Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida musiqa mashg’ulotlari reja



Yüklə 394 Kb.
səhifə33/34
tarix26.10.2023
ölçüsü394 Kb.
#132169
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
1-Mavzu MTTlarida musiqa mashg`ulotlari

«Sizga ta’zim, aziz ustozlar»
Zal bayramona bezatilgan. Musiqa sadolari ostida bolalar qo‘llarida gullar, sharlar bilan kirib keladilar.
Boshlovchi: Assalomu alaykum, hurmatli mehmonlar! Sizlarni umumxalq bayrami – «O‘qituvchilar va murabbiylar kuni» bilan chin yurakdan tabriklaymiz!
Sizdan boshlanadi asl tafakkur, Munis muallimlar, sizga tashakkur!
(Abdulla Oripov)
Bola: Boshda fikr nuri – gavhar, Bolalarga ustoz sarvar.
Qalbi toza gullar qadar, Hamma: Bu ustozlar, ustozlar!
Bola: Ishimizda gar sezsa nuqson, Yuragida turar, to‘fon.
Tunlar bedor qiynaladi jon, Hamma: Bu ustozlar, ustozlar!
Bola: Ishi bilan dili birdir, Do‘sti yorga shirin tildir.
To‘lqin ursa Amu-Sirdir, Hamma: Bu ustozlar, ustozlar!
Bola: Mustaqillik xush zamona, Xush zamonga u parvona.
Yurtim, elim, deya yona, Hamma: Bu ustozlar, ustozlar!
«Bog‘cha opa, bo‘lmang xafa» qo‘shig‘ini kuylaydilar. Gul va sharlar bilan «Bayramingiz muborak» raqsini ijro etadilar.
Boshlovchi: Prezidentimiz Islom Karimov farmoniga binoan, 1997-yil 1-oktabrni «O‘qituvchilar va murabbiylar kuni» – umumxalq bayrami, deb e’lon qilindi. Bolajonlar, ustoz deganda ko‘z oldingizga qanday insonlar namoyon bo‘ladi?
Bola: Bizlarga odob va axloqni o‘rgatuvchi opamiz.
Bola: Bizlarga turli xildagi aqliy va milliy o‘yinlar o‘rgatuvchi opamiz.
Bola: Ular bizga tinmay bilim beradilar, hisob – kitobni o‘rgatadilar.
Bola: Ulug‘larni eslashni,
Hikmatlarni yodlashni, Vatanni e’zozlashni, Ham qo‘ynida yayrashni, Bulbul bo‘lib sayrashni, O‘rgatadi opamiz.
Boshlovchi: Barakalla, juda to‘g‘ri topdingiz. Ustoz ana shunday ulug‘ zotdir. Bugun qalbimizdan ona kabi joy olgan ustozlarga qancha shirin so‘zlar, she’rlar aytsak, shuncha kam.
Bola: Assalom, aytamiz sizga azizlar! Ming kalom aytamiz, sizga ustozlar.
Assalom so‘ziday aziz bo‘lingiz, Eng quvnoq, eng shodon inson bo‘lingiz.

Yüklə 394 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə