Mavzu: Kredit tizimining tuzilishi. Kreditning mohiyati,turlari va shakllari. Reja



Yüklə 7,44 Kb.
tarix11.12.2023
ölçüsü7,44 Kb.
#146303
7.1-mavzu biz


Mavzu:Kredit tizimining tuzilishi.Kreditning mohiyati,turlari va shakllari.


Reja::
A) Kredit tizimining tuzilishi.Kredit va uning tamoyillari
B) Kredit turlari,foiz stavkasi.
Mustaqil ishi:.Kredit tizimining tuzilishi

Har bir tadbirkor o’z faoliyatini yuritish uchun yetarli moliyaviy mablag’ga ega bo’lmasligi mumkin.Yoki korxonani kengaytirish,biron-bir loyihani amalga oshirish uchun mablag’I yetmay qolishi mumkin.Bunday hollarda qo’shimcha mablag’ topishning keng tarqalgan va samarali yo’li bank krediti olish hisoblanadi.


Bank krediti-banklar va maxsus kredit muassasalari tomonidan tadbirkorlar yoki boshqa shaxslarga beriluvchi pul shaklidagi qarz.
Kredit berish bir qator tamoyillarga asoslanib,:
-maqsadlilik;
- muddatlilik;
- to’lovlilik;
-ta’minlanganlik;
- qaytarilishlik kabi tamoyillarga bo’linadi.
Bundan ko’rinadiki,mijoz bankdan kredit olishda uni qay maqsadda olayotganligini bildirishi lozim.Ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda kredit muddatlari aniqlanadi va kredit to’lovlari foizlari belgilanadi.Bunda olingan kredit bo’yicha hisoblangan foizlarni o’z vaqtida qaytarilishiga kafolat berilishi kerak bo’ladi.Ko’pincha bank tomonidan berilayotgan kredit summasidan ko’proq qiymatdagi garov ta’minoti orqali taqdim etiladi.
Kredit turlari.
Bank krediti bilan bir qatorda kreditning boshqa turlari to’g’risida ma’lumotga ega bo’lish lozim.Agar xo’jaliklararo kredit muayyan tovarlarning to’lovini kechiktirish shaklida amalga oshirilsa ,tijorat krediti deb ataladi.
Ko’chmas mulk (masalan,yer,bino)larni garovga qo’yish hisobiga uzoq muddatli qarz shaklida beriluvchi kredit ipoteka krediti deb ataladi.
Iste’mol krediti-xususiy shaxslarga birinchi navbatda uzoq muddat foydalaniladigan iste’mol tovarlari (masalan,mebel,avtomobil,televizor va boshqalar)ni sotib olish uchun ma’lum muddatga beriladigan kredit.
Foiz stavkasi.
Bank kreditidan foydalanish yoki foydalanmaslik to’g’risidagi qarorga ta’sir etuvchi aspsiy omillardan biri-bu kredit bo’yicha hisoblanuvchi foiz stavkasidir.
Foiz stavkasi-kredit oluvchi tomonidan to’lanadigan to’lov miqdorini kredit miqdoriga nisbatining foizdagi ifodasidir.Foiz stavkasini quyidagi formula orqali ifodalash mumkin:
r’=r/Kssuda x100
bu yerda:

r’-foiz stavkasi;


r-kredit bo’yicha to’lov miqdori;
Kssuda-kredit miqdori.
Agar siz bankdan 100 ming so’m miqdordagi kreditni yiliga 20 ming so’m to’lash sharti bilan olgan bo’lsangiz ,mazkur kredit foiz stavkasi 20 foizni tashkil qiladi.Bundan ko’rinadiki ,foiz stavkasini turli,masalan,yil,chorak,oy va boshqa muddatlar uchun hisoblash mumkin.
Yüklə 7,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə