Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarni muhit ta’sirida tarbiyalash Reja: Kirish I bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarni muhit ta’sirida tarbiyalashning nazariy asoslari


Milliy qadriyatlarimizning mohiyati, jamiyatdagi o‘rnini pedagogika-



Yüklə 47,57 Kb.
səhifə3/6
tarix22.12.2023
ölçüsü47,57 Kb.
#154138
1   2   3   4   5   6
MARJONA-KURS ISHI

Milliy qadriyatlarimizning mohiyati, jamiyatdagi o‘rnini pedagogika-

psixologiyada o‘rganilishi
Mustaqillik mevasi bo‘lgan, biz qurayotgan huquqiy, demokratik jamiyatning ma’naviy binosi mustahkam bo’lishi kerak . Bu esa avvalo, avlodni chuqur bilimli, teran fikrli o’z o‘tmish durdonalaridan va ma’naviy qadriyatlaridan xabardor, vatanparvar, xalqparvar, fidoi qilib tarbiyalashni taqozo etadi. Komil inson shaxsini tarbiyalash ishi esa eng murakkab qiyin jarayondir. Bu jarayonni amalga oshirishda ular ongiga milliy va ma’naviy qadriyatlarni singdirish maqsadga muvofiqdir. Demak, yosh avlod qachonki o‘z tarixini, madaniyatini, milliy qadriyatini, tilini, dinini va urf-odatlarini mukammal bilgandagina mustaqillikning tub moxiyatini yanayam chuqurrok anglaydi. Milliy istiqlol mafkurasi xam ana shu milliy qadriyatlarga asoslanib yaratilishi bejiz emas, albatta. Barkamol inson o‘zida ma’naviy va jismoniy yetuklikni mujassam etadi. Yoshlarimizni qadriyatlar asosida tarbiyalash uchun birinchi galda sharq mutafakkirlarining meroslari dasturi amal bo‘lib xizmat qiladi. Al- Farobiy, A.Yassaviy, B.Naqshbandiy, Al-Buxoriy, Beruniy, Ibn Sino, al-Xorazmiy, al-Farg‘oniy, Firdavsiy, A.Temur, A. Navoiy va Bobur singari jahonga taniqli bir necha aql egalarining ijtimoiy-siyosiy, falsafiy qarashlariga tayanib ish ko‘rilsa Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning qiziqish va qobiliyatlari ta’sirchanligi yanada mukammallik kasb etadi.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash, ma’naviy qadriyatlar va istiqlol istikboli xamda mafkuraviy ong, yashash tarzi hakida, ya’ni avlodlar mushtarakligi to‘g‘risida fikr yuritar ekanmiz, uni uch toifaga bo‘lish lozim:
Keksa avlod istiqlolni ardoqlab shunday erkin va ozod kunlarga yetib kelgani uchun shukronalar aytayotgan bulsa, o’rta avlod talabchan, ochig‘ini aytish kerakki, xayotda uz o’rnini topayotir, ayrim xollarda, iste’molchilik kayfiyatida xam yelib yugurmoqda, yosh avlod esa xayotga faol kirib kelmoqda, ularning yashash tarzi to‘g‘risidagi qarashlarning shakllanishida milliy va ma’naviy qadriyatlarning aloxida o’rni va axamiyati borligini ta’kidlash mumkin va ayni paytda, ularning xayotdagi ma’naviy-ma’rifiyo‘zgarishlarni, ya’ni mafkuraviy talablarni idrok etishdagi burchi va mas’uliyatini anglash tuyg‘usi tobora usayotganliga guvohmiz.
Xo’sh, ma’naviy qadriyatlarimiz xususida sharq mutafakkirlarimizning ilmiy, ma’rifiy merosi borasida yoshlarimizning tasavvur va bilim darajasi qanday? Qayd qilish lozimki o‘rta asrlar uygonish davri , bunyodkorlari bo’lmish allomalar bizning ajdodlarimiz ekanligidan faxrlanamiz . Bu borada Ibn Sinoning ma’naviy merosida kator muammolar tizimida axlok-odob masalalari e’tiborli saloxiyatga egadir . Uning «Burch haqida risola» , «Axloq haqida risola» , «Insof haqida risola» kabi asarlarida axlok-odobning g’oyat muhim qirralari bayon etilgan .
Mutafakkirlarning asarlarida, jumladan « Tadbiri manzil» risolasida ham inson tabiati azaldan axloqli yoki axloqsiz bo’lmaydi , degan g‘oya muxim axamiyat kasb etadi . Aslida odamlar tayyor fazilat , odat va hayoti ko‘nikmalar bilan tug‘ilmaydilar. Bunday xususiyatlar ularning ijtimoiy hayotida shaxsiy va o‘zgalar tajribasi ajdodlar an’analari ta’lim-tarbiyaning faol ta’siri ostida asta-sekin shakllana boradi. Ta’lim-tarbiya o‘zgalarning ma’naviy ta’siri ostida inson o’zida ijobiy axloqiy fazilatlarni shakllantiradi yoki «yomon do’stlar» ya’ni salbiy odatlar sohibiga aylana boradi .
Jahonda XII asrdan boshlab xanuzgacha algebra fani asoschisi sifatida Al- Xorazmiy nomi ulug‘lanadi . Hozirgi zamonda kosmik kemalar, havo transporti, hisoblash texnikasi , ishlab chikarishning texnologik jarayonlar algoritmi qoidasi asosida ishlaydi. Abu Nasr Farobiy inson aqliy va ijodiy faoliyatining takomillashuvida musiqiy oxanglarning fizikaviy holatiga asos soldi . U Musiqaning matematik nazariyasini yaratdi .
Bunday yaratuvchanlik milliy va ma’naviy qadriyatlarimiz sifatida ulug‘lanar ekan, ularni o‘rganish , o‘zlashtirish yosh avlodning muxim burchi bo‘lmog‘i kerak. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash, bu yosh avloddan milliy g‘oya asosidagi tafakkur , chuqur bilim va ixtisoslikni talab qilmoqda . Uning negizi- milliy qadriyatlarimizdir.
« Yangicha yashash , ozod va obod Vatan erkin va farovon xayot kurish tuygusi esa yosh avlod oldiga keksa avlodga qaraganda mas’uliyatlirok vazifalarni qo‘ymokda Xususan , ong va tafakkur xamda ma’naviy qadriyatlardagi uzgarishlar xayot talabidan orkada kolayotganligi ma’naviy saloxiyatdagi qusurlar bilan bog‘likdir . Shunday qilib, qadriyatlar-harakat usuli, metodikasi va uning individual yetimga aylanishi uchun shart-sharoit yaratish degan ma’noni bildiradi. Mustaqillik milliy ma’naviyatimizning zaminini tashkil qiluvchi «qadriyatlar», «milliy istiqlol», «milliy iftixor», «milliy g‘urur», «milliy ong» kabi tushunchalarning ijtimoiy siyosiy va kundalik hayotimizdagi asosiy ahamiyati va o‘rnini qayta tiklab berdi. Bu bizning ma’naviy hayotimizda qo‘lga kiritgan katta yutuqlarimizdandir.
Xush, qadriyatlar o‘zi nima? Ularning mohiyati, asosiy jihatlari nimadan iborat? Eng avvalo, shuni qayd qilish kerakki, qadriyatlar juda sermazmun va ko‘p qirrali tushunchadir. Shuning uchun ham adabiyotlarda mazkur tushunchaning mohiyatini ifodalashda turlicha yondashuvlarni uchratishimiz mumkin. Masalan, «Falsafiy ensiklopediya»ning beshinchi jildida qadriyatlar quyidagicha 0 0 1Ftavsiflangan: «Qadriyat fal safiy va sotsiologik tushuncha. U, birinchidan, biror obyektning ijobiy yoki salbiy qimmatini, ikkinchidan, ijtimoiy ongning normativ, belgilovchi—bag‘ishlovchi jihati (subyektiv qadriyatlar yoki ong qadriyatlari)ni ifoda etadi. Shunga ko‘ra obyektiv (ashyoviy) va subyektiv (ong) qadriyatlari bir biridan farqlanadi»
Mazkur manbada yozilishicha, tabiiy boyliklar va tabiat hodisalari (bular yaxshilik va yomonlik nuqtai nazaridan baholanadi) mehnat mahsullarining iste’mol qiymati (umuman foydalilik); ijtimoiy hodisalarda mujassamlashgan ijtimoiy ezgulik va yovuzliklar; tarixiy hodisalarning progressiv yoki reaqion ahamiyati, hozirgi zamon kishilarining boyligi sifatida namoyon bo‘luvchi moziynning madaniy merosi, ilmiy haqiqatning foydali samarasi yoki nazariy ahamiyati, kishilarning hatti harakatlarida ifodalanuvchi axloqiy, yaxshilik yoki yomonlik, tabiiy va ijtimoiy obyektlarning hamda san’at asarlarining estetik jihatdan tavsiflanishi, sajdagohlar, diniy ibodat buyumlari va boshqalar ashyoviy qadriyatlarga kiradi 0 0 1 FOng qadriyatlariga normativ tasavvurlar (yaxshi lik vayomonlik adolat, go‘zallik va xunuklik haqidagi, tarixning ma’nosi va insonning vazifasi haqidagi tasavvurlar, ideallar, harakat meyorlari va tamooyillari tarzida ifodalangan ijtimoiy ko‘rsatmalar va baholar, talab va ta’qiqlar, maqsad va loyihalar kiradi.

Qadriyatlarni mazmuni va harakteriga ko‘ra progressiv va reaqion tiplarga ajratish mumkin» Bu esa, mazkur kategoriyani o‘ta sig‘imdor qilish bilan birga uni izohlashni mushkullashtiradi. Turli chalkashliklar keltirib chiqaradi. Shu jihatdan taniqli faylasuf olim V.P.Tugarinovning fikri e’tiborga loyiqdir: 0 0 1F«Qadriyatlar muay yan jamiyat yoki guruhga mansub kishilar turmushi va madaniyatining haqiqiy yoki ideal ne’matlari bo‘lgan tabiat va jamiyat hodisalarining mohiyati (yoki hodisaning bir jihati)dir. Bu ne’matlarning qadriyatlar deyilishiga sabab kishilar ularni qadrlaydilar, chunki bu qadriyatlar ularning shahsiy va ijtimoiy turmushini boyitadi. Shuning uchun ham kishilar o‘z tasavvurlaridagi qadriyatlarni ximoya qiladilar va o‘zlari uchun maqsad yoki ideal bo‘lgan qadriyatlarni amalga oshirishga intiladilar.


Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashda, qadriyatlar ichida eng birinchi va eng umumiysi hayotning o‘zidir, chunki hayotdan mahrum bo‘lish qolgan barcha qadriyatlardan foydalanishni yo‘qqa chiqaradi. Qadriyatlarning boshqa turlari, aslini olganda, hayot ne’matlarining mohiyatidir, madaniy qadriyatlardir».
V.P.Tugarinov «qadriyat» va «baho» tushunchalarini bir biridan farqlash
zarurligini uqtiradi. U yoki bu hodisani qadriyatlarga mansub hisoblash, ya’ni uni qadriyatlarga qo‘shish yoki qo‘shmaslik ana shu munosabatga, ijobiy yoki salbiy bahoga bog‘liq. Yosh avlodni Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning qiziqish va
qobiliyatlarini shakllantirish – bizning burchimizdir.
II bob. MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI BOLALARNI UMUMINSONIY QADRIYATLAR ASOSIDA TARBIYALASHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK SHART – SHAROITLARI.

Yüklə 47,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə