Firdavsiy “Shohnoma”si qahramonlari. Ularning keyingi davr epik poyeziyasiga ko’chishi



Yüklə 8,97 Kb.
səhifə3/3
tarix27.12.2023
ölçüsü8,97 Kb.
#163477
1   2   3
Razzakova Kumush-2

“SHOHNOMA”NING ASOSIY G’OYASI

  • Firdavsiy vafotidan soʻng, "Shohnoma" jiddiy oʻzgarishlar va buzilishlarga duch keldi. Bizgacha etib kelgan fors tilidagi eng qadimgi Shohnoma roʻyxati 1276-1277 yillarga toʻgʻri keladi. Shunday qilib, u Firdavsiy vafotidan 250 yil oʻtgach tuzilgan.
  • "Shohnoma"ning asosiy gʻoyasi — vatanni ulugʻlash, xalq qudrati va zakovatini koʻzkoʻz qilish, va shu orqali ularni birgalikka, markazlashgan davlat qurishga chaqirish, vatanparvarlik, insonparvarlik, mehnatsevarlik va tinchliksevarlikni madh etish, ezgulik, olijanoblik, halollik, mardlik, mehnatni tarannum etib, qonli urushlar, yovuzlik, jabru zulm, adolatsizlik, munofiqlikni qoralashdan iborat. "Shohnoma"dagi Rustam, Suhrob, Siyovush, Bijan, Zoli Zar, Sudoba, Gudarz, Gev, Tuye, Hojir, Gurdofarid, Humoy, Manija singari qahramonlar yer yuzida adolat tantanasi uchun kurashadilar. "Zol va Sudoba", "Bijan va Manija" dostonlarida chinakam baynalmilallik gʻoyalari ilgari surilgan. "Isfandiyor", "Shogʻod", "Oʻn ikki muhoraba" dostonlarida esa mamlakatning yaxlitligiga raxna soluvchi, urush olovini yoquvchi zolim va fitnachi shohu sarkardalar keskin qoralanadi. "Siyovush" dostonida urush va tinchlik masalasi badiiy talqin qilinadi.

«Shohnoma» shartli ravishda uch qismga bo’linadi:

  • 1) mifologik
  • 2) qahramonlik
  • 3) tarixiy qismlar.
  • Agar mifologik qismga «Avesto»da qayd etilgan qadimgi miflar va kosmogonik tasawurlar aks etgan asarlar kirsa, qahramonlik qismini bahodirlar haqidagi Eron rivoyatlari tashkil etadi. Bu turkumdagi asarlar markazini Rustam obrazi egallaydi. Shu bilan birga Siyovush, Isfandiyor, Iskandar, Bahrom Go’r obrazlari ham shu turkumdagi dostonlarning g’oyaviy yo’nalishini belgilab keladi.

“Shohnoma”ning keyingi davr epik poyeziyasidagi o’rni

«Shohnoma» jahon adabiyotining muhtasham obidalaridan biridir. Asar boshidan oxiriga qadar aruzning mutaqorib bahri (faulo’n faulo’n faulo’n faul) da yozilgan. Firdavsiydan keyin qahramonlik dostonlarini aruzning shu bahrida yozish Sharq adabiyotida an’ana darajasiga ko’tarildi. Nizomiy Ganjaviy «Iskandarnoma», Xusrav Dehlaviy «Oinai Iskandariy», Abdurahmon Jomiy f esa «Xiradnomai Iskandar» («Iskandarning donishmandligi nomasi») dostonlarini shu bahrda yozganlar. «Shohnoma»ning masnaviy yo’lidagi qofiya tizimi ham Sharq dostonchiligida barqarorlashgan.

E”TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT


Yüklə 8,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə