Mavzu: lqtisodiy tahlilda balansli bog'lanish, zanjirli bog'lanish usullari. Iqtisodiy tahlil metodi


Mavzu: Korxonaning material resurslar bilan ta minlanganligini tahlili



Yüklə 1,25 Mb.
səhifə9/106
tarix24.12.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#160913
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   106
Mavzu lqtisodiy tahlilda balansli bog\'lanish, zanjirli bog\'lani

Mavzu: Korxonaning material resurslar bilan ta minlanganligini tahlili.
Sanoat korxonalarining ishlab chiqarish jarayonlarini natijasi hamda samaradorligi ularning material resurslari bilan ta’minlanganligiga bevosita bog‘liqdir. Korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni hajmi, sifati ulardagi material resurslarining talab darajasida bo‘lishligini obyektiv ravishda taqozo etadi. Resurslar universalligi, yangiligi hamda arzonligi nuqtayi nazaridan zamon talabiga ham mos kelishi lozim, ya’ni korxonalarning material resurslariga bo‘lgan talabini aniqlashda me’yo-riy hujjat va me’yoriy ma’lumotlardan foydalanish lozim. Sanoat korxonalarida biznesrejada ko‘rsatilgan mahsulotlar miqdorini ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan material resurslarining miqdori va qiymati aniqlanadi, ya’ni qancha stanoklar qancha mashinalar, mexanizmlar, shuningdek, boshqa moddiy resurslar bo‘yicha alohida-alohida hisob-kitoblar qilinadi. 
Korxonalarning o‘zlarida mavjud bo‘lgan material resurslarining yil 
boshiga bo‘lgan miqdori yillik inventarizatsiya natijasida aniqlanadi. Ularda mavjud bo‘lgan material resurslar korxona ishlab chiqarishini davomiyligini ta’minlash uchun yetarli bo‘lmagan holarda korxonalarni zarur bo‘lgan material resurslari bilan ta’minlash uchun shartnomalar tuziladi. Bu masalalar yuqoridagi savolda batafsil yoritilgan. Sotib olinayotgan material resurslarini oqimi natijasida korxonalarga material resurslari bilan ta’minlanganlik darajasi ortib boradi. 
Sanoat korxonalarining material resurslari bilan ta’minlanganligi hamda mehnatni ular bilan qurollanganligini ikkinchi savolda keltirilgan ko‘rsatkichlar yordamida aniqlanadi. Masalan, korxona ixtiyorida yil boshiga 100 mln so‘mlik material resurslarining mavjudligi balansda ko‘rsatilgan. Korxona uchun esa ishlab chiqarishni bir me’yorda rivojlantirish uchun rejaga muvofiq 170 mln so‘mlik material resurslari zarurligi aniqlangan, demak, korxona uchun ularga bo‘lgan talab to‘liq qondirilayotgani yo‘q. Bu masalani hal etish uchun korxona qo‘shimcha 70 mln so‘mga material resurslarini sotib olishni yoki qarzga, ijaraga olishni rejalashtiradi. U shu masala bo‘yicha tuzilgan shartnomalarda o‘z aksini topadi. 
Korxona moddiy texnika ta’minotini hal etilishi natijasida yil davomida 50 mln so‘mlik material resurslari sotib olingan. Shunda korxonaning material resurslar bilan ta’minlanganlik darajasi 88,2 % ni tashkil etgan bo‘ladi (100+150)/170. Keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, korxona material resurslari bilan to‘liq ta’minlanmagan, ya’ni ularning miqdori 11,8 % ga kam bo‘lgan. Bu hol korxona ishlab chiqarish faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Korxonaning material resurslari bilan ta’minlanganligini tahlil etish natijasida ular bilan to‘liq ta’minlanmaganlik faktlari aniqlansa, u holda uni kelib chiqish sabablari o‘rganiladi. Shuning bilan birgalikda ushbu salbiy natijalarni bartaraf etish imkoniyatlari va chora tadbirlari belgilanadi.
Korxonada ishlab chiqarilgan mahsulotlarning o‘rtacha xarajatlari ya’ni tannarxlari ko‘p jihatdan xomashyo va materiallardan samarali foydalanish ko‘rsatkichlariga bog‘liq. Material resurslar miqdorini rejalashtirilgan hajmda tayyorlash mahsulot ishlab chiqarish rejasini bajarish uchun imkoniyat yaratadi. Material resurslardan tejabtergab foydalanilmasa hamda ularning amaliyotdagi foydalanilishi belgilangan me’yorlarga nisbatan ortiqcha bo‘lsa, u holda keltirilgan materiallar mahsulot ishlab chiqarish davomiyligi rejasini bajarish uchun yetarli bo‘lmaydi.
Material resurslardan foydalanishni tahlil etishdan maqsad ishlab chiqarish jarayonida ulardan foydalanishda ortiqcha sarf-xarajatlarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, bu holda mahsulot hajmi qanchaga kam yaratilganligi yoki moddiy resurslardan samarali foydalanish natijasida qancha qo‘shimcha mahsulot barpo etilganligi aniqlanadi.
Curvas tiraj va muomalada ishlamoqda. Ishlab chiqarish sohasida ishlab chiqarish zaxirasi, kelajakdagi davrlarning to'liq ishlab chiqarish va xarajatlari mavjud. Ular o'z qiymatlarini ishlab chiqarilgan va ishlab chiqarish jarayonida tabiiy shaklni o'zgartirib, o'z qiymatlarini to'liq o'tkazadilar.
Muomala sohasida korxona omborida tayyor mahsulotlar mavjud; Xaridor tomonidan yuborilgan mahsulotlar, ammo ular hali to'lanmagan; Korxonaning bank hisobvarag'idagi va o'z kassalarida, shuningdek hisob-kitoblardagi mablag'lar bo'yicha bankning pul mablag'lari.
Har bir ishlab chiqarish davrida aylanma mablag'larning haqiqiy elementlari iste'mol qilinadi. Shuning uchun ular tabiiy shakllarini butunlay yo'qotadilar, shuning uchun butun ishlab chiqarilgan mahsulotlar narxiga kiritilgan. Aylanma kapitalning elementlari iqtisodiy operatsiyalarning uzluksiz oqimining bir qismidir.
Tovar va moddiy qiymatlarni sotib olish ishlab chiqarish zaxiralarining ko'payishiga olib keladi; Ishlab chiqarish tayyor mahsulotning ko'payishiga olib keladi; Amalga oshirish to'lov va hisoblangan hisob qaydnomasida olingan debitorlik


Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə