Asosiy qism mehnatga haq tolashning shakllari va tizimlari hamda ularni hujjatlashtirish



Yüklə 223,5 Kb.
səhifə1/7
tarix11.10.2023
ölçüsü223,5 Kb.
#127127
  1   2   3   4   5   6   7
Mehnat tatilini hisoblash tartibi


Mavzu:Mehnat tatilini hisoblash tartibi
Reja:
KIRISH
ASOSIY QISM
1. Mehnatga haq tolashning shakllari va tizimlari hamda ularni hujjatlashtirish
2.Mehnat tatili va kasallik boyicha qoshimcha haq hisoblashni hujjatlashtirish
3. Ish haqidan ushlab qolinadigan ajratmalar va tolovlar
4. Mehnat haqi boyicha hisoblashishlar, ularni rasmiylashtirish va foydalanishni nazorat qilish.
XULOSA

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH

Mavzuning dolzarbligi.Jamiyatda moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish jarayoni mehnat quroli va mehnat buyumlaridan tashqari, bevosita jonli mehnat ham o’z ichiga oladi. Ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish vositalaridan foydalanib kishining iste’molini qondiradigan mahsulot vujudga keltiriladi.


Хo’jalik yuritishning bozor tizimiga o’tish sharoitida mehnatga haq to’lash, ijtimoiy qo’llab-quvvatlash va xodimlarni himoya qilish sohasidagi davlatning ko’plab vazifalari bevosita korxonalarga berilgan. Mehnatga haq to’lashning shakllari, tizimlari va miqdorini, mehnat natijasiga qarab rag’batlantirishni korxonalar mustaqil o’zlari belgilaydi. «Ish haqi» degan tushuncha hozir qonunchilik asosida ishlamagan vaqtlari uchun ham pul va natura shaklida hisoblangan ish haqining barcha turlarini o’z ichiga oladi.
Bozor munosabatlariga o’tish xodimlarga yana aksiya va obligatsiyalar bo’yicha dividend va foizlar tarzida boshqa manbalardan daromad olish imkoniyatini berdi.
Har Bir xodimning mehnat daromadlari, korxona faoliyatining pirovard natijasini hisobga olgan holda, uning qo’shgan hissasi bilan aniqlanadi, soliq bilan tartibga solinadi va maksimal miqdori cheklanmaydi. Lekin xodimlarning minimal ish haqi miqdori bor va u qonunchilik bilan belgilanadi.
Mehnat munosabatlarini, shu jumladan xodimlar mehnatiga haq to’lashni yuridik asosini mehnat to’g’risidagi qonuniy hujjatlar, korxonalarning jamoat shartnomalari va boshqa muayyan me’yoriy hujjatlar tashkil etadi.
Daromadlarni indeksatsiya qilish va pulning qadrsizlanishi bilan bog’liq bo’lgan aholi zararlarini qoplash ijtimoiy kafolatdagi yangilik bo’lib hisoblanadi. Aholini ijtimoiy himoyalash va qo’llab - quvvatlashda ijtimoiy sug’urta, pensiya fondi, bandlik fondi va boshqa davlat budjetidan tashqari fondlari alohida o’rin egallaydi. Ularning tashkil etilishi tegishli qonuniy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Barcha budjetdan tashqari fondlar maxsus maqsadli ajratmalar va boshqa manbalar hisobidan tashkil etilib, davlat budjetidan ajralgan holda faoliyat ko’rsatadi va muhim ijtimoiy tadbirlar va rejalarni moliyalashtirishda foydalaniladi.

Yüklə 223,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə