Mavzu: Kreativ pedagogning fikrlashi an’anaviy pedagog fikrlashidan farqli tomonini tahlil qilish


Mavzu: Pedagogning nutq madaniyati



Yüklə 59,62 Kb.
səhifə11/18
tarix11.10.2023
ölçüsü59,62 Kb.
#126896
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
1-chiMavzu2

Mavzu: Pedagogning nutq madaniyati

Pedagogning so‘z boyligi katta va xilma-xil bo‘lsa, uning nutqi jozibali hamda ko‘rkam bo‘ladi. Buning uchun o‘z mutaxassisligi sohasidagi barcha asosiy tushuncha, atama va kategoriyalarni puxta bilishi, o‘z o‘rnida, ya’ni aralashtirmasdan, almashtirmasdan qo‘llay olishi kerak. Shu bilan birga, u ilmiy, siyosiy adabiyotni, jumladan yurtboshimiz asarlarini, badiiy adabiyotni diqqat bilan, sinchiklab, muttasil o‘qib bormog‘i lozim.


Pedagogning so‘z boyligi qanchalik ko‘p bo‘lsa, e’tibori, nufuzi shunchalik baland bo‘ladi, tinglovchi va talabalarning ongiga ta’siri kuchli bo‘ladi.
Rahbar va pedagogning asosiy quroli – so‘z. U qayralgan, binobarin, o‘tkir, ko‘p qirrali bo‘lishi, vaqt o‘tishi bilan o‘tmaslashib bormasligi lozim. Buning uchun har ikkala shaxs ham badiiy adabiyotni, izohli lug‘atlarni, qomuslarni ko‘p o‘qishi, mutolaa qilishi, notanish so‘zlarni yon daftariga izohlab yozib olishi, vaqti-vaqti bilan takrorlab turishini tavsiya etamiz.
Biroq pedagog so‘z, atama (termin), hikmatli so‘z, misol, ideomatik (aniq tarjima qilib bo‘lmaydigan) iboralarni nafaqat bilishi, balki ularni mohirlik bilan o‘z o‘rnida ishlata olishi, jonli, qiziqarli, ravon, tushunarli, zeriktirmaydigan qilib so‘zlay olishi ham zarur. Shundagina uning va’zi, ma’ruzasi badhazm bo‘lmaydi, o‘quvchilarni o‘ziga “zanjirband “ qilib oladi, shunda ular vaqt o‘tganini ham, charchaganlarini ham bilmay qoladilar.
Pedagog nimani gapirishnigina emas, balki qanday gapirishni ham bilishi kerak. Mohir pedagog yoki ta’lim boshqaruvchisi nutq madaniyatini targ‘ib etuvchi, bunga qiziquvchilarga murabbiylik, ustozlik qiluvchi kishi hamdir. Nutq madaniyati nazariyotchilaridan biri aytganidek, o‘z ona tilini o‘rganish, undan mohirona foydalanish - ulug‘ ish; agar kishi tilni aniq-ravshan bilib olmasa, insoniyat tafakkurining eng buyuk yutuqlari, eng chuqur bilimlar va g‘oyat otashin his-tuyg‘ular unga noma’lum bo‘lib qolaveradi; binobarin, so‘z fikrni ifodalash qurolidir.
Maktab rahbarlari, pedagoglarda muomala odobi, hulqi va notiqlik san’atini amalga oshirganda o‘z-o‘zidan mamnun bo‘lib, tinglovchilarni mudroq bostiradigan va ko‘nglini yoqimli xomxayollarga chulg‘aydigan dabdabali so‘zlarni ishlatishi kerak emas; aksincha, talabalar qalbida fuqarolik tuyg‘usini, jasoratini, milliy istikloldan faxrlanish hislarini muttasil jo‘sh urdiradigan, fidokorlikka, faollikka da’vat etadigan ta’sirchan iboralarni, qalblarni g‘aflat uyqusidan uyg‘otadigan ilhombaxsh so‘zlarni tanlashi kerak.
Ma’ruza o‘qiyotganda ortiqcha so‘zlarni, kirish gaplarni, pisandnamo iboralarni bildiradigan jumlalarni aslo ishlatmaslikni tavsiya etamiz. Ular sirasiga ba’zi noshud, no‘nok o‘qituvchilar hadeb takrorlab, ishlataveradigan: o‘rtoqlar, bilasizmi, ko‘ribsizki, men sizga aytsam, sirasini aytganda, dedi kabi "nishxo‘rd", "xashaki", "tekinxo‘r" so‘zlar kiradi. Yana ba’zi pedagoglar ammo-lekin, va yana butkul, shuni uqtirish kerakki, shuni ta’kidlamoq lozimki, nimaning nimasi, anu, manu kabi o‘rinsiz, bema’ni so‘z va iboralarni ishlatadilar. Rahbar yoki pedagog bularga aslo yo‘l qo‘ymasliga lozim; aks holda nutqning "suvi ko‘p-u, tuzi oz" bo‘ladi, tinglovchilarning jig‘iga tegadi, fikrini chalg‘itadi, zeriktiradi, vaqtini oladi, notiqning obro‘ini tushiradi; ba’zi tinglovchilar, nutqni tinglash o‘rniga unda ishlatilgan "xashaki" so‘zlarni sanab o‘tiradilar. Bu so‘zlarni hadeb takrorlayverish nutqning sifatiga juda salbiy ta’sir ko‘rsatadi, nutqning mazmunini siyqalashtiradi, adabiy tilni bulg‘aydi.
Har bir pedagog so‘zlaganda falsafiy, axloqiy madaniyat talablariga doim rioya qilishni tavsiya etamiz. Bu madaniyatning talabiga binoan, yozishda, so‘zlashda tushuncha, kategoriya, atama va termin; qonun, va prinsip; teorema, aksioma, gipoteza kabilarni faqat o‘z o‘rnida, almashtirmasdan ishlatish shart. Qaysi pedagog yoki rahbar aniq-ravshan fikr qilsa, uni xuddi shunday bayon etadi. Tilda, ma’noning anikligi, o‘tkirligiga intilish notiqdik san’atini egallash uchun kurashishdir; bu kurash qanchalik keskin, o‘tkir, aniq yo‘lga solingan bo‘lsa, nutq shu qadar samarali bo‘ladi.


Yüklə 59,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə