Mavzu: Metod haqida tushuncha. Reja: Og`zaki metodlar Ko`rsatmali metodlar Dyeduktsiya metodi Og`zaki metodlar



Yüklə 26,59 Kb.
səhifə1/3
tarix19.12.2023
ölçüsü26,59 Kb.
#151034
  1   2   3
Metod haqida tushuncha


Mavzu: Metod haqida tushuncha.
Reja:

  1. Og`zaki metodlar

  2. Ko`rsatmali metodlar

  3. Dyeduktsiya metodi



1. Og`zaki metodlar - qisqa muddat ichida hajmi bo`yicha eng ko`p informatsiya berish, o`quvchilar oldida problemallar qo`yish, ularni hal qilish yo`llarini ko`rsatish imkonini beradi.
a) Tushuntirish metodi - bunda o`qituvchi materialni bayon qiladi, o`quvchilar esa bilimlarni tayyor holda qabul qiladilar. Materialni aniq tushunarli va qisqa bayon qilish kerak. M: 1 yoki 0 ga ko`paytirish hollarini tushunib olishga ko`paytirish haqidagi tarkib topgan bilimlari yyetarli bo`lmaydi. O`qituvchi bu bilimlarni tayyor holda berishi kerak. Tushuntirish metodida nazariy ma'lumotlar bilan tanishtirishda, o`quv qurollaridan foydalanish yo`l – yo`riqlar berishda foydalaniladi.
b) Suhbat - eng ko`p tarqalgan, yyetakchi o`qitish metodlaridan biri bo`lib, darsning turli bosqichlarida, har xil o`quv maqsadlarida qo`llanilishi mumkin. Suhbat – bu o`qitishning savol – javob metodidir, bunda o`qituvchi, maxsus tanlangan savollar sistemasi va ularga beriladigan javoblar yo`li bilan o`quvchilarni qo`yilgan ta'lim – tarbiyaviy vazifalarni hal qilishga olib keladi.
Suhbat metodidan ko`pincha matematik tushunchalar bilan tanishtirilayotganda qonuniyatlar tipidagi bilimlar (arifmetik amal xossalari, amal komponentalari va natijalari bog`liqligi) bilan tanishtirishda foydalanish tavsiya etiladi. Katexizik suhbat shunday savollar sistemasi asosida tuziladiki, bu savollar ilgari o`zlashtirilgan bilimlarni oddiygina qayta eslashni talab qiladi. Undan bilimlarni tekshirish va baholashda, yangi materialni mustahkamlash va takrorlashda foydalaniladi. Evristik suhbat (grekcha – topaman, ochaman) da tayyor bilimlar berilmaydi, balki qo`yilgan savollar orqali, o`quvchilarning oldingi o`zlashtirgan bilimlari asosida, kuzatishlari, tajribalari asosida yangi tushunchalarga, xulosa va qoidalarga kelishga olib keladi. M: «34-20 va 34-2» hollarni o`rganishda dastlab (50k8)-30, (40k5)-4 so`ngra 28k20k8…. Nimani yozdim? Shunday yozish mumkinmi? Savollar o`quvchilarning fikrlashini faollashtirishga, ularni voqyea – hodisalar va faktlarni taqqoslashga, solishtirishga, ularni ajratish yoki guruppalashga, ular orasidagi bog`lanishlarni izlashga majbur qilish kerak. M: Nega? Buni qanda tushunish kerak?
v) H i k o ya bilimlarni tushuntirish hikoya tarzida amalga oshirilishi mumkin. Bundan asosan matematika tarixining rivojlanishi haqidagi ma'lumotlarni berishda foydalaniladi.
g) O`quvchilarning kitob bilan ishlashlari. O`qish malakalarini egallashlariga qarab o`quvchilarni kitobda berilgan matnni mustaqil o`qishga jalb qilish zarur, ammo matematik matnni o`qish o`quvchilar uchun yangi va qiyin ishdir. O`quvchi darslikdan nimani o`qimasin, u tushungan yoki tushunmaganini tekshirish kerak.
Darsliklarda har xil mashqlardan oldin berilgan ko`rsatmalarni o`qishga e'tibor berish zarur. Rasmlar, chizmalar, sxyemalarni o`qish malakasi ham katta ahamiyatga ega. Bunday ishning yakuni rasm, chizma, og`zaki ifodalar, matematik yozuvlar yordamida yangi bilimlarni mustaqil egallash uchun darslik ochib beradigan imkoniyatlarning hammasidan foydalanishdan iborat bo`lishi kerak.

Yüklə 26,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə