Pedagogika-psixologiya



Yüklə 120,43 Kb.
səhifə1/7
tarix09.05.2023
ölçüsü120,43 Kb.
#109281
  1   2   3   4   5   6   7
Haydarova Gòzal


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIMI VAZIRLIGI
ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
“PEDAGOGIKA-PSIXOLOGIYA” FAKULTETI

Defektologiya (Logopediya)yònalishi 513-20 (304)guruh talabasi Haydarova Gòzalning “Bolalar ovozini rivojlanishi va ularda ovoz buzilishini bartaraf etish usullari”mavzusidagi



Kurs ishi

Ilmiy rahbar: ______________



Jizzax-2023

MUNDARIJA



I.BOB Maktabgacha yoshdagi bolalarda nuqtning buzilishi


KIRISH….….…………..………….………………………………...………..…..2
1.1 Bolalarda nutqning buzilishini sabablari, tashxisi va davolash……….………..5
1.2 Bolaning nutqining rivojlanishini tekshirish usullari va nutq buzilishi bo’yicha bolalarni guruhlarga bo’lish………………………………...…………………….12
II BOB Bolaning nutqida ovoz buzilishi,bolalarning umumiy rivojlanishiga ta’siri
2.1 Nutq buzilishi turlari va ularning xususiyatlari………..……..………………17
2.2 Nutq rivojlanishining buzilishlarini diagnostikasi bartaraf etish usullari …………………...……………………………………………………..………..25

XULOSA…………………………………………………………….………...…35

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ……………..……….…………..…36


KIRISH.
Ta’lim-tarbiya ishlarini takomillashtirish, uni jahon andozalari darajasiga ko‘tarish, fan sohasidagi yangiliklarni amaliy hayotga tatbiq etish muhim masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Ayniqsa yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish, ularda fan asoslariga nisbatan bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantirish davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 19-mayda qabul qilingan, Senat tomonidan 2020-yil 7-avgustda ma’qullangan Ta’lim to‘g‘risida Qonuning I-bob 3-moddasida: - davlat ta’lim talablari - ta’limning tuzilmasiga, mazmuniga va uni amalga oshirish shart-sharoitlariga, shuningdek ta’lim oluvchilarning jismoniy, shaxsiy, intellektual, ilmiy hamda kasbiy sifatlariga qo‘yiladigan majburiy talablar; - tarbiya - aniq maqsadli hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama kamol toptirishga, ularning ongini, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar va dunyoqarashini shakllantirishga qaratilgan tizimli jarayon; - ta’lim - ta’lim oluvchilarga chuqur nazariy bilim, malakalar va amaliy ko‘nikmalar berishga, shuningdek ularning umumta’lim va kasbiy bilim, malaka hamda ko‘nikmalarini shakllantirishga, qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan tizimli jarayon. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuning II-bobi 9-moddasida jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar, shuningdek uzoq vaqt davolanishga muhtoj bo‘lgan bolalar davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlarida inklyuziv shaklda yoki uy sharoitlarida yakka tartibda ta’lim oladi . Bolaning ilk rivojlanish davridan boshlab va xomiladorlik davridan onaga g’amxо’rlik qilish keyinchalik bolalarda uchrab turadigan nutq kamchiliklarini oldini olishga imkon beradi. Bola nutqidagi kamchiliklar о’zgalar nutqini tushinishdagi qiyinchilik ularni atrofdagilar bilan muloqatda bо’lishi о’z tengqurlariga qо’shilib ketishini qiyinlashtiradi. Nutq tafakkur kо’ra olish bо’lganligi sababli bola ulg’aygan sari atrof muxitdagi tasavvurlari shakillanadi va uni aks ettirish sо’z lug’ati orqali takomillashib boradi. Nutqning rivojlanishda ta‘lim-tarbiya ijtimoiy hamda biolagik omillarning ta‘siri ham kattadir. Buyuk mutaffakirlarimiz Yusuf Xos Hojib odob, axloq ta‘limtarbiya hamda ma‘naviy kamolotning yо’l-yо’riqlarini qomusiy asari - Qutadg’u-blig‖ asarida bilim zakovat soxibi bо’lishining asosiy kalitini til bayon qiladi. Til tufayli kishi о’z bilimi, aql idrokini, zakovotini til, sо’z orqali bildiradi degan fikrlarini uqtiradilar . Nutq faqat inson uchun xos bо’lgan alohida va yuqori darajadagi aloqa shaklidir. Nutqiy aloqa jarayonida kishilar fikr almashadilar va bir birlariga ta‘sir etadilar. Nutqiy aloqa til orqali amalga oshiriladi. Til – bu fonetik, leksik va grammatik vositalar sistemasidir. Gapiruvchi о’z fikrini bayon etish uchun zarur bо’lgan sо’zlarni tanlaydi, ularni til grammatikasi qoidalariga asoslanib bog’laydi va nutq a‘zolari artikulyatsiyasi orqali talaffuz etadi. Odam nutqi tushunarli va ma‘noli bо’lishi uchun nutq a‘zolarining xarakatlari aniq va tо’g’ri bо’lishi kerak. Nutq buzilishlarini tahlil qilish tamoyillariga ta‘rif bergan dastlabki tadqiqotchilardan biri R.YE.Levina hisoblanadi.

Yüklə 120,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə