Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida musiqa mashg’ulotlari reja



Yüklə 394 Kb.
səhifə28/34
tarix26.10.2023
ölçüsü394 Kb.
#132169
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   34
1-Mavzu MTTlarida musiqa mashg`ulotlari

Bolalar ovozini rivojlantirish Ovoz-axborotini o‘zatishning g‘oyat muhim tovush vositasidir, odamlarning o‘zaro aloqa bog‘lash vositasidir. Odamlarning ovoz bilan bog‘liq faoliyatining asosiy turlari nutq va qo‘shiq aytishdan iborat bo‘lib, ularga ayni vaqtda musika faoliyatining bir turi deb ham qaraladi.
Ovoz – insonning katta boyligi bo‘lib, bu boylikdan u butun umri davomida foydalanadi. Shu munosabat bilan tovush xosila tizilmasini ustalik bilan mashq qildirish, chiniqtirish, uni mumkin qadar uzoq vaqt sog‘lom saqlashga intilish muhimdir.
Shu narsa aniqki, bolalikdan qo‘shiq aytishga to‘g‘ri o‘rgatish odamni muzikaviy – ijodiy rivojlantirishnigina emas, balki uning tovush xosila tizilmaini mustahkamlash, ovozni asrashning ham samarali usulidir. Qo‘shiq aytishni rivojlantirish nutqning shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli qo‘shiq aytishga bolalikda to‘g‘ri o‘rgatish muhimdir. Bunda bolaning qo‘shiq ovozni iloji boricha yertaroq, yehtiyot bo‘lib, g‘amxo‘rlik bilan rivojlantirish, uning tovush xosila tizilmasining holatiga doimo e’tibor bilan qarash zarur.
Bola ovozining rivojlanishi bola yoshining ulg‘ayishi natijasida qo‘shiq aytishga aniq maqsadni ko‘zlab o‘rgatish tufayli yoki muntazam o‘quv jarayoniga uyutirilmagan sharoitlardagi ijobiy ta’sir ostida, yoki bo‘lmasa har ikkala yo‘lning qo‘shilib ketishi tufayli yuz beradigan jarayondir.
Bola ovozining birlamchi manbai bo‘g‘iz bo‘lib,unda tovush naychalari oralig‘ida tutashgan tovush pardalari bo‘ladi. Qo‘shiq aytgan vaqtda markaziy asab sistemasining boshqaruvida faqat bo‘g‘iz emas, balki artikulyatsiya xosila tizilmai, nafas organlari hamda boshqa organ va sistemalar jalb yetiladi.
Boladagi tovush xosila tizilmasining ayrim organlari takomillashuvi jarayonida ba’zan ular rivojida nomutanosiblik paydo bo‘ladi. Bir tomondan-bu jarayonda sezilarli sakrashlar yuz beradi, ikkinchi tomondan shunday intervallar bo‘ladiki, bunda ayrim organlarning rivojlanishi deyarli sezilarsiz o‘tadi. Ularning shakllanishi bir vaqtda tugamasligi ham xarakterlidir.
Qo‘shiq aytishga o‘rgatishni tashkil yetishda shu narsa katta ahamiyatga yegadirki, bolalaning ovozi yosh jihatidan kamol topishining bir qancha davrlarini boshdan kechiradi. Ularning muddatlari turli bolalarda har hil bo‘lib, ba’zan juda katta farq qiladi.
Bunda bolaning ovoz diapozoni bir muncha qisqarishi, kuylash chog‘ida bir qadar o‘ng‘aysizlik, kuylab bo‘lgandan so‘ng charchoq paydo bo‘lishi, ovoz jarangida bir muncha o‘zgarish yuz berishi, masalan u bir oz bo‘g‘ilishi mumkin.
Qo‘shiqchilik rivojida yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan optimal ko‘rsatgichlarga yerishish uchun qo‘yidagi asosiy qoidalarni bajarish kerak.
a) qo‘shiq hamisha yerkin, tabiiy, zo‘riqmasdan aytilishi kerak;
b) qo‘shiq aytish xotirjamlikni, faollikni, yemotsional tayyorgarlikni, qo‘shiq aytish chog‘ida gavdani tutish qoidalariga rioya qilish zarurligini, muayyan asarni ijro yetishga ruhiy jihatdan tayyor bo‘lishi, o‘zining musiqa tinglash qobilyatini muttasil kontrol qilib turishni talab qiladi;
v) jarangdor, lekin ayni vaqtda mayin, yumshoq, ohangdor tovushni, butun diapozonda bir tekis bo‘lgan tovushni shakllantirishga, ovozning individual go‘zalligini saqlashga harakat qilish kerak;
g) ovozning jaranglash tembrini ovoz diapozoning markaziy qismidan yuqori va pastga qarab mustahkamlash hamda rivojlantirish, uning yeng chetdagi tovushlarini suiiste’mol qilmaslik, ovozning ishchi diapozoni –butun diapozonning shunday bir qismiki, uning doirasi oson va yerkin kuylanadi, ovozning bir tembri saqlanib, undan aralash tovushlar muvaffaqiyatli shakllantiriladi degan fikrga asoslanish;
d) qo‘shiq aytgan vaqtda qichqirish, tovushni zo‘riqtirish mumkin emas;
e) doimo past tovush va bolaning lanjligi bilan bog‘liq holda qo‘shiq aytishdan ham naf kam;
j) qo‘shiq nutqining aniqligi (talaffuz) yaxshi bo‘lmog‘i uchun unli tovushlarni to‘g‘ri, aniq, lekin birmuncha silliqlashtirib shakllantirish kerak; undosh tovushlarni aniq, keskin, qisqa, har bir kishida ma’lum darajada individual bo‘lgan qo‘shiq aytish rejimida ovoz xosila tizilmasining ishidagi qulaylik buzmagan holda chiqarish zarur;
Maktabgacha ta’lim muassasalarida bayram ertaliklari jarayonlarida estetik tarbiya berish samarali kechadi. Keyingi paragrafda shu haqda so’z boradi. Qo`shiq kuylash musiqa mashg`ulotining asosini tashkil etadi. Har bir qo`shiq ma’lum pedagogik maqsadlami amalga oshirishni ko`zda tutib tanlanadi. Qo`shiqlarni ma’lum bir tizimga solishda oddiydan murakkabga qarab borishga rioya qihsh kerak.
Qo`shiqlarni quyidagi talablarga muvofiq tanlash tavsiya etiladi:
— tarbiyaviy ahamiyati, g`oyaviy mazmuni, musiqiy tuzilishi va xarakteri;
— qo'shiq matnini yod ohsh osonhgi, badiiy yuksakligi va bolalarning lug`at boyligiga mosligi;
ohangning xarakteri, intonatsiya ifodasi, kuyning o'lchovi, tessiturasi va diapazonining bolalar ovoziga moshgi;
— qo`shiqning musiqa cholg`u asboblari (fortepyano) jo'rligi uchun klaviri: badiiy xususiyati va ifodaviyligi, bolalar yoshiga mosligi;
— qo'shiqning shaldi, necha kuplet, qismdan iboratligi (bir, ikki qismli yoki ko`plik sliakhda tuzilganligi), naqarotning mavjudhgi.
Yalla, lapar, alla kabi o`zbek xalq qo`shiqlari, shuningdek, terma qo`shiqlar milhy musiqiy-ritmik harakatlari bilan o`rgatiladi. Musiqa rahbari qo`shiqlami bolalarga yoqimh ovozda lfodali aytib berib tanishtiradi. Mazmunini obrazli, qiziqarh tarzda bolalar ongiga yetkazLsliga harakat qiladi. Bunda u ko'rgazmali qurollar, musiqiy-ritmik harakatlardan foydalanadi. Qo`shiq mazmuni va xarakterini bolalar yaxshi anglab olganlaridan so`ng o`rgatishga kirishadi. Bolalar toliqib qolmasliklari uchun qo`shiq o`rgatish uslubi vaqti- vaqti bilan o`zgartirib turiladi.
Bolalar qo`shiqni stulchalarga suyanib o`tirgan holda kuylaydilar. Bu paytda ular qomatlarini to`g`ri tutishlari lozim. Stulchalar bolalarning bo`ylariga mos bo'lishi kerak, ya’ni suyanadigan qismiga yengil tayanib turish mumkin bo`lsin. Qo`shiq kuylanayotganda qo`llar tizzaga qo`yilgan bo'lishi shart. Qo'shiq mazmuniga mos musiqiy-ritmik harakatlami bajarish bolalarning ko`krak qafasi va nafas yo`llarini yaxshi rivojlanishiga yordam beradi.
NAZORAT SAVOLLARI
1. Tarbiyachilar bilan muntazam yakka tartibda ish olib borish
2. Bolalar uchun repetuar tanlash
3. Maktabgacha ѐshdagi bolalarda qo‘shiqchilik ko‘nikmalarini tarbiyalash.
4. Bolalarning ovoz apparatlari ustida ishlash
5. Bolalarga kuylash jaraѐnida matn va musiqa uyg‘unligini ta’minlash
6. Bolaning ovozi ustida ishlash
7. Bola qo‘shiq kuylashda asosan musiqa hissi, emoqional ta’sirlanish, musiqiy eshitish qobiliyatini shakllantirish

Yüklə 394 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə