Mavzu: Korxonaning Xavfsizlik Xizmati Qanday Vazifani Bajaradi


Korxonaning iqtisodiy xavfsizligi tamoyillari



Yüklə 36,85 Kb.
səhifə3/10
tarix30.12.2023
ölçüsü36,85 Kb.
#165978
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Mavzu Korxonaning Xavfsizlik Xizmati Qanday Vazifani Bajaradi-fayllar.org

Korxonaning iqtisodiy xavfsizligi tamoyillari. Xavfsizlikni ta’minlash uchun uni amalga oshirishda ma’lum tamoyillarga tayaniladi. Bu tamoyillar korxona ishining taktikasi va strategiyasini, aniq maqsad va vazifalar bilan faoliyat ko’rsatishini belgilab olishida namoyon bo’ladi.
«Bu ko’rsatkichlar eng avvalo bizning o’z oldimizga qo’ygan yuksak maqsad - dunyodagi rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish yo’lidan izchil va bosqichma-bosqich ilgarilab borayotganimizning isboti bo’lib, ana shu mamlakatlar erishgan marralarga biz ham albatta yetamiz, degan ishonchni tug’diradi».
Shu nuqtayi nazardan qaraydigan bo’lsa, korxonaning iqtisodiy xavfsizligi quyidagi tamoyillarga tayanadi.
1. Uzoq istiqbolga mo’ljallangan dastur va maqsadli rejaning mavjudligi. Hozirgi bozor munosabatlari sharoitida har bir korxona o’z mulkiy javobgarligiga asoslanar ekan, u uzoqni ko’zlab aniq strategik maqsad bilan va shu maqsadga erishish uchun uzoq muddatga mo’ljallangan dastur asosida faoliyat ko’rsatishi lozim.
2. Qonuniylikni ta’minlash tamoyili. Hozirgi paytda juda ko’p korxonalar qonunni chetlab ma’lum vaqt noqonuniy foyda olish evaziga faoliyat ko’rsatmoqda. Ular faoliyatidagi qonunbuzarlik fosh bo’lgach (albatta shunday bo’ladi), juda ko’p jarimalar to’lashi evaziga birdaniga sinib inqirozga uchramoqda. Oqibatda korxona bankrot bo’lmoqda. Bu holat jamiyat uchun ham, davlat uchun ham, shu yerda ishlagan mehnat jamoasi uchun ham, pirovardida korxonaning iqtisodiy xavfsizligi uchun ham katta zarar keltirishi to’g’risida izohning hojati bo’lmasa kerak.
3. Mustaqillik va mas’uliyatlilik tamoyili. Korxona iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash uchun, eng avvalo, o’z faoliyatini mustaqil boshqarishi lozim. Ammo mustaqillik - bu o’zboshimchalik emas. Mustaqil faoliyat o’ta mas’uliyatni ham talab qiladi. Zero, korxonaning foydasi o’ziniki bo’lganidek, zarar ham o’zlari hisobidan qoplanadi. Ko’p zarar ko’rish korxonaga iqtisodiy jihatdan xavf tug’dirishi tabiiy.

Yüklə 36,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə