Mavzu: Korxonaning tuzilishi va boshqaruvi jixatdan bo‘limlari tarkibi bilan tanishish


- Mavzu yuzasidan nazorat savollari



Yüklə 2,18 Mb.
səhifə55/70
tarix21.05.2022
ölçüsü2,18 Mb.
#87620
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   70
Mavzu Korxonaning tuzilishi va boshqaruvi jixatdan bo‘limlari t

27- Mavzu yuzasidan nazorat savollari:

  1. Buxgalteriya hisobida valyuta schyotlari bo‘yicha muomalalar qanday hujjatlar asosida olib boriladi?

  2. Valyuta schyotini ochish uchun korxona bankka qanday hujjatlarni taqdim qilishi kerak?

  3. Korxonaning valyuta schyotlariga qayerlardan pul kelib tushadi?

  4. Valyuta schyotidan mablag‘lar uning egasi ko‘rsatmasi bo‘yicha qanday maqsadlarga o‘chirilishi mumkin?

  5. Amaliy topshiriq:

Xo‘jalik muomalalariga buxgalteriya provodkalari tuzing.





Xo‘jalik muomalalarining mazmuni



Schyotlar korrespondensiyasi

Debet

Kredit

1.

Q‘arzdor korxonalar tomonidan uzoq muddatli qarzlarning qaytarildi

5210-5220

7820

2.

Mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan tushgan valyuta kirim qilindi

5210

4010

3.

Asosiy vositalar va boshqa aktivlarning sotilishidan bankka kelib tushgan valyuta kirim qilindi

5210

4010

4.

Valyuta mablag‘lari kassadan valyuta schyotiga berilganda

5210

5010

5.

Bankdan kassaga valyuta mablag‘lari kelib tushganda

5010

5210

6.

Kelib tushgan TMBlar uchun mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga bo‘lgan qarzning o‘tkazilishida

6010

5210

7.

Bankning uzoq va qisqa muddatli qarzlarining uzilishi

7810, 6810

5210

8

Safar xarajatlari uchun vluta berildi

4220

5210

9

Markaziy bank kursi bo‘yicha xorijiy valutaning valuta schyotiga o‘tkazilishi

5210

5530

10

Valuta kursi bo‘yicha ijobiy farq summasi kirimga olindi

5210

9540


28-Mavzu: Kassadagi naqd pul mablag‘laridan foydalanishni nazorat qilish, kassa ishlarini yuritish tartibi bilan tanishish.
Bevosita korxona kassasidan naqd pulni olish va sarflash bilan bog‘liq bo‘lgan muomalalar kassa muomalalari jumlasiga kiradi. Barcha mulkchilik shaklidagi korxonalar o‘z kassalarida naqd pul qoldiqlari limitlari chegarasida naqd pullarni saqlab turishlari va ularni tushumdan olib, me’yorlar chegarasida foydalanishlari mumkin.
Korxona kassasidagi pul mablag‘larining hisobga olinishi buxgalteriya hisobining 9-sonli BHMAga asosan tartibga solinadi.
Kassa muomalalarini olib borish uchun korxona shtatidan kassir ajratiladi. U o‘zi qabul qilib olgan barcha boyliklarning but saqlanishi uchun to‘liq moddiy javobgar shaxs hisoblanadi. Kassirni tayinlash bo‘yicha buyruq chiqqanidan so‘ng korxona rahbari uni kassa muomalalarini olib borish tartibi bilan tanishtirishi, to‘liq yakka moddiy javobgarlik haqida u bilan shartnoma tuzishi shart. Kassir o‘z vazifalarini hech kimning zimmasiga yuklay olmaydi. Kassirni vaqtinchalik almashtirishga ehtiyoj tug‘ilganida korxona rahbarining qarori asosida uning vazifalari boshqa xodim zimmasiga yuklanadi. O‘z navbatida, u bilan to‘liq moddiy javobgarlik to‘g‘risida shartnoma tuziladi. Kassir to‘satdan ishni tashlab ketishga majbur bo‘lganida (kasal bo‘lganida va boshqa hollarda) uning hisobdorligidagi boyliklarni korxona rahbari tayinlagan shaxslardan iborat komissiya boshqa kassirga o‘tkazadi. Bunda qayta hisoblash natijalari va boyliklarni berish haqida dalolatnoma tuziladi, unga komissiya a’zolari imzo chekadi.
Korxona rahbari pul mablag‘larining kassada but saqlanishini ta’minlaydigan zarur sharoitlarni yaratishi lozim. Kassa uchun keragicha jihozlangan alohida xona, seyf ajratilishi zarur. Ish oxirida kassir kassa seyfini kalit bilan bekitishi va surg‘uchli muhr bilan muhrlashi shart. Seyf kaliti va muhr kassirda saqlanadi, kalitning boshqa nusxalari kassir muhrlagan paketlar, qutichalarda korxona rahbarida turadi.
Kassir naqd pul belgilari va tangalarni kassaga qabul qilib olishda O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasining to‘lovga yaroqlilik alomatlarini aniqlash qoidalariga rioya qilishi lozim. Bu qoidalarga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining haqiqiyligiga shubha tug‘dirmaydigan hamda O‘zbekiston Respublikasi Gerbining tasviri, ataylab buzish alomatlari bo‘lmagan, shuningdek, buzilish tarzidan qat’iy nazar yuza tomoni (o‘ngi)da qiymatining to‘liq miqdori va tasviri saqlangan harfli seriya va raqamlari to‘liq saqlangan qog‘oz pullar va tangalar to‘lovga yaroqli hisoblanadi.
O‘uyidagi kamchiliklarga ega bo‘lgan qog‘oz pullarni korxonalar tushum sifatida so‘zsiz qabul qilishi va bankka topshirishi shart:
- istalgan joyida teshiklar, yirtiqlar, qirilgan joylar, dog‘lar, qalam va siyohda yozilgan yozuvlar bo‘lgan qog‘oz pullar;
- yirtilgan va shu yirtilgan joyidan yelimlab yopishtirilgan, lekin ikkala qismi ham bir qog‘oz pulga tegishli bo‘lgan qog‘oz pullar;
- bo‘yoq tegib, o‘z rangini o‘zgartirgan joylari bo‘lgan qog‘oz pullar;
- to‘liq kattaligi saqlanib qolmagan qog‘oz pullar.
Hisob-kitob schyotidan kassaga olingan pul ishchi-xizmatchilarga ish haqi, mukofot to‘lash, nafaqa berish, xizmat safari xarajatlarini qoplash va boshqa maqsadlar uchun sarflanadi. Bankdan olingan mablag‘lar belgilangan maqsadlar uchun sarflanishi lozim.
Korxona kassasiga naqd pullarni qabul qilish KO-1 shaklidagi kassa kirim orderi bilan amalga oshiriladi. U ikki qismdan iborat: kirim orderi (blankning chap qismi) va unga oid kvitansiya (o‘ng qismi). Kassa kirim orderini buxgalteriya yozib beradi va bosh buxgalter yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan imzolanadi.
Kassa kirim orderini pul topshirayotgan shaxslar qo‘liga berish taqiqlanadi. Kirim orderi ijro etish uchun bevosita kassaga topshiriladi, bu yerda kassir orderning to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini, bosh buxgalterning imzosi borligi va haqiqiyligini tekshiradi, pulni qabul qiladi, kirim orderi va kvitansiyani imzolaydi. Pul topshirgan shaxsga kirim orderi kvitansiyasi beriladi. Kassa kirim orderi bo‘yicha pullar faqat ushbu hujjat to‘ldirilgan kunda qabul qilinadi.
Bankdagi hisob-kitob schyoti va boshqa schyotlardan kassaga naqd pul kelib tushganida ham kassa kirim orderi tuziladi va uning kvitansiyasi to‘ldiriladi. Kvitansiya hisob-kitob schyotidan pullarni hisobdan chiqarish uchun bank muassasasi ko‘chirmasiga qo‘shib qo‘yiladi.
Naqd pullar kassadan kassa chiqim orderlari (KO-2 shakli) yoki kassa chiqim orderlarining o‘rnini bosadigan, maxsus shtamp bilan bosilgan boshqa hujjatlar (to‘lov qaydnomalari, pul berish uchun ariza, hisobvaraqlar va hokazo) asosida beriladi.
Pul berishga doir barcha hujjatlarni korxona rahbari va bosh buxgalter yoki ular vakolat bergan shaxslar imzolashi kerak. Agar kassa chiqim orderiga ilova qilingan hujjatlarda korxona rahbarining ruxsat beruvchi qaydi bo‘lsa, orderda uning imzosi bo‘lishi shart emas.
Kassa chiqim orderi buxgalteriyada tuziladi va kassa chiqim orderlarini qayd qilish jurnalida qayd qilinadi va kassirga ijro etish uchun topshiriladi. Kassa chiqim orderlarini pul oluvchi shaxs qo‘liga berishga ruxsat etilmaydi.
Kassir pulni biror-bir shaxsga berayotganida uning shaxsini tasdiqlaydigan boshqa hujjat ko‘rsatishini talab qiladi, bu hujjatning nomi va raqami, kim tomonidan va qachon berilganligini kassa chiqim orderiga yozib qo‘yadi hamda oluvchining tilxatini oladi.
Bir necha shaxs nomiga yozilgan bitta to‘lov hujjati bo‘yicha pul olishda ham shaxsni tasdiqlaydigan hujjat ko‘rsatilishi shart.
Korxonaning ro‘yxati tarkibida bo‘lmagan shaxslarga pul faqat kassa chiqim orderi bo‘yicha beriladi. Kassadan pul faqat nomi chiqim kassa orderida yoki uning o‘rnini bosadigan hujjat (qaydnoma)da ko‘rsatilgan shaxsga beriladi.
Agar pul ishonchnoma orqali olinadigan bo‘lsa, buxgalteriya orderda pul olish ishonib topshirilgan shaxsning ismi sharifini ko‘rsatadi. Agar pul qaydnoma bo‘yicha berilsa, pulni olganligi haqida imzo chektirishdan oldin kassir «Ishonchnoma bo‘yicha» deb yozib qo‘yishi lozim, tegishlicha rasmiylashtirilgan va tasdiqlangan ishonchnoma kassirda qoladi va kassa chiqim orderiga yoki qaydnomaga qo‘shib qo‘yiladi.
Ish haqi, vaqtinchalik ish qobiliyatini yo‘qotganlik nafaqasi, pensiyalar va mukofotlar kassir tomonidan to‘lov qaydnomalari bo‘yicha har bir xodimga chiqim orderlarini tuzib o‘tirmasdan beriladi. To‘lov qaydnomaning titul (birinchi) varag‘iga pul berishga ruxsat berish haqida yozuv qilinadi, uning tagiga korxona rahbari, bosh buxgalteri yoki ular vakolat bergan shaxslar imzo chekadi, pul berish muddati va summa yozuvda ko‘rsatiladi.
Agarda xodimlar ushbu pullarni o‘z vaqtida olmasalar (ya’ni 3 kun ichida), ular deponentga o‘tkaziladi.
Kirim va chiqim kassa orderi yoki ularning o‘rnini bosuvchi hujjatlar bo‘yicha pul olinganidan yoki berilganidan so‘ng darhol kassir ularga imzo chekadi, ularga ilova qilingan hujjatlarga esa «Olingan» (kirim hujjatlariga) yoki «To‘langan» (chiqim hujjatlariga) shtampi bosiladi yoki so‘zlar qo‘lda yoziladi va sana, ya’ni kun, oy, yil ko‘rsatiladi.
Kassa orderiga hech qanday o‘zgarishlarni, hatto izohlarni ham qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Agar unda xato borligi aniqlansa, kassa orderi boshqatdan rasmiylashtiriladi.
Har bir order yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjat bo‘yicha pul olinganidan yoki berilganidan so‘ng kassir darhol kassa bo‘yicha naqd pullar harakatini hisobga olish uchun mo‘ljallangan KO-4 shaklli kassa daftariga buni qayd qiladi.



Yüklə 2,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə