Мавзу: Маълумотларни узатишни муҳофазалаш йўли орқали телекоммуникация тизимлари модемларини такомиллаштириш


 Abonent tarmoqlarida xDSL texnologiyasini qo’llash



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/32
tarix27.09.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#124227
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   32
BITIRUV MALAKAVIY ISHI

2. Abonent tarmoqlarida xDSL texnologiyasini qo’llash 
Hozirgi paytda abonentlar ulanuvchi kabelli tarmoqlarda abonentlar uchun 
raqamli qurilmalar yaratilmoqda va keng tarqalmoqda. Bu yuqorida aytib o’tilgan 
kamchiliklar va muammolarni hal qilishda qo’l keladi. CHunki hozirgi paytda 
nafaqat ovozli axborotlarga, balki Internet xizmatlariga bo’lgan talablar dolzarb 
hisoblanadi. Bunday tarmoqlarni ikkita yo’l: optik-tolali tarmoqlar va mavjud 
bo’lgan kabellardan foydalanish orqali qurish mumkin. Ko’pgina hollarda oxirgi 
variant yuqori iqtisodiy samaradorlikni beradi. Lekin bunday tarmoqlarni yaratish 
uchun bir necha savollarga javob topish lozim: 

mavjud bo’lgan kabelli tarmoq uchun, qaysi imkoniyatli raqamli 
abonent texnologiyalari ko’proq mos keladi; 

qaysi qurilma ko’proq samaradorli; 

raqamli kanalning qaysi texnologiyalarini u taminlay oladi; 

mavjud bo’lgan kabelli tarmoqlarni, abonentlar ulanuvchi raqamli 
abonent tarmoqlarining qanday yangi xizmatlari uchun qo’llash mumkin. 
Oxirgi paytlarda «oxirgi mil» qurilmalarining bozori zudlik bilan 
rivojlanayotgani tufayli operatorlarning holati murakkablashib ketmoqda. 
YUqoridagi aytib o’tilgan kamchiliklarga, muammolarga va savollarga javob 
sifatida xDSL (Digital Subscriber Line) - raqamli abonent liniyalari texnologiyalari 
qo’l keladi. 


43 
Mavjud bo’lgan mis liniyalari bo’yicha yuqori tezlikli raqamli aloqani tashkil 
qilishga mo’ljallangan xDSL texnologiyalari, erga avval yotqizilgan kabellar orqali
juda katta mablag`ga erishish mumkinligini ko’rsatdi. 
xDSL kontseptsiyalarini ishlab chiqish orqali, aloqa tarmoqlarining 
rivojlanish ideologiyasi tubdan o’zgardi. hozirgi paytda bunday texnologiyalar 
yordamida aloqa operatorlariga bo’lgan ishonch oshdi va mavjud bo’lgan, mis 
aloqa kabellaridan tashkil topgan tarmoq, quriladigan butun telekommunikatsiya 
infrastrukturasida juda ko’p yillar xizmat qiladi. 
U interfeysining ISDN texnologiyasi xDSL ning birinchi avlodi hisoblanadi. 
U kabel juftligining bitta simi orqali 160 kbit/s tezlikli dupleks (ikala tomonga 
ham) uzatishni ta`minlaydi. Bunday texnologiya ham keng tarqalgan, u ISDN 
tarmoqlaridan tashqari abonent liniyalarini zichlashtirish qurilmalarini yaratish va 
chegaralangan masofalarda modemlarni qo’llash uchun ishlatiladi. 
xDSL bilan bir qatorda yaratilgan keyingi texnologiya yuqori tezlikli raqamli 
abonent liniyasi HDSL (High-bit-rate Digital Subscriber Line) hisoblanadi. Bu 
texnologiya 2048 kbit/s tezlikda dupleks axborot almashtirishni to’liq ta`minlaydi. 
Axborotni uzatish uchun kabelning ikki yoki uch juftligidan foydalaniladi. HDSL 
texnologiyalarining keyingi rivojlanishi simmetrik yuqori chastotali raqamli 
abonent liniyalarinig qurilmalarini yuzaga kelishiga sababchi bo’ldi. Bunday 
SDSL qurilmalari (SDSL - Singil Pair Symmetrical Digital Subscriber Line) 
kabelning bir juftligi orqali ishlashga mo’ljallangan. SHuningdek oxirgi yillarda 
xDSL ning yuqori tezlikka ega bo’lgan texnologiyalari ishlab chiqildi, masalan 
ADSL (assimetrik raqamli abonent liniyasi) va VDSL texnologiyasi, tarmoqdan 
abonentgacha bo’lgan yo’nalishda axborotni uzatganda 8 Mbit/s gacha, abonentdan 
tarmoqqacha bo’lgan yo’nalishda esa 1 Mbit/s tezlikni taminlaydi, shuningdek 
Internet tarmog`iga ulanish imkoniyatiga ega bo’lishi ham mumkin. 
VDSL texnologiyasi (Very High – bit rate Digital Subscriber Line) yangi 
qurilmalar tarkibiga kiradi va kelgusidagi abonent tarmoqlarida qo’llashga 
mo’ljallangan. YUqorida aytib o’tilgan, raqamli abonent liniyalariga mo’ljallangan 
ADSL, eng ko’p tarqalgan texnologiyalardan biri bo’lib qolmoqda. Bunday 


44 
texnologiyalar kabel juftliklarining simini chastotaviy harakteristikasini ancha 
yaxshilaydi. Axborotlarni assimetrik uzatish usulida agar mijoz internetdan 
foydalansa, qabul qiluvchi signallarni uzatish uchun chastota oralig`ini katta 
qismidan foydaliniladi, xuddi shu vaqtda mijoz talab qiladigan signallarning 
chastota oralig`i juda kichik.
YUqoridagilarni hisobga olsak umuman olganda ADSL quyidagi afzalliklarga 
ega: 

kabel juftliklaridan minimal foydalanish imkoniyati, odatdagi telefon 
tarmoqlari uchun bunday juftliklar faqatgina telefon signallarini uzatish uchun 
qo’llanilar edi. ADSL texnologiyasi yaratilgandan keyin, telefon liniyalari bo’ylab 
nafaqat telefon signallari, balki yuqori tezlikli ma`lumotlarni uzatish ham mumkin. 
Ularning ikkilasi ham bir-biriga xalaqit bermaydi; 

ADSL da ulanish vaqtining kamligi, tarmoqdan foydalanishning 
qulayligi va narxining pastligi; Xozirgi paytda telefon tarmoqlari, juda katta 
xajmga va juda ko’p abonentlar soniga ega bo’lgan keng tarqalgan 
telekommunikatsiya tarmoqlaridan iborat. ADSL texnologiyalari yordamida 
markaziy ofisda, bitta markaziy qurilmani va mijoz tomonda bitta qurilmani 
joylashtirish 
lozim. 
YUqori 
tezlikli 
va 
keng 
polasali 
imkoniyatdan 
foydalaniladigan, keng polasali tarmoqqa ulangan mijozlar yangi liniyadan 
harajatsiz foydalanishi mumkin; 

axborotni tortib olishda yuqori tezlikka erishish; ADSL ning 
assimetrik xususiyati uchun tortib (so’rib) olinadigan tezlik 8 Mbit/s ga etishi 
mumkin.

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə