Mavzu: Maktabda jismoniy tarbiya bo’yicha o’quv ishlarini rejalashtirish



Yüklə 200,6 Kb.
səhifə1/10
tarix23.12.2023
ölçüsü200,6 Kb.
#154761
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Maktabda jismoniy tarbiya bo’yicha o’quv ishlarini rejalashtirish


MAVZU: Maktabda jismoniy tarbiya bo’yicha o’quv ishlarini rejalashtirish
RЕJA:
KIRISH ……………………………………………………………………………3
I-BOB. SINFDAN TASHQARI JISMONIY TARBIYA DARSLARINI TASHKIL ETISH…………………………………………………………………4

    1. Maktabdan tashqari jismoniy madaniyat ishlarini mazmuni………..…4

    2. Jismoniy tarbiya bo’yicha sport ishlarini tashkil etish uslubiyati…….14

II-BOB. JISMONIY TARBIYA FANIDAN SINFDAN TASHQARI ISHLARNING VAZIFALARI………………………………………………….18
2.1 Sinfdan tashqari ishlar mazmuni…………………………………….…..18
2.2 Sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish……………………………………19
2.3 Sinfdan tashqari ishlarning shakllari……………………………………21
2.4 O'yinlar, o'yin-kulgilar…………………………………………………..26
2.5 Sport musobaqalari………………………………………………………28
XULOSA ………………………………………………………………………..33
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………………..…34
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: O’zbekiston Respublikasi o’z mustaqilligini qo’lga kiritgach jismoniy madaniyat va sport masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Respublikamizda «Jismoniy tarbiya va sport» bilan bog’liq qonunlarning qabul qilinganligi jismoniy madaniyat va sport ishlarini rivojlantirishga keng yo’l ochib berdi. Buning natijasi o’laroq, ta’lim muassasalari va boshqa turdagi jamoalarda sport turlari bo’yicha to’garaklarni tashkil qilish, ulardagi mashg’ulotlarni har tomonlama takomillashtirish yo’lida ko’pgina ishlar amalga oshirilmoqda.Bolalar sportini rivojlantirishning eng muhim omillari: umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kolejlarida jismoniy madaniyat darslariga jiddiy e’tibor qaratish, iqtidorli va qobiliyatli o’quvchilarni aniqlash, ularni sport turlariga yo’naltirish, o’quvchilarning sport bilan muntazam va izchil qatnashishlari uchun sport mashg’ulotlari jarayonini puxta tashkil etish va ular uchun maksimal sharoitlar yaratib berish kabilardir.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan kadrlar tayyorlash Milliy dasturiga binoan o’sib kеlayotgan yosh avlodning jismoniy hamda ma'naviy salomatligini shakllantirish, unda sog’lom turmush tarziga intilish va sportga bo’lgan muhabbatini shakllantirishning eng muhim sharti sifatida ommaviy bolalar sportining rivojlanishini ta'minlash maqsadida O’zbеkistonda bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi tashkil qilindi.
Yosh avlodni milliy g’oya asosida ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash, shubhasiz, jismoniy va ruhiy salomatlikni saqlash hamda mustahkamlashni, sog’lom turmush tarzi poydevorini sakllantirishni ham nazarda tutadi. Yoshlarda faol hayotiy nuqtai nazarni, yuksak ma’naviyat, ezgulik va insoniylik hislarini tarbiyalash jarayonida jismoniy tarbiya hamda sportning vosita va usullari, shakllaridan foydalanish ustuvor yo’nalishlardan biriga aylanishi zarur.

Yüklə 200,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə