Mavzu: Marjinalizm iqtisodiyot talimoti


Talab va taklif. Vaqt omili



Yüklə 79,4 Kb.
səhifə4/5
tarix22.03.2024
ölçüsü79,4 Kb.
#182489
1   2   3   4   5
marjinalizm iqtisodiyot talimoti

4. Talab va taklif. Vaqt omili
A. Marshall talab va taklif qonunini va shunga muvofiq bahoni tahlil qilishga alohida e‘tibor qaratdi. U tahlilni talabdan boshladi:
«Sotilishi ko’zda tutilgan tovar miqdori qancha ko’p bo’lsa, unga qo’yiladigan baho shuncha past bo’lishi kerak, negaki, u o’z xaridorlarini topa olsin... Baho pasayganda talab qilinadigan tovarlar miqdori ko’payadi, baho oshganda esa – kamayadi. Bunda bahoning pasayishi bilan talabning oshishi o’rtasida qat‘iy o’rnatilgan bir xil nisbat bo’lmaydi».
O’z mohiyatiga ko’ra A.Marshall Me‘yorli foydaliliklar tengligi qonuniga asoslangan holda foydalilik funksiyasidan talab egri chizig’ini keltirib chiqargan birinchi iqtisodchi hisoblanadi. U quyidagi ko’rinishda aks ettiriladi:
MUx/Px=MUe/Pe=…MUe,
bunda MUx – x tovarning me‘yorli foydaliligi, Rx – o’sha tovarning bahosi, MUe – pulning me‘yorli foydaliligi. Bu qonunni uch xil ekvivalentli shaklda ifodalash mumkin. Iste‘molchi o’z ehtiyojini qondirishni maksimallashtiradi, agar u 1) xarid qilingan barcha tovarlarning me‘yorli foydaliliklarini tenglashtirsa; 2) iste‘mol qilinadigan har bir juft tovarning me‘yorli foydaliliklari nisbatini va baholar nisbatini tenglashtirsa; 3) muayyan bozor narxida sotib olingan har bir tovarni pul qiymatining me‘yoriy foydaliligini tenglashtirsa.
Iste‘molchi muvozanatga erishdi, Px bahosi esa pasaymoqda, deb faraz qilaylik. Unda MUx>PxMUe va muvozanatni qaytadan tiklash uchun MUx miqdorini kamaytirish maqsadida x tovarni ko’proq sotib olish kerak bo’ladi. Haqiqatan ham tovarning bahosi pasaysa, iste‘molchi uni sotib olishni ko’paytiradi, negaki, bunday tovarning bahosi pasayganda iste‘molchi bir so’mga har qanday boshqa tovarga qaraganda ushbu x tovardan ko’proq foydalilik oladi. X tovarning xaridi ko’paygan sari me‘yorli foydalilikning pasayishi MUx pasayishini kafolatlaydi. Demak, iste‘molchi o’zining cheklangan daromadlari va joriy narx doirasida o’z ehtiyojini doimo maksimal darajada qondirishga intilgan sharoitda talab egri chizig’ining teskari nishabligi kelib chiqadi.
Bu dalil-isbotlar shu narsani ko’zda tutadiki, x tovarning narxi pasayishi natijasida individning daromadi ko’paymaydi, buning natijasida MUx ning miqdori uyg’unlashish jarayoni davomida doimiyligi saqlanib qoladi. Lekin individ o’zining barcha xarajatlarining me‘yorli foydaliligini yana tenglashtirishi bilanoq, uning real daromadi oshadi. Bu saqlanayotgan pul mablag’larining me‘yorli foydaliligini pasaytiradi va shu bilan barcha tovarlarning, jumladan x tovarning ham xaridining ko’payishga olib keladi. Bunda daromad samarasi ijobiy hisoblanadi va biz x ga teskari nishabli talab egri chizig’iga va daromadga bog’liq bo’lgan ijobiy talabga ega bo’lamiz.
Bundan tashqari bu yerda foydalilik funksiyalarining additivligi1 taqozo etiladi: individ sotib olayotgan har bir tovarning foydaliligi boshqa tovarlarning foydaliligiga bog’liq bo’lmaydi. Haqiqatda esa ularning o’rtasida bog’liqlik amal qilishi mumkin, bunday bog’liqlik natijasida U – miqdori ko’payganda MUx ko’payadi yoki kamayadi. Bu tahlilni yana ham murakkablashtiradi.
Agar yuqorida aytilganlarni chizma ko’rinishida ifodalasak, unda koordinatlarda (baho, tovar miqdori) Marshall «kresti» kelib chiqadi: pastga yo’naltirilgan D talab egri chizig’i bilan yuqoriga yo’naltirilgan S taklif egri chizig’ining kesishishi (8.2-chzma). D egri chizig’i iste‘molchi uchun mazkur tovarning me‘yorli foydaliligining pasayish qonunini ifodalasa, S egri chizig’i me‘yorli xarajatlarning oshib borishini ifodalaydi. Ularning kesishgan nuqtasi muvozanat bahoni bildiradi va ushbu baho xaridorlar sotib olishni, sotuvchilar esa sotishni xohlaydigan tovar miqdorini aniqlab beradi. Bu ikki miqdor faqat muvozanat baho paytida bir-biriga to’g’ri keladi. Agar taklif bahosi talab bahosi bilan tenglashsa, muvozanat baho vujudga keladi. Rasmdagi P1 – muvozanat baho. Ushbu bahoda sotuvchilar bir xil Q1 miqdordagi tovarni sotishni xohlaydilar, xaridorlar esa sotib olishni.
0 Q1 Q
8.2-chizma. Talab va taklif. Bozor muvozanati
Agar baho muvozanat bahodan yuqori bo’lsa, sotuvchilar ko’p miqdorda tovar sotishga tayyor, lekin xaridorlar shuncha miqdorda tovar sotib olmaydilar va natijada baho pasayadi. Agar baho muvozanat bahodan past bo’lsa, unda xaridorlar sotib olishni xohlaydigan hajmdagi tovarni sotish sotuvchilar uchun foydasi yo’q va natijada baho pasayadi. Bu jarayon sotish bahosi muvozanat bahoga teng bo’lganda tugallanadi. Avval ko’rib chiqqanimizdek, bozor qiymati me‘yorli foydalilik va Me‘yorli xarajatlar bilan aniqlanadi.
Demak, D talab egri chizig’i teskari nishablikka ega, negaki, baho oshib borishi bilan odatda, tovarga bo’lgan talab kamayadi. Lekin qanday darajada kamayadi? A.Marshall bu savolga javob berish uchun baho bo’yicha talab elastikligi tushunchasini kiritadi. Baho bo’yicha talab elastikligi (TE) baho muayyan darajada pasayganda, talab qanday miqdorda o’sishini yoki baho muayyan darajada oshganda talab qanday miqdorda pasayishini ifodalaydi. Agar baho 1 % ga pasayganda sotish 1 % ga oshsa, TE=2,5 bo’ladi, agar bahoning 1 % ga pasayishi sotishni 2,5 % oshirsa, TE=1 bo’ladi va hokazo.
Agar talab egri chizig’ining muayyan bir uchastkasida TE=1 bo’lsa, unda ushbu uchastkada bahoning hech qanaqa o’zgirishi mazkur tovarni sotishga ta’sir ko’rsatmaydi. Agar shu uchastkada TE1 bo’lsa, unda bahoning bir oz pasayishi sotish miqdorini ancha ko’paytirishi mumkin. Boshqacha aytganda, talab noelastik bo’lganda foyda bahoning o’sishi hisobiga ko’payishi mumkin, talab elastikligi paytida esa bahoni pasaytirish hisobiga foydani oshirish mumkin.
Talabning elastikligi iste‘moldagi tovarlarning bir-birlarining o’rnini osongina bosa olishiga bog’liq. Shuning uchun ommaviy iste‘mol tovarlariga bo’lgan talab kam elastik bo’ladi.
Ammo bu bilan talab va taklif qonuning tahlili tugashi mumkin emas, negaki, talab va taklifga vaqt tushunchasi ham o’z ta’sirini ko’rsatadi va shu bois uni tahlil qilish taqozo etiladi. Tekshirilayotgan davr qancha qisqa bo’lsa, talabning qiymatga bo’lgan ta’siri shuncha kuchli bo’ladi, bu davr qancha uzoq bo’lsa, ishlab chiqarish xarajatlarining qiymatga bo’lgan ta’siri shuncha kuchayib boradi.
Shu sababli A.Marshall bir zumli, qisqa muddatli va uzoq muddatli muvozanat turlarini ajratib ko’rsatib beradi. Bir zumli muvozanatda taklif o’zgarmaydi. Bunday sharoitda keskin oshgan talab qondirilishi mumkin emas (band bo’lmagan quvvatlardan foydalanish yoki yangi quvvatlarni ishga tushirish uchun vaqt kerak bo’ladi). Bu vaqt ichida tanqis (defitsit) mahsulotlarni ishlab chiqarayotgan tadbirkor bahoni oshirish hisobiga qo’shimcha daromad olishi mumkin. Masalan, tirik baliq bozorida baliqqa bo’lgan talab oshdi, deylik. Baho ko’tarildi, lekin o’sha kuni sotuvchilar taklifni ko’paytira olmaydilar (yangisini olib kelishga ulgurmaydilar). Shuning uchun taklif egri chizig’i to’g’ri chiziq (S) ko’rinishida bo’ladi. Yuqorida qayd qilib o’tganimizdek, baho oshadi (P1dan P2ga, 8.3-chizma).
Amal qilib turgan ishlab chiqarish quvvatlari hisobiga o’sgan talabni qondirish uchun taklifni ko’paytirish qisqa muddatli muvozanatni ta’minlaydi. Agar bozorda baliqqa bo’lgan talab bir necha kun davomida ancha yuqori bo’lsa, unda baliqchilar qo’shimcha ishchi kuchi, ortiqcha to’r va boshqa anjomlar hisobiga baliq tutishni ko’paytirishga harakat qiladilar. Natijada taklif Q1 dan Q3 ga oshadi (8.4-chizma). Baho qanday bo’ladi? U pasayishga intiladi (P3

P S
P3 E2


P1 E0 D2
D1

Q1 Q3 Q


8.4-chizma. Qisqa muddatli bozor muvozanati
Uzoq muddatli muvozanatda taklif talabning oshishiga moslasha oladi, chunki uning uchun vaqt yetarli bo’ladi. Bu davr ichida ishlab chiqarish quvvatini, ishlab chiqarishni tashkil qilish uslubini o’zgartirish, yangi korxonalarni ochish, yangi texnologiyalarni qo’llash mumkin. Sotuvchilarga ustama foyda keltiruvchi yuqori talab (D2 egri chizig’i) va shunga muvofiq yuqori narx (P4) uzoq muddat saqlanib turgan sharoitda baliqchilar ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida ishlab chiqarish quvvatini kuchaytirishga kirishadilar (yangi baliq tutish kemalari, omborxonalar va boshqalar quriladi). Bu tarmoqqa yuqori daromad tufayli yangi ishlab chiqaruvchilar kirib keladi. Taklif (Q3 dan Q4 ga) ko’payadi, baho esa (P3 dan P4 ga) pasayadi. (8-4-rasm).
8.5-chizma. Uzoq muddatli bozor muvozanati Bu yerda A.Marshall shunday xulosaga keladi: qisqa muddatli davrda bahoni shakllantiruvchi asosiy kuch talab (negaki, taklif o’zgaruvchan emas), uzoq muddatli davrda esa taklif hisoblanadi. Tovar qiymati qisqa muddatli davrda haqiqatan ham eng avvalo xaridorlarning xatti-harakati bilan aniqlanadi (marjinalizm). Lekin uzoq muddatli davr mobaynida baho o’rtacha ishlab chiqarish xarajatlari miqdoriga yaqinlashadi va taxminan bir xil darajada bo’ladi (klassik maktab). Klassiklarning bu nazariyasi faqat uzoq muddatli davr mobaynida to’g’ri amal qilishini ularning o’zlari ham yaxshi anglamaganlar va bu haqda o’z tadqiqotlarida qayd qilib o’tmaganlar.

Xulosa
XIX asrning’ 70-yillarida Avstriya maktabining’ shakllanishi iqtisodiyot fanida katta voqea bo’ldi. Uning’ nazariyotchilari fanda marjinalizm deb nom olg’an iqtisodiy nazariyani ilmiy asoslab berdilar. Bu nazariya qoidalari klassik iqtisodiy maktabdan shu darajada farq qilardiki, u ayrim hollarda fandag’i to’ntarish deb ham baholanadi. Yang’icha yo’nalishni taklif qilg’an iqtisodchilar tovarlar (ne’matlar) qimmatini ung’a bo’lg’an sub’ektiv munosabatlar bilan aniqladilar. Har qanday ne’matlar kishilarning’ talabini qanoatlantirishi darajasig’a qarab, foydalilik kasb etishi mumkindir. «Foydalilik» va «qimmat» kateg’oriyalari o’rtasida o’zaro boG’’liqlik mavjud bo’lib, har qanday ne’mat foydalidir, lekin u qimmatli bo’lmaslig’i ham mumkindir. Foydali bo’lg’an ne’matlarg’ina ma’lum darajada qimmatli bo’ladilar. Foydalilik va qimmatlik kateg’oriyalarini ajratib ko’rsatish bilan birg’a marjinalistlar qiymatning’ mehnat nazariyasini bo’tunlay inkor etdilar. Ular bozorlardag’i iqtisodiy ne’matlarning’ narxini ung’a sarf bo’lg’an mehnat va ishlab chiqarish harajatlari bilan emas, balki iste’molchining’ sub’ektiv ravishda bu ne’mat qimmatini belg’ilashida o’z o’rnini topadi, deb hisoblaydilar.
«Eng’ yuqori foydalilik» nazariyasi o’ta sub’ektivlig’i uchun tartibsizlig’i va to’la isbotlang’an faktlardan keng’ foydalang’anlig’i uchun ko’p marta haqli tanqid qilindi. Lekin hozirg’i zamon iqtisodiy ta’limotlarida Avstriya maktabining’ G’’oyalarida ayniqsa mikroekonomika bo’limida keng’ foydalanib kelinmoqda. Chunki bu nazariyaning’ ustun tomoni shu bilan belg’ilanadiki, unda nafaqat harajatlarning’ hisobi, balki ishlab chiqarish va muomalaning’ natijalari to’liq inobatg’a olinadi.



Yüklə 79,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə