Mavzu: Media muhitda bola huquqlari



Yüklə 60,79 Kb.
səhifə2/3
tarix23.12.2023
ölçüsü60,79 Kb.
#156692
1   2   3
Temurova Jasmina



2. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Balog‘atga yetmagan bolalarga nisbatan qononlari

3. O’zbekistonda bola huquqlari

BMT Bosh Assambleyasining 1989 yil 20 noyabrdagi 44/25-qarori bilan qabul qilingan. 1990 yil 2 sentabrda 49-moddaga muvofiq kuchga kirgan
O‘zbekiston mazkur Konvensiyaga O‘zR Oliy Kengashining 1992 yil 9 dekabrdagi №757-XII Qaroriga muvofiq qo‘shildi. O‘zbekiston Respublikasi uchun 1994 yil 29 iyuldan kuchga kirdi Konvensiya ishtirokchi-davlatlari, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomida e’lon qilingan tamoyillariga muvofiq, jamiyat barcha a’zolarining o‘ziga xos bo‘lgan qadrqimmati, teng va ajralmas huquqlari yer yuzida erkinlik, adolat va tinchlikni ta’minlashning asosi ekanligi e’tirof etilganligini hisobga olib, Birlashgan Millatlar Tashkilotining xalqlari Nizomda insonning asosiy huquqlariga, inson shaxsining sha’ni va qadr-qimmatiga bo‘lgan o‘z ishonchlarini tasdiqlaganliklari hamda ijtimoiy taraqqiyot va turmush sharoitlarini yaxshilash borasida ko‘maklashishga ahd qilganliklarini e’tiborga olib,
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va inson huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro hujjatlarda har bir inson mazkur hujjatlarda ko‘rsatib qo‘yilgan huquq hamda erkinliklarga irqi, tana rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa e’tiqodlari, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy ahvoli, tug‘ilishi yoki boshqa holatlar bilan bog‘liq belgilariga ko‘ra har qanday tafovutdan qat’i nazar, ega bo‘lishini e’lon qilganligi va rozilik bildirganligini e’tirof etib,
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasiga bolalar alohida g‘amxo‘rlik va yordam huquqiga egadirlar, deb e’lon qilganligini eslatib,
Jamiyatning asosiy tashkiloti hisoblanmish oila va tibbiy muhitga uning barcha a’zolari, ayniqsa, bolalar o‘sib-ulg‘ayishlari va farovonlikka ega bo‘lishlari uchun jamiyat doirasidagi majburiyatlarni o‘z zimmasiga to‘liq oladigan bo‘lishiga erishish maqsadida zarur himoya va yordam bilan ta’minlanishi lozim ekanligiga ishonch hosil qilgan holda, bolaning shaxsi sog‘lom va har tomonlama uyg‘unlashgan holda kamoloti uchun u oila g‘amxo‘rligida, baxt, mehr-muhabbat va ongli tushunish vaziyatida o‘sishi zarurligini e’tirof etib, bola jamiyatda mustaqil hayotga to‘la tayyorlanishi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomida e’lon qilingan g‘oyalar ruhida, ayniqsa, tinchlik, qadr-qimmat, sabr-toqat, erkinlik, tenglik va birdamlik ruhida tarbiyalanishi lozimligini hisobga olib, bolani mana shunday alohida himoya qilish zarurligi 1924 yilgi Bola huquqlari Jeneva deklaratsiyasida va 1959 yil 20 noyabrda BMTning Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan Bola huquqlari deklaratsiyasida ko‘zda tutilganligini va Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risida xalqaro paktda (jumladan, 23 va 24-moddalarda), iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risida xalqaro paktda (jumladan, 10-modda), shuningdek, ixtisoslashgan muassasalar hamda bolalarning farovonligi masalalari bilan shug‘ullanuvchi xalqaro tashkilotlarning Nizomlari va tegishli hujjatlarida e’tirof etilganligini e’tiborga olib, bola huquqlari deklaratsiyasida ko‘rsatib o‘tilganidek, «bola, agar u jismoniy va aqliy jihatdan kamolotga yetmagan bo‘lsa, maxsus ravishda muhofaza va g‘amxo‘rlikka, binobarin, tug‘ilguncha va tug‘ilgandan keyin ham munosib darajadagi huquqiy himoyaga muhtoj» ekanligini e’tiborga olib, ijtimoiy va huquqiy tamoyillar to‘g‘risidagi deklaratsiyaning bolalar himoyasi va farovonligi, ayniqsa, bolalarni milliy va xalqaro darajalarda tarbiyalashga berish hamda asrab olish paytidagi himoyasi va farovonligiga doir qoidalariga, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Balog‘atga yetmagan bolalarga nisbatan odil sudlov yuritishga doir minimal standart qoidalari («Pekin qoidalari») va Favqulodda holatlarda va qurolli mojarolar davrida ayollar va bolalarni himoya qilish to‘g‘risida deklaratsiya qoidalariga tayanib, jahondagi barcha mamlakatlarda nihoyatda og‘ir sharoitlarda yashayotgan bolalar borligi hamda ular alohida e’tiborga muhtoj ekanliklarini e’tirof etib, bolaning himoya qilinishi va uyg‘un ravishda rivojlanishi uchun har bir xalqning an’analari va madaniy qadriyatlari muhim ahamiyat kasb etishini munosib tarzda hisobga olib, har bir mamlakatda, jumladan, rivojlanayotgan mamlakatlarda bolalarning turmush sharoitlarini yaxshilash uchun xalqaro hamkorlik qilishning muhimligini e’tirof etib, quyidagilar haqida kelishib oldilar:
1-modda: Ushbu Konvensiyaning maqsadlari uchun 18 yoshga to‘lmagan har bir inson zoti, agar bolaga nisbatan qo‘llaniladigan qonun bo‘yicha u ertaroq balog‘atga yetmagan bo‘lsa, bola hisoblanadi.
2-modda: 1. Ishtirokchi - davlatlar ushbu Konvensiyada o‘z ta’sir doirasida bo‘lgan har bir bola uchun ko‘zda tutilgan barcha huquqlarni, hech qanday kamsitishlarsiz, irqi, tana rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa e’tiqodlari, milliy, etnik yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy ahvoli, bolaning sog‘lig‘i va tug‘ilishi, uning ota-onasi yoki qonuniy vasiysi yoki biror-bir boshqa holatlardan qat’i nazar, hurmat qiladilar hamda shu huquqlarni ta’minlab beradilar.
2. Ishtirokchi-davlatlar bola, uning ota-onasi, qonuniy vasiysi yoki boshqa oila a’zolarining qarashlari yoki e’tiqodida o‘z ifodasini topadigan maqom, faoliyat asosida kamsitish yoki jazolashning barcha shakllaridan bolaning himoyasini ta’minlash uchun hamma zarur choralarni ko‘radilar.
3-modda: 1. Bolalarga nisbatan barcha xatti-harakatlarda, ular ijtimoiy ta’minot masalalari bilan shug‘ullanuvchi davlat yoki xususiy muassasalar, sudlar, ma’muriy yoki qonun chiqaruvchi organlar tomonidan sodir etiladimiyo‘qmi, bundan qat’i nazar, bolaning manfaatlari yaxshiroq ta’minlanishiga birinchi darajali e’tibor beriladi.
Ishtirokchi-davlatlar o‘z zimmasiga bolani uning farovonligi uchun zarur hisoblangan himoya va g‘amxo‘rlik bilan ta’minlash, bunda uning otaonasi, vasiysi yoki qonun bo‘yicha uning uchun javobgar sanalmish boshqa shaxslarning huquq va majburiyatlarini e’tiborda tutishni hisobga oladilar hamda ana shu maqsadda barcha qonuniy va ma’muriy chora-tadbirlarni ko‘radilar.
Ishtirokchi-davlatlar bolalar haqida g‘amxo‘rlik ko‘rsatish yoki ularni himoya qilish uchun mas’ul hisoblangan organlar, muassasalar va xizmatlar vakolatli organlar tomonidan belgilab qo‘yilgan me’yorlarga, xususan, xavfsizlik va sog‘liqni saqlash sohasida va ulardagi xodimlarning soni va ishga yaroqliligi, shuningdek, vakolatli nazorat olib borishi nuqtai nazaridan belgilangan me’yorlarga javob berishlarini ta’minlaydilar.
4-modda: Ishtirokchi-davlatlar ushbu Konvensiyada e’tirof etilgan huquqlarni amalga oshirish uchun barcha zarur qonuniy, ma’muriy va boshqa choralarni ko‘radilar. Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarga nisbatan ishtirokchi-davlatlar bunday choralarni o‘zlarida mavjud bo‘lgan imkoniyatlar doirasida, mumkin qadar yuqori darajada zarurat tug‘ilgan taqdirda esa xalqaro hamkorlik doirasida qabul qiladilar.
5-modda: Ishtirokchi-davlatlar ota-onaning va tegishli holatlarda kengaytirilgan oila a’zolari yoki mahalliy urf-odatlarda ko‘zda tutilganidek, jamoaning vasiylar yoki qonun bo‘yicha bola tarbiyasi uchun javobgar hisoblangan boshqa shaxslarning ushbu Konvensiyada e’tirof etilgan huquqlarni amalga oshirishda munosib darajada bolani boshqarish va unga rahbarlik qilish hamda bu ishni bolaning rivojlanib borayotgan qobiliyatlariga muvofiq holda bajarishdagi mas’uliyati, huquq va majburiyatlarini hurmat qiladilar.
6-modda: 1. Ishtirokchi-davlatlar har bir bola yashash uchun ajralmas huquqqa ega ekanligini e’tirof etadilar.
2.Ishtirokchi-davlatlar bolaning omon yashashi va sog‘lom rivojlanishi uchun mumkin qadar yuqori darajada imkoniyat yaratib beradilar.
BMTning “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi Konvensiyasida 18 yoshga to‘lmagan har bir inson zoti - bola hisoblanishi, bola uchun ishtirokchi davlatlar o‘z yurisdiksiyasi doirasida bo‘lgan har bir bola uchun ushbu Konvensiyada nazarda tutilgan barcha huquqlarni, hech qanday kamsitishlarsiz, irqi, tana rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa e’tiqodlari, milliy, etnik yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy ahvoli, bolaning sog‘lig‘i va tug‘ilishi, uning ota-onasi yoki qonuniy vasiylari yoki biror-bir boshqa holatlardan qat’i nazar, hurmat qilishi va adilar hamda ta’minlashi belgilab qo‘yilgan.
BMT Bosh Assambleyasining 1989 yil 20 noyabrdagi 44/25-qarori bilan qabul qilingan. 1990 yil 2 sentabrda 49-moddaga muvofiq kuchga kirgan
O‘zbekiston mazkur Konvensiyaga O‘zR Oliy Kengashining 1992 yil 9 dekabrdagi N 757-XII Qaroriga muvofiq qo‘shildi. O‘zbekiston Respublikasi uchun 1994 yil 29 iyuldan kuchga kirdi.

Mavzu:Media texnologiyalar kundalik hayotda

Reja:

1.Kompyuter grafikasi turlari.

2.Multimedia va grafik dasturiy ta’minotlar.

3.Turli sohalar bo`yicha grafik dasturiy vositalar

Yüklə 60,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə