Mavzu: Kreativ pedagogning fikrlashi an’anaviy pedagog fikrlashidan farqli tomonini tahlil qilish


Mavzu: O‘qitish metodlarining tavsifi



Yüklə 59,62 Kb.
səhifə14/18
tarix11.10.2023
ölçüsü59,62 Kb.
#126896
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
1-chiMavzu2

Mavzu: O‘qitish metodlarining tavsifi
Ma`lumki, ta`lim jarayoni o`quvchilarning bilim olish, ko`nikma va malakalarni egallash, ularning ilmiy dunyokarashi, ijodiy izlanishlarini rivojlantirish maqsadiga yo`g`rilgan o`qituvchi va o`quvchilarning o`zaro hamkorligi sanaladi. Boshqacha aytganda, ta`lim mazmunining o`qitish metodlari yordamida o`zlashtirilishiga erishishdir.Metod so`zi umumiy ma`noda muayyan maqsadga erishish usulidir.
O`qitish metodlari tom ma`noda o`qituvchining bilimlarni o`quvchilar ongiga yetkazish va ayni paytda ularni o`quvchilar tomonidan o`zlashtirib olish usulidir.
- O`qitish metodlari o`quvchilarni o`qitish, tarbiyalash va rivojlantirish maqsadida qo`llaniladi. Bu ularning asosiy funksiyalari sanaladi, shuningdek, mazkur metodlarning undovchi, rag`batlantiruvchi, uyushtiruvchi va nazorat qiluvchi funksiyalari ham mavjud.
- O`qitish metodlari o`qitishning moddiy vositalari bo`lgan darslik, ko`rgazmali, didaktik va tarqatma materiallar bilan uzviy bog`langandir.
- O`qitish metodlari aniq o`qitish usullaridan tarkib topadi va pedagogik jarayonga qo`llaniladi.
- Inson faoliyati metodlariiing o`zgarishi, o`qitish metodlarining boyishiga va yangilanishiga olib keladi. Axborotlarning globallashuvi sharoitida dasturli o`qitish, EHM dasturlari vositasida o`qitish va h.k. metodlar vujudga keldi.
Taniqli didaktik olim Yu.K. Babanskiy o`qitish metodlarini quyidagi guruhlarga ajratgan:
1. O`qitishning og`zaki metodlari (hikoya, suhbat, o`quv ma`ruzasi).
2. O`qitishning ko`rgazmali metodlari.
3. O`qitishning amaliy metodlari,
4. O`qitishning muammoliizlanish metodlari.
5. O`qitishning mantiqiy metodlari.
6. Mustaqil ishlash metodlari,
7. O`qitishda o`quvchilar faoliyatini rag`batlantirish va asoslash metodlari.
8. O`qitishning nazorat va o`z-o`zini nazorat qilish metodlari.
Quyida o`qitishning reproduktiv metodlari bo`lgan og`zaki metodlari (hikoya, suhbat, o`quv ma`ruzasi), ko`rgazmali, amaliy metodlarining tavsifi beriladi:
2. O`qitishning og`zaki bayon metodlari guruhi. Og`zaki metodlar qisqa muddatda katta hajmdagi o`quv materialini o`quvchilar ongiga yetkazish, muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish, ularni hal etish yo`llarini ko`rsatish, o`quvchilarning nutqini rivojlantirish imkonini yaratadi. O`qitishning ogzaki bayon metodlari qo`llanilganda o`qituvchining so`zi o`quvchilarning bilim olishlari uchun asosiy manba hisoblanadi, ya`ni o`qituvchi o`quvchilarga so`zlar vositasida bilim beradi, o`quvchilar faoliyatini eshitish, fikr yuritish, berilgan savollarga javob topishga yo`naltiradi. Shuning uchun o`qituvchining so`zi oddiy axborot bo`lmasdan, balki ishonchli, asoslovchi, o`quvchilarning faoliyatini faollashtiruvchi ta`sir kuchiga ega bo`lishi kerak. Og`zaki metodlarning muvaffaqiyatli qo`llanilishi, o`qituvchiiing: nutq madaniyatini egallaganlik, jumladan, nutqning ravonligi, ovoz kuchi, intonatsiya, axborotlarning obrazliligi, ishonchliligi, asoslovchi, isbotlovchi, emotsiyali, shaxsiy munosabat bilan yo`g`rilganlik darajasiga;axborot texnologiyalari asosida yaratilgan elektron darsliklarda ovoz, animatsiya, harakatlarning uyg`unlik darajasiga bog`liq bo`ladi.
Xar bir metod turi kichik uslublardan iborat. Og`zaki bayon metodlari guruhi o`z ichiga suhbat, hikoya, ma`ruza metodlarini oladi. Hikoya metodi o`quvchilarga o`quv materialini yaxlit holda savollar berib, uzmasdan bayon etishni nazarda tutadi. O`qitish amaliyotida xikoyaning aytib berish, ta`riflash, xarakterlash. Tushuntirish, muxokama qilish kabi xillari qo`llaniladi. Yangi mavzu mazmunida yangi tushunchalar, ilmiy axborot ko`p bo`lgan taqdirda, shuningdek, o`qituvchi o`quv materiali yuzasidan faol suhbat o`tkazish imkoni bo`lmagan, izohlash .va tushuntirishi lozim bo`lgan, o`quv materialining hajmi katta bo`lib, uni dasturda belgilangan vaqtda o`rganish zarur bo`lgan hollarda hikoya metodidan foydalanadi. Hikoya metodidan darsning qaysi bosqichida foydalanishiga ko`ra hikoya metodining didaktik maqsadi turlicha bo`ladi.



Yüklə 59,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə