uzoq muddatli davrlarda o‘z vaqtida hisobga olmay qabul qilinadi. Xodimlarni saralash va tanlab olib, ishga rasmiylashtirish personalda kelajakka ehtiyojini rejalashtirmagan holda muntazam tezkor tartibda amalga oshiriladi.
    • 3.Kadrlar siyosati va korxona strategiyasining o‘zaro aloqasi
    • Ko‘pchilik rahbar xodimlar kadrlar siyosati tushunchasini zamonaviy kadrlar strategiya tushunchasi bilan adashtiradilar. U strategik menejmentni rivojlantirish bilan bog‘liq maxsus 20 adabiyotga kiritilgan. Qadim zamonlarda strategiya deganda jangda qo‘mondonning xulq-atvori san’ati, harbiy amaliyotlar maqsadlarini aniq belgilash qobiliyati, kuchlarni eng muhim yo‘nalishlarga kerak holatda kerakli miqdorda tarqatishi deb tushunilgan. Hozirgi O‘zbekistonning innovatsion iqtisodiyotga o‘tish davrida kadrlar strategiyasi deganda istiqbolli maqsadlar, tashqi muhit, shuningdek vositalar, usullar, qarorlar va mavjud mehnat resurslarini hisobga olgan holda personalni boshqarish vazifalarini belgilash tushuniladi. Yuqorida qayd etilganlar yordamida faoliyat eng yaxshi tarzda amalga oshiriladi, aniq belgilangan maqsadlarga erishiladi va vazifalar hal etiladi, korxonaning iqtisodiyotdagi raqobatbardoshligi qo‘llab-quvvatlanadi.
    • Kadrlar siyosatining yuqorida ko‘rsatilgan ta’rifidan umuman olganda farq qilmaganligi strategiyaning bunday tushunilishi to‘g‘ri hisoblanadi. “Kadrlar siyosati” va “kadrlar strategiyasi” tushunchalarini ajratish, ehtimol, nazariy jihatdan ko‘proq ahamiyatga ega. Ular o‘zaro chambarchas bog‘langan. Amaliyotchilarga qaysi atama qo‘llanilganligi muhim emas, avvalo ularni qanday mazmun qo‘- yilganligi va muayyan korxonaning personalini boshqarishda qanday amalga oshirilishi mumkinligi qiziqtiradi. Kadrlar strategiyalari, fikrimizcha, rejalar, resurslar, vositalar birligidir, ular yordamida tashkilotning mavjudligi, korxona rivojlanishining muayyan bosqichida kadrlar siyosati talablaridan kelib chiquvchi personalni boshqarishning aniq maqsadlarga muvofiqligidir.
    • Strategiyalar korxonaning iqtiqbol maqsadlariga erishishga qaratilgandir, ammo yanada tor va ishchanroq rejaga qaratilgan kadrlar siyosatida amalga oshirishga va barcha joriy maqsadlarni haqiqiy mujassamlantirishga qaratilganligi bilan ajralib turadi. Kadrlar siyosati zimmasiga yuklangan vazifalarni hal qiluvchi kadrlar strategiyasi turli xil bo‘lishi mumkin, masalan: – kadrlarni yoshartirish strategiyasi; – kadrlarni saralash va tanlashga ketuvchi xarajatlarni kamaytirish strategiyasi; 21 – kadrlarni uzluksiz kasbiy rivojlanishtirish va ularning bilim darajalarini oshirib borish strategiyasi; – rahbar xodimlarning zaxirasini yaratish strategiyasi; – har bir xodimning ish faoliyatini obyektiv baholash strategiyasi; – personalni samarali boshqarish uchun tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari mas’uliyatini oshirish strategiyasi; – yuqori samara bilan ishlovchi jamoalarni yaratish strategiyasi; – boshqa xodimlarga namuna bo‘luvchi “yetuk professional” – mutaxassislarni yetishtirish strategiyasi; – mavjud personalni qisqartirish va personal o‘zaro almashinuvi strategiyasi; – rahbar va mutaxassislarning vakolatlarini ularning ish natijalariga javobgarligini oshirish bilan birga kengaytirish strategiyasi
    • Xulosa
    • .Kadrlar strategiyasini tanlashda turli omillar ta’sir ko‘rsatadi: – korxonaning joriy rivojlanish bosqichidagi maqsad va vazifalari; – kadrlar masalasi bo‘yicha ichki tashkiliy muammolar; – mehnat bozoridagi bosim vaziyati; – kadrlar sohasidagi raqobat tendensiyalari; – korxonaning boshqaruv va moliyaviy imkoniyatlari va hokazo. Kadrlar strategiyalari kadrlar siyosati singari turli davrlar hususiyatlaridan kelib chiqqan holda qaytadan ishlab chiqilishi mumkin va odatda, o‘rta va uzoq muddatlarga mo‘ljallanib qabul qilinadi. Ularning amal qilish muddatini tanlash ko‘pgina omillar: korxonaning rivojlanish bosqichlari, bozor sharoitidagi o‘zgarib turuvchi tashkiliy maqsadlari, boshqa ichki va tashqi omillarga bog‘liq.

    Yüklə 2,14 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
    1   2




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə