Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarni muhit ta’sirida tarbiyalash Reja: Kirish I bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarni muhit ta’sirida tarbiyalashning nazariy asoslari



Yüklə 47,57 Kb.
səhifə2/6
tarix22.12.2023
ölçüsü47,57 Kb.
#154138
1   2   3   4   5   6
MARJONA-KURS ISHI

Kurs ishimizning maqsadi – Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashning pedagogik shart-sharoitlarini aniqlashdan iboratdir.
Kurs ishimizning obyektini – Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni
umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash tizimi, uning predmetini – Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash jarayonida qo‘llaniladigan samarali usul va vositalari etib oldik.
Muammoning dolzarbligi, maqsadi, obyekt va predmetidan kelib chiqqan holda tadqiqot ishimizning quyidagi vazifalarini belgilab oldik:

  • Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashning mazmuni, maqsad va vazifalarini aniqlash;

  • Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashning qo‘llaniladigan samarali usul va vositalarini tasniflash;

  • Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashning samarali usul va vositalari ta’sirida Maktabgacha ta’lim yoshidagi bola shaxsini aniqlash yo‘llarining pedagogik-psixologik shart-sharoitlarini nazariy va metodik jihatdan asoslash;

  • To‘plangan nazariy-metodik ma’lumotlar va tajriba-sinov natijalari asosida

  • uslubiy tavsiyalari berish.

Kurs ishimizning nazariy ahamiyati shundan iboratki, biz unda Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashning maqsad va vazifalarini, uni amalga oshirishning samarali vosita va usullarini ochib beriladi.

1.1 Tarbiya va maktabgacha yoshdagi bolani shakllantiruvchi omillar
Odam bolasining rivojlanishi – bu muhim jarayon hisoblanadi. Ma'lumki, hayot davomida inson jismoniy va ruhiy jihatdan o'zgarib boradi. Lekin bolalik, o'smirlik va o'spirinlik davrida rivojlanish nihoyatda kuchli bo'ladi. Bola mana shu yillarda ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan o'sishi, o'zgarishi tufayli shaxs sifatida kamolga yetadi. Tarbiya, irsiyat (nasl) va muhit bolaning rivojlanishida asosiy o'rin tutadi. Agar ana shu uchta omil bolaga ijobiy ta'sir qilsa, u kelajakda barkamol inson bo'lishi va salbiy tomondan ta'sir qilsa, badaxloq kimsaga aylanishi mumkin.
Bolaning shakllanishiga ta'sir ko'rsatuvchi omillar haqida Islom dini va ulamolarning asarlarida yetarlicha fikr va mulohazalar bildirilgan. Shu bilan birga bolaning rivojlanishi haqida G'arb faylasuflari ham o'zlarining qarashlarini bayon qilishgan. Quyida biz G'arb va Islom dunyosining bolaning shakllanishiga ta'sir ko'rsatuvchi omillar haqidagi fikrlarini keltirib o'tamiz.
Bolaning shakllanishi haqida G'arb faylasuflarining fikrlari.
Biologik yo'nalish – bu yo'nalish tarafdorlari odam bolasining shaxs sifatida rivojlanishida tabiiy – biologik (irsiy) omillar hal qiluvchi rol o'ynaydi deb biladilar. Ularning fikricha, bola ona qornidalik vaqtida avlod-ajdodlardan o'tgan tug'ma xususiyatlargina rivojlanadi. Ular tarbiya va muhitning rolini cheklab qo'yishadi. Yo'nalishning tarafdorlari Aristotel, Platon hisoblanadi.
Preformizm yo'nalishi – XVI asr falsafasida vujudga kelgan bu oqim namoyandalarining fikricha, bo'lajak shaxsga tegishli barcha xususiyatlarga bola ona qornidaligidayoq ega bo'ladi. Ular tarbiya va muhitning rolini butunlay inkor etishidi.
Bixeviorizm yo'nalishi – bu oqimga amerikalik pedagog va psixolog E.Torandayk asos soldi.
Uning fikricha, shaxsning barcha xususiyatlari, jumladan, ong va aqliy xususiyat ham nasldan naslga o'tadi. Bu bilan E.Torandayk tarbiyaning shaxs rivojlanishiga ta'sirini butunlay inkor etadi va uni shaxsning xususiyatlariga ta'sir etishdan ojiz deb biladi. Insonning shakllanishida Islom dini va mutafakkirlarning fikrlari Islom dini va mutafakkirlarning asarlarida bolaning shakllanishi uchun tarbiya, irsiyat va muhit ta'siri alohida ta'kidlangan. Shu uch omilning ichida tarbiyaning roli, ayniqsa, ahamiyatli hisoblanadi. Ammo tarbiya ta'sirining kuchi va natijasi irsiyat va muhit kabi omillarning hamkorligi bilan belgilanadi. Chunki nasl va muhitda kamchilik bo'lsa, tarbiyaning ta'siri sezilmasligi mumkin. Quyida biz uchta omil haqida Islom dini va ulamolarning qarashlarini keltiramiz.
Bolaning shakllanishida tarbiyaning ahamiyati
Tarbiya – inson kamolotiga ta'sir etuvchi tashqi va eng muhim omil hisoblanadi. “Tarbiya” arabcha so'z bo'lib, o'stirdi, rahbarlik qildi, isloh qildi degan ma'nolarni bildiradi. Islom ulamolaridan Rog'ib Asfihoniy tarbiyani quyidagicha ta'rif qiladi: “Tarbiya bir narsani bir holdan ikkinchi holga o'tkaza borib, batamom nuqtasiga yetkazishdir. Tarbiyaning ma'nolaridan biri, insonning diniy, fikriy va axloqiy quvvatlarini uyg'unlik va muvozanat ila o'stirishdir ”.
Tarbiyani insonga yetkazishda ota-onaning o'rni beqiyosligini Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) ta'kidlaydilar. Abu Hurayra(roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: “Nabiy (sollallohu alayhi va sallam): “Har bir tug'ilgan bola faqat fitrat (sof tabiat) bilan tug'iladi. Bas, ota-onasi uni yahudiy yoki nasroniy yoki majusiy qiladi...”. Bu hadisi sharifdan irsiyat, ya'ni biologik omil insonni shakllanishida asosiy o'rin tutadi degan fikrni ilgari suruvchi G'arb faylasuf va oqimlarining fikrlari asossiz ekanini va tarbiyaning muhimligini bilib olamiz.
Demak, insonning kamolotga yetishiga ta'lim-tarbiya, muhit va irsiyat muhim hisoblanadi. Nega bugungi kunda o'tmishda yashab o'tgan Imom Buxoriy, Forobiy, Beruniy va G'azzoliy kabi olimlarga o'xshagan insonlarni uchratmaymiz? Chunki ularning irsiyati toza, ota-onalari solih va soliha bo'lishgan, ular yashagan davrda ilm, ma'rifat va taraqqiyot o'zining cho'qqisiga chiqdi, ya'ni muhit yaxshi bo'lgan va eng asosiysi, ajdodlarimizning tarbiyasiga mas'ul bo'lgan ota-onalari va ustozlari o'z vazifalarini a'lo darajada bajarishgan, tarbiyalarida nuqson bo'lmagan. Agar farzandlarimizning rivojlanishiga ta'sir ko'rsatuvchi bu omillardagi nuqsonlarni bartaraf etsak, albatta kelajak avloddan Imom Buxoriy, G'azzoliyga o'xshagan zabardast olimlar yetishib chiqadi.1
Maktabgacha yoshdagi bolalarda tarbiya jarayonida axloqiy tuyg’ular va ma’naviy tasavvurlar shakllanishda davom etadi. Bunda bolalarning tuyg’ularini rivojlantirish va boyitishga, ularni boshqarish usullarini shakllantirishga katta e’tibor beriladi. Bu yoshda axloqiy tuyg’ular tarbiyalanadi, mazkur tuyg’ular bolalarning o’z atrofdagi odamlarga (kattalar, tengdoshlar va kichkintoylarga), mehnatga, tabiatga, muhim ijtimoiy xodisalarga, Vatanga munosabatlarini belgilaydi.
Shakllanayotgan xurmat tuyg’usida kattalarga munosabat ifodalanadi. Xurmat tuyg’usi bundan ilgarigi yosh guruhlarida bolalarning kattalarga mehr va muxabbatidan iborat xissiy asosda rivojlanadi. Maktabgacha yoshda bu tuyg’u ko’proq anglangan bo’lib, kattalar mehnat faoliyati ijtimoiy rolining ahamiyatini, ularning oliyjanob axloqiy fazilatlarini tushunishga asoslanadi.Tengdoshlarga nisbatan ijobiy xis tuyg’ular rivojlanishda davom etadi. Bolalar bilan o’zaro munosabatlarda jamoachilik, insonparvarlik tuyg’ulari asoslarini, bolalarning bir biriga do’stona muomalasi, mehribonlik, g’amxurlik, xamkorlikka, umumiy
maqsadlarga erishishga intilish, yordam berish ishtiyoqini rivojlantirish vazifasi qo’yiladi. Jamoatchilikni rivojlantirishda bolalar o’yini va mehnatida shakllanadigan burch va ma’suliyat tuyg’usining ilk shakllari katta rol o’ynaydi. Oliyjanob axloqiy tuyg’ular: vatanga muxabbat, boshqa millatga mansub kishilarga xurmat tuyg’ularining shakllanishi davom etadi. Ijtimoiy xayot xodisalari xaqidagi yorqin taasurotlar, bolalar mashg’ulotlarda, badiiy adabiyot, tasivriy san’at asarlari bilan tanishish paytida, amaliy faoliyatda qatnashib (umumxalq bayramlari, turli millat bolalari bilan do’stlashib va xokazo), mamlakatimiz xaqida qiziqarli bilimlar bilan to’ldirilgan ana shu tuyg’ularni rivojlantirish asosi bo’ladi. Tarbiyaning vazifasi axloqiy tuyg’ular ta’sirchanligini, axloqiy ishtiyoqlarga asoslanuvchi xatti xarakatlarga intilshni ta’minlashdan iboratdir.Maktabgacha yoshdagi bolalarning axloqiy xis tuyg’ulari axloqiy yurish turish bilan chambarchas birlikda shakllanadi. Kattalarga xurmat tuyg’usining rivojlantirilishi bolalarning tevarak atrofdagi kishilarga munosabatida yurish turish madaniyatini tarbiyalash vazifasi bilan uzviy bog’langandir. Madaniy yurish turish odatlarining doirasi ancha kengayadi: bolalar jamoatchilik joylarida (transportda, ko’chada, kutubxonada va xokazo) muomalaning turli vaziyatlarida (tanish va notanish kishilar bilan) o’zlarini qanday tutish qoidalarini o’zlashtiradilar. Doimo odobli kattalarga va kichiklarga astoydil g’amxurlik qilishga tayyor turish, kattalar mehnati natijalariga, ularning faoliyatiga xurmat bilan munosabatda bo’lish odati tarbiyalanadi. Nutq madaniyatining, axloqiy fazilatlarning (rostgo’y, xalol, kamtar bo’lish) shakllanishi davom etadi. Maktabgacha kichik yoshdagi bola yurish turishini tarbiyalashning muhim vazifasi – tengdoshlar bilan jamoa o’zaro munosabatlarini shakllantirishdir. Jamoa o’zaro munosabatlari o’zaro bog’langan tarkibiy qismlar majmuidir. Ularning eng muhimlari – dilkash va tengdoshlarga insonparvarlarcha munosabatd bo’lish, faoliyatni jamoa bo’lib rejalashtirish ko’nikmasi, uyushqoqlik va muomala madaniyatidir. Shu munosabat bilan jamoa o’zaro munosabatlarini shakllantirish vazifasining xal etilishi bolalar jamoasida barqaror hayrihohlik munosabatlarini, muomala madaniyatini, uyushqoq yurish turishni tarbiyalash vazifalarini amalga oshirish bilan bog’langandir.
Muomala madaniyatini tarbiyalash bolalarning tengdoshlarga munosabatda odob qoidalarini o’zlashtirishni davom ettirishlarini xamda birgalikda faoliyat – o’yin, mehnat, o’quv faoliyati madaniyatini shakllantirishni o’z ichiga oladi.
Uyushgan yurish turishni tarbiyalash maktabgacha yoshda bolalarda yurish turish qoidalarini ongli bajarish, guruhda o’rnatilgan umumiy talablarga bo’ysunish, axillik bilan xarakat qilish, qo’yilgan maqsadga birgalikda erishish ko’nikmasini shakllantirishni taqazo qiladi.Ayni vaqtda katta guruxlarda mustaqillikni tarbiyalash davom ettiriladi, bu narsa 6-7 yashar bola yurish turishining o’ziga xos xususiyati bo’lib qolishi kerak. Pedagogning e’tibori faoliyatning xar xil turlarida bolalar tashabbusi, o’zini o’zi tashkil qilishi xamda o’zini o’zi nazorat qilishini, erkin, irodaviy yurish turishini rivojlantirishga qaratiladi.
Axloqiy yurish turish mexanizmlarining shakllanishi ijtimoiy tuyg’ular va ongning faol ishtirokida ro’y beradi. Maktabgacha katta yoshdagi bolalarni axloqiy tarbiyalashda axloqiy tasavvurlarni shaklantirishga katta ahamiyat beriladi. Axloqiy tasavvurlarni o’zlashtirish bolaga yurish turish mazmunini anglab olishda, talablar va qoidani bajarish maqsadga muvofiq va zarur ekanligini tushunishda ko’maklashadi, yurish turishning axloqiy baholari va sabablarini shakllantiradi. Ta’lim va tarbiya jarayonida 6-7 yashar bolalar axloqiy tasavvurlarning ancha keng doirasini o’zlashtiradilar. Jamiyatdagi yurish turish normalari va qoidalari xaqidagi, insonning oliyjanob ma’naviy fazilatlari (xalollik, kamtarlik, dovyuraklik) xaqidagi bilimlar shular jumlasiga kiradi. Ijtimoiy hayot xodisalari haqidagi mehnat ahli to’g’risidagi tasavvurlar kengayadi.
Ana shu bilimlar asosida vatanparvarlik, mehnatkashlarga, boshqa xalqlarga hurmat tuyg’usini tarbiyalash davom ettiriladi. Umuman maktabgacha katta
yoshdagi bolalarning chuqurroq va to’laroq axloqiy tasavvurlari bevosita shaxsiy tajriba doirasidan chiqib, bolalarda ijtimoiy voqyelikka to’g’ri munosabatni shakllantirish asosiga aylanadi.Bolalarning birgalikda o’tkaziladigan jamoa turmush tarzi axloqiy tarbiya vazifalarini xal etishning muhim shartidir.Maktabgacha katta yoshdagi bolalarning birgalikdagi turmush tarzini tashkil etishda axloqiy tarbiya uchun katta ahamiyatga ega bo’lgan bir qator o’zgarishlar ro’y beradi. Bolalarning o’z mavqyelarini (bolalar maktabgacha ta’limsida tarbiyalanayotganlar ichida eng katta ekanliklarini) anglash ularni jipslashtiradi, o’z imkoniyatlariga ishonchni, o’z yurish turishlari uchun ma’sulitni oshiradi. Tarbiyachi bolalar ongidagi ana shu yangi xususiyatlarni rivojlantirishga va ana shu asosida katta gurux bolalarning yurish turish va faoliyatiga nisbatan yangi, yuksakroq talablarini bajarishni ta’minlashga, jamoachilik tuyg’usini rivojlantirishga, do’stona o’zaro munosabatlarni mustaxkamlashga, mustaqillik va uyushqoqlikni tarbiyalashga intiladi.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalar turmush tarzining xususiyati ular faoliyatida rivojlanib borayotgan jamoa xususiyatidir. Bolalar jamoa o’zaro munosabatlarining xususiyatlari ularning bir birlariga do’stona intilishlarida, birgalashib o’ynash va mehnat qilish, umumiy maqsadga erishish, o’rtoqlarining manfaatlari bilan xisoblashish, ularga ko’maklashish, o’z vazifasiga mas’uliyat bilan qarash, umumiy ish va umumiy narsalar haqida g’amxurlik qilish ko’nikmasida namoyon bo’ladi (T.A.Markova, F.S.Levin-Shrichina, V.G.Nachayeva). jamoadagi yurish turish qoidalarining o’zlashtirilishi, tengdoshlar bilan birgalikdagi faoliyatda qatnanshish bolalarning o’zaro munosabatlarini shakllantiradi. Yurish turish qoidalarini bajarish maktabgacha ta’lim bolasidan vaziyatni va atrofdagilarning kayfiyatini anglab, bevosita xarakatlardan tiyilishni (o’zini bosish, sabr qilish, yon berishni) talab qiladi. Tarbiya mavzuidagi suhbatlar, adabiy qahramonlarning xatti harakatlarini va guruhdagi bolalarning yurish turishini muhokama qilish
maktabgacha katta yoshdagi bolalarga qoidalarning insonpavvarona mohiyatini, odamlarga yaxshi munosabatda bo’lish zarurligini anglab olshida ko’maklashadi.
Yurish turish qoidalarini amalda o’zlashtirish bolalar birgalikdagi faoliyatining har xil turlarida ro’y beradi. Katta guruhdagi bolalar birgalikdagi faoliyatining mazmuni o’rta guruhdagiga nisbatan murakkablashib, hamkorlikning yangi usullari: jamoa bo’lib rejalashtirish, vazifalar yoki rollarni, mehnatni zvenolar bo’yicha taqsimlash va shu singari usullar o’zlashtiriladi.
Bolalarga avvaliga kichik guruhda (2-3 bola), so’ngra esa ko’proq bolalar qatnashadigan guruhda hamkorlik qilish ko’nikmasini asta sekin shakllantirib borish, bolalarni birgalikdagi faoliyatni mustaqil tashkil etish usuliga, umumiy maqsadni belgilash, ishni (yoki o’yinni) rejalashtirish, ishni yoki o’yinni qatnashchilar o’rtasida taqsimlash haqida kelishib olish, natijaga erishish ko’nikmasiga maxsus o’rgatish kerak. Murabbiya bolalarning o’zaro munosabatlarini yo’naltirib turadi, o’zaro yordam, ahil, umumiy ishga doir faktlarni yuksak baholaydi, bu esa jamoani jipslashtirishda ko’maklashadi, guruhda hayrihohlik muhitini vujudga keltiradi.
Maktabgacha katta yoshda birgalikdagi turmush tarzida birinchi bor “ishchanlik” munosabatlarining, mas’uliyatli bog’lanishning kurtaklari shakllanadiki, bu kurtaklarni A.S.Makarenko jamoaning tashkil topishi va amal qilishi uchun eng muhim omillar jumlasiga kiritgan edi. Umumiy ishda, navbatchilikda qatnashish, alohida topshiriqlarni bajarish, maktabgacha ta’lim bolalarida birgalashib bo’ysunish tarkibiy qismlarini, o’zaro nazorat, topshirilgan ish natijalari uchun kattalar va guruhdagi o’rtoqlari oldida mas’uliyat sezish kurtaklarini rivojlantiradi. Mehnat faoliyatining ana shu ijtimoiy foydali yo’nalishi maktabgacha katta yoshdagi bolalar jamoa turmush tarzining yangi muhim jixatidir. Maktabgacha katta yoshdagi bolalarning birgalikdagi turmush tarzida ularning foydali faoliyatini tadbiq etish doirasining kengayishi ham yangilikdir. Birinchi bor
maktabgacha ta’lim bolalarining faoliyati guruh doirasi bilan cheklanmay, bu doiradan chiqadi, ijtimoiy yo’nalish belgilari namoyon bo’ladi. Bolalar kichkintoylarga “otalik” qilish ishiga faol kirishadilar. Qo’g’irchoq kiyimini yuvish va o’yinchoqlarni tuzatish, kitoblarni asrash va konsert tayyorlash, sayr vaqtida xarakatli o’yinlarni tashkil etish, kichik guruh xonasini yig’ishtirish va shu singari ishlar maktabgacha katta yoshdagi bolalarda katta qiziqish uyg’otadi.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalar birgalikda turmush tarzining o’ziga xos xususiyati – yurish turish va faoliyatga, uyushqoqlik va mustaqillikka talablarning muttasil oshib borishidir. Maktabgacha katta yoshdagi bolalarning uyushqoqligi qoidalarni bilishda, ularni bajara olish va guruhda belgilangan umumiy talablarga bo’ysunishda, birgalikda kuch g’ayrat sarflab umumiy maqsadga erishishga xarakat qilishda, o’zaro kelishish asosida xarakatlarni moslashtirish va vazifalarni taqsimlashda namoyon bo’ladi. Umuman olgan yurish turishning uyushqoqligi maktabgacha katta yoshdagi bolaga jamoadagi o’z rolini aniqlab olishga yordam beradi, bu narsa bolalar yurish turishiga sobitqadamlik bag’ishlaydi.




    1. Yüklə 47,57 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə