Mavzu: Korxonaning tuzilishi va boshqaruvi jixatdan bo‘limlari tarkibi bilan tanishish


-Mavzu yuzasidan nazorat savollari



Yüklə 2,18 Mb.
səhifə13/70
tarix21.05.2022
ölçüsü2,18 Mb.
#87620
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   70
Mavzu Korxonaning tuzilishi va boshqaruvi jixatdan bo‘limlari t

6-Mavzu yuzasidan nazorat savollari:

  1. Asosiy vositalar qanday holatlarda kirim qilinadi:?

  2. Inventar obyekti deyilganda nima tushuniladi?

Mavzu yuzasidan misollar:
1-Misol: «Bobur» hissadorlik jamiyati sex binosini o‘z kuchi bilan qurib, foydalanishga topshirdi. O‘urilishga sarflangan jami xarajat 92179000 so‘mni tashkil qildi. Ushbu muomalaga hisobda qanday provodka beriladi?
Javob:
D-t 0120-«Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar» - 92179000 so‘m
K-t 0810-«Tugallanmagan qurilish» - 92179000 so‘m.
2-Misol. «Bobur» hissadorlik jamiyati yangi ishlab chiqarish faoliyati uchun bino sotib oldi, uning xarid qiymati – 102 000 000 so‘m, broker xizmati uchun 120 000 so‘m hamda yurist xizmatiga 115 000 so‘m to‘lagan, hujjatlarni rasmiylashtirishga 125 000 so‘m xarajat qilingan. Ushbu muomalaga hisobda qanday provodka beriladi?
Javob:
- bino xarid qilindi:
D-t 0820-«Asosiy vositalarni sotib olish» - 102 360 000 so‘m
K-t 5110-«Pul mablag‘lari» - 102 360 000 so‘m.
- bino balansga qabul qilindi:
D-t 0120-«Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar» - 102 360 000 so‘m
K-t 0820-«Asosiy vositalarni sotib olish» - 102 360 000 so‘m.
3-Misol. Transport vositasi bepul olindi. Ushbu muomalaga hisobda qanday provodka beriladi?
Javob:
D-t 0160-«Transport vositalari»
K-t 8530-«Tekinga olingan mol-mulk».

7-Mavzu: Asosiy vositalar eskirishi va harakatdagi eskirish normasini (amortizatsiyasi) hisobi tuzilishini o‘rganish, asosiy vositalar bo‘yicha, to‘la tiklash bo‘yicha eskirish normalari bilan tanishish.
Amortizatsiya asosiy vositaning foydali xizmat muddati davomida amortizatsiya qiymatini muntazam ravishda taqsimlash va ko‘chirish ko‘rinishida eskirishning qiymat ifodasidir. Asosiy vositaning amortizatsiya qiymati taxmin qilinayotgan tugatilish qiymatini chiqarib tashlagan holda aktivning dastlabki qiymati yoki moliyaviy hisobotlarda ko‘rsatilgan qiymat o‘rnini bosadigan boshqa qiymatning summasidir.
Asosiy vositaning eskirishi bilan amortizatsiya o‘rtasida mustahkam aloqa bor. Biroq ular bir xil tushunchalar emas. Eskirish asosiy vositalaridan foydalanish vaqtida ularning texnik ishlab chiqarish xossalarini asta-sekin yo‘qotish jarayonini aks ettiradi.
Amortizatsiya ancha murakkab jarayon bo‘lib, iste’mol qilingan asosiy vositalar qiymatini ularning eskirishiga muvofiq ravishda mahsulot tannarxiga, davr xarajatlariga o‘tkazish, iste’mol qilingan asosiy vositalarning o‘rnini qoplash maqsadida pul fondini jamg‘arish jarayonini aks ettiradi. Demak, eskirish amortizatsiyaning dastlabki shart-sharoitidir.
Asosiy vositalarning eskirishi ikki xil bo‘ladi:

  1. Jismoniy eskirish;

  2. Ma’naviy eskirish.

Jismoniy eskirish deb, asosiy vositalarning atmosfera sharoitlari ta’sirida va ulardan foydalanish jarayonida uning moddiy tuzilishida ichki o‘zgarishlar (zanglash, chirish) sodir bo‘lganda boshlang‘ich holatining yo‘qolishiga aytiladi. Jismoniy eskirish asosiy vositalardan foydalanish jarayonida ham, ular foydalanmayotgan hollarda ham sodir bo‘lishi mumkin.
Asosiy vositalarning ma’naviy eskirishi deb, ularning texnikaviy tavsifi hamda iqtisodiy samaradorligining davr talabidan, ya’ni haqiqatdan orqada qolishiga aytiladi. Ma’naviy eskirish ikki xil bo‘lishi mumkin. Birinchisi - shu kabi asosiy vositalarni qayta ishlab chiqarishning arzonroqqa tushishi natijasida ular qiymatining kamayishi bo‘lsa, ikkinchisi - yangi va ilg‘orroq asosiy vositalarni joriy qilish va ularning texnikaviy jihatdan orqada qolishi natijasida qiymatining pasayib ketishi hisoblanadi.
Asosiy vositalarga eskirish hisoblashda «Asosiy vositalar» nomli 5-son BHMAga hamda O‘zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksiga amal qilish lozim.
O‘uyidagi asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblanmaydi:

  • Yer;

  • Mahsuldor hayvonlar, buqa va ho‘kizlar;

  • Kutubxona fondi;

  • Budjet tashkilotlari, shu jumladan, ilmiy-tadqiqot, konstruktorlik va texnologik tashkilotlarning vositalari;

  • Belgilangan tartibda konservatsiyaga o‘tkazilgan asosiy vositalar;

  • To‘liq amortizatsiyalangan asosiy vositalar.

O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 23-moddasiga binoan asosiy vositalarning amortizatsiya normalari quyidagicha belgilangan:




Yüklə 2,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə