Firdavsiy “Shohnoma”si qahramonlari. Ularning keyingi davr epik poyeziyasiga ko’chishi



Yüklə 8,97 Kb.
səhifə1/3
tarix27.12.2023
ölçüsü8,97 Kb.
#163477
  1   2   3
Razzakova Kumush-2

Firdavsiy “Shohnoma”si qahramonlari. Ularning keyingi davr epik poyeziyasiga ko’chishi

Bajardi:Razzakova Kumush

FIRDAVSIYning hayoti va ijodi

  • Buyuk shoir Abulqosim Firdavsiy Xuroson viloyatining Tus shahrida kambag‘al oilada dunyoga keldi. Firdavsiy keng qamrovli va chuqur ilm egasi bo‘lib yetishdi. Shu bois uni «hakim», «donishmand» deb ulug‘laganlar. Shoir ijodining ayni gullagan davrida G’azna shahrida (hozirgi Afg‘oniston hududi) — turk sultoni Mahmud G’aznaviy saroyida yashab, ijod qildi. Firdavsiy Mahmud G’aznaviyga bag‘ishlab mashhur «Shohnoma» asarini yozdi. Lekin bu asar Mahmud G’aznaviy tomonidan yetarli qadrlanmadi. Rivoyat qilishlaricha, sulton G’aznaviy Firdavsiyning yozilajak «Shohnoma» asarining har bir bayti uchun bittadan oltin tanga berishni va’da qiladi. 60.000 baytdan iborat asar tayyor bo‘lgandan keyin esa G’aznaviy va’dasidan qaytadi. Firdavsiyga G’aznaviy karvon orqali berib yuborgan tangalarning hammasi kumush bo‘lib chiqadi. Bundan qattiq ranjigan shoir tangalarning bir qismini karvondagilarga, boshqa qismini hammollarga ulashadi. Tangalarning qolgan hammasiga esa yaxna ichimliklar sotib oladi. Uning bu harakatlari hukmdorga qarshi norozilikning yaqqol ifodasi edi. Sulton G’aznaviy shoirni filning oyoqlari ostiga tashlab, jazolash haqida farmon beradi. Firdavsiy tug‘ilgan yerini tashlab, musofirlikda hayot kechirishga majbur bo‘ladi.

Firdavsining shohnoma asari haqida

  • Tus va Nishopur shaharlaridagi madrasalarda tahsil olgan. Zamonasining barcha asosiy ilmlarini egallab, arab va pahlaviy tillarini chuqur oʻrgangan. Oʻz davrining qomusiy olimi boʻlib yetishgani uchun ham uni hakim deb ulugʻlashgan. U Eron, Turon, Yunon va Hindiston olimlarining turli sohadagi asarlaridan yaxshi xabardor boʻlgan. F. yoshligidanoq sheʼrlar mashq qila boshlagan. Bu haqda maʼlumotlar boʻlsada, sheʼrlarining oʻzi yetib kelmagan. Uning "Yusuf va Zulayho" nomli doston yozganligi xam haligacha munozarali. F. otasidan qolgan yerda dehqonchilik qilib kun kechirgan. Baʼzi manbalarda uning uzoq yillar sarbozlik xizmatida boʻlgani ham aytiladi. F.ning yoshlik yillari somoniylar davlatining gullabyashnagan davriga toʻgʻri keladi. Bu davrda Eron va Turon xalklarining nafakat ijtimoiysiyosiy, balki madaniymaʼnaviy hayotida ham bir koʻtarilish boʻlgan.

Yüklə 8,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə