Mavzu: M41 avtomobil yo‘li bilan Termiz daryo portini birlashtiruvchi k-600 avtomobil yo‘lining 4 km qismini rekonstruksiya qilish loyihasini ishlab chiqish


Tuman nomi Tuman markazi



Yüklə 67,69 Kb.
səhifə3/13
tarix13.12.2023
ölçüsü67,69 Kb.
#149473
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Mavzu M41 avtomobil yo‘li bilan Termiz daryo portini birlashtir-fayllar.org

Tuman nomi


Tuman markazi

1

Angor tumani

Angor (shahar)


2

Bandixon tumani

Bandixon (qishloq)


3

Boysun tumani

Boysun

4

Denov tumani


Denov

5

Jarqoʻrgʻon tumani


Jarqoʻrgʻon (shahar)


6

Qiziriq tumani

Sariq (shaharcha)


7

Qumqoʻrgʻon tumani

Qumqoʻrgʻon


8

Muzrabot tumani

Xalqobod (Muzrabot tumani)


9

Oltinsoy tumani

Qarluq

10

Sariosiyo tumani


Sariosiyo (shaharcha)


11

Sherobod tumani

Sherobod


12

Shoʻrchi tumani

Shoʻrchi


13

Termiz tumani

Termiz

14

Uzun tumani


Uzun



Aholisi, asosan, oʻzbeklar (78%), shuningdek, tojik, rus, turkman, qozoq va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km²ga 93,3 kishi. Shahar aholisi 364,8 ming kishi, qishloq aholisi 1509,9 ming kishi .
Xoʻjaligi. Yaqin oʻtmishda viloyat iqtisodiyotida qishloq xoʻjaligi. yetakchi mavqeda edi. Keyingi davrda yangi tarmoqlar vujudga keldi. Viloyatning tabiiy geografik oʻrni qulay, mehnat resurslari ham yetarli.
Sanoat ishlab chiqarish. (yengil va oziq ovqat sanoati), qishloq xoʻjaligi. (paxta va bugʻdoy yetishtirish, qoramolchilik va qoʻychilik), transport (ayniqsa, t.y. va avtomobil transporti) salmoqli oʻrin tutadi.
Sanoatining yetakchi tarmoqlari: paxta tozalash, paxtani qayta ishlash korxonalaridir. Yirik sanoat korxonalari: "Jarqoʻrgʻonneft" boshqarmasi, Sherobod keramika badiiy buyumlar, Denov yogʻekstraksiya, Sariosiyo tosh saralash z-dlari, Shoʻrchi un k-ti, Jarqoʻrgʻon yigiruvtoʻquv, Termiz tikuvchilik f-kalari, Shargʻun koʻmir, Xoʻjaikon tuz konlari korxonalari va boshqa Surxondaryo viloyatida 40 ga yaqin qoʻshma, 4000 dan ziyod kichik va xususiy korxona ishlab turibdi. Jumladan, Afgʻoniston bilan hamkorlikda tashkil etilgan xalq isteʼmoli mollari ishlab chikariladigan "Namaf" va "Afroʻz", "Surxonteks" va boshqa qoʻshma korxonalari faoliyat koʻrsatmoqda. Hindiston — Termiz "Farmed" qoʻshma korxonasida mahalliy giyohlar asosida doridarmon, Turkiya— Termiz "Poʻlat" qoʻshma korxonasida milliy gilamlar, paloslar tayyorlanadi. Tumanlarda qishloq xoʻjaligi. mahsulotlari qayta ishlanadigan kichik korxonalar, sexlar tashkil etilmoqda.
Qishloq xoʻjaligi ning asosiy tarmoqlari: paxtachilik, gʻallachilik, bogʻdorchilik, pillachilik, limonchilik. Togʻ etaklarida lalmikor dehqonchilik (asosan, bugʻdoy va arpa) bilan shugʻullaniladi. Oʻzbekistonda eng koʻp ingichka tolali paxta Surxondaryo viloyatida tayyorlanadi. Viloyatning togʻoldi tumanlarida bogʻdorchilik va tokchilik rivojlangan. Chorvachilikda qoramol, qoʻy (qorakoʻl va hisor qoʻylari), echki, yilqi, parranda, quyon boqiladi. Jahon moʻyna va teri auksionlarida juda qadrlanadigan "Surxon suri" qorakoʻl terisi yetishtiriladi.
Transporti. Viloyatda t.y. transportining salmogi katta. Surxondaryoda dastlabki t.y. 1915 yilda (Kogon— Termiz) qurilgan. Bu viloyatni boshqa regionlar bilan bogʻlaydigan dastlabki muhim yoʻl boʻldi. 1925 yilda 248 km li Termiz—Dushanba t. yilni qurishga kirishildi. Bu yoʻlning qurilishi Termizni Oʻrta Osiyoning yirik shaharlari — Toshkent va Dushanba bilan bogʻladi. 1971 yilga kelib Surxondaryo viloyatini Tojikistonning jan. tumanlari bilan bogʻlovchi Termiz—Qoʻrgʻontepa — Yavan t.y.ini qurishga kirishildi. Gʻuzor — Boysun — Qumqoʻrgʻon t.yilning qurilishi yakunlanmoqsa. Amudaryo ustidan Hayraton t.y. koʻprigi qurilgan. Viloyat hududidan Moskva — Dushanba, Ashxobod — Dushanba t.yillari oʻtgan. Termiz — Toshkent, Termiz — AmuZang , Termiz — Sariosiyo, Termiz — Boldir yoʻnalishlarida poyezdlar kdtnaydi. Shuningdek, Termiz orkali Dushanba — Astraxon, Dushanba — Konibodom, Qoʻrgʻontepa — Konibodom, Koʻlob — Astraxon yoʻnalishlarida poyezdlar qatnaydi. Viloyatdagi t.yillarning uz. 300 km. Viloyatning ichki transport aloqalarida avtomobil yoʻlining ahamiyati juda muhim. Surxondaryo viloyatidagi qattiq qoplamali avtomobil yoʻllarning uz. 2,7 ming km. Viloyatning asosiy avtomobil yoʻli —Katta Oʻzbekiston traktoʻ. Avtomobilda mamlakatlararo yuk tashish xizmati korxonasi yuklarni qoʻshni Afgʻonistonga yetkazib bermoqda. Surxondaryo viloyatining yirik shaharlari (Termiz va Denov)dan bir qancha xorijiy mamlakatlar va Oʻzbekistonning ichki tumanlariga avtomobil transporti qatnaydi. Termiz — Qarshi, Termiz — Hayraton (Afgʻoniston), Termiz — Dushanba, Termiz — Toshkent, Denov — Qarshi, Denov — Shahrisabz, Denov — Gʻuzor, Denov — Urganch, Denov — Samarqand yoʻnalishlari shular jumlasidan.
Surxondaryo viloyatida respublikada yagona boʻlgan Termiz dare porti joylashgan. Termiz va Sariosiyoda aeroport bor. Termiz aeroportidan Toshkent, Moskva, Ashxobod, Olmaota, Samarqand, Namangan, Buxoro, Andijon va boshqa yoʻnalishlarda yoʻlovchilar tashuvchi samolyotlar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan.
Madaniymaorif, sogʻliqni saqlash va sport. Surxondaryo vodiysi ilk ibtidoiy odamzod makon topgan joy sifatida taʼriflanadi. Boysun tizmalaridan oʻrta paleolit davriga (mil. av. 100— 40 ming y.liklarga) oid ibtidoiy odam manzillarining qoldiklari topilgan.
Surxondaryo togʻlarida tosh davrining soʻnggi bosqichi—yuqori paleolitga (mil. av. 40—12 ming yilliklar) doir topilma ham kup. Shulardan biri Teshiktosh unguridan qazib olingan 8—9 yashar bola suyaklaridir (antropolog M.M. Gerasimov tomonidan qiyofasi tiklangan). Ushbu topilma "neandertal odam" nomi bilan mashhur boʻlib Oʻzbekistonning , umuman, Oʻrta Osiyoning hozirgi zamon odami (kromanon) shakllangan mintaqaga taallukli ekanini isbotlashga dalil boʻldi. Vohada qad. madaniyatga mansub Ayritom, Dalvarzintepa, Xolchayon, undan keyingi davrlarga oid Sopomitepa, Mirshodi, Moʻlali, Kampirtepa, Jarqoʻrgʻon, Bolaliktepa va boshqa arxeologik yodgorliklar topilib oʻrganildi.
Koʻhitang togʻlarida aniqlangan Zarautsoy qoyatosh rasmlari mezolit yoki neolit davriga tegishli. Zarautsoydagi gʻor shiftlari va devorlarida oxra boʻyogʻi yordamida rayem chizilgan. Rasmlarning asosiy qismi yovvoyi buqalarni sehrjodu yoʻli bilan ovlash manzarasini aks ettiradi.
Mil. av. 2ming yillikning 1-yarmida hozirgi Oʻzbekiston jan.ga Amudaryo soʻl sohilidan kelgan qabilalar Koʻhitang va Boysun togʻoldi xududlarini oʻzlash.tirib Sopollitepa, Jarqoʻton, Moʻlalitepa aholi manzilgoxlariga asos soldilar.
Mil. av. 329—327 yillarda viloyat hududi makedoniyalik Iskandar tomonidan bosib olingan. Keyinchalik Salavkiylar davlati tarkybiga kirgan.
Oʻrta asrlarda Buyuk ipak yulinang bir tarmogi Surxondaryo (Termiz) orqali oʻtgan.
Kushon podsholigi hududiga kirgan Dalvarzintepa va Xolchayonda oʻtkazilgan arxeologik qazishmalar, Eski Termizdan topilgan Budda ibodatxonalari shaharlarning naqadar rivojlanganligini koʻrsatadi. Bu davrda hunarmandchilik va qishloq xoʻjaligi.ning taraqqiy topishi, tovarpul munosabatlarining rivojlanishi, meʼmorchilik, monumental haykaltaroshlik, rassomlik va boshqa sanʼatlarning yuksalishi kuzatiladi.
Surxondaryo viloyatining hozirgi qududi, 3—4-a.larda Kushonlar davlati parchalanib ketgach, eftaliylar davlati, 5—8-a.larda Tohariston tarkibida, keyin Turk hoqonligi qoʻl ostida boʻldi.
667 yilda arablar dastlab Chagoniyon va Termizga hujum qilib bu shaharlarni faqat 8-a.ning 2-yarmidagina toʻliq bosib olishga erishdilar. Oʻzbekiston jan.dagi yerlar Pa.gacha Chagoniyon davlati qoʻlida boʻlgan. 11-a.da Chagoniyon va Termizni egallash uchun Gʻaznaviylar va Qoraxoniylar oʻzaro kurashadilar. Termiz Gʻaznaviylar davlatiga qoʻshib olinadi, soʻngra Xorazmshoxlar davlati tarkibida boʻladi. 1220 yilda moʻgʻullar bosib oldi. 1370 yildan Amir Temur saltanati tarkybiga kirdi. Surxondaryo koʻhna tarixi, qad. madaniyati, yodgorliklari bilan mashhur.
Surxon vodiysidagi olimlarning koʻpchiligi "Termiziy" taxallusi bilan nom chiqarganlar. Ular, tarix, geog ., falsafa, huquqshunoslikka oid asarlari bilan tanilgan. AlHakim atTermiziy, Shahobuddin Sobir Termiziy, Muhammad ibn Hamid Termiziy, Abu Bakr Varrok, Termiziy va boshqa allomalar shu vohadan yetishib chiqqanlar. Surxondaryo viloyatida mashhur sanʼatkorlar, baxshilar, xalq artistlari, rassomlar voyaga yetgan.



Yüklə 67,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə