Mavzu: Metod haqida tushuncha. Reja: Og`zaki metodlar Ko`rsatmali metodlar Dyeduktsiya metodi Og`zaki metodlar



Yüklə 26,59 Kb.
səhifə2/3
tarix19.12.2023
ölçüsü26,59 Kb.
#151034
1   2   3
Metod haqida tushuncha

2.Ko`rsatmali metodlar. O`qitishning ko`rsatmali metodlari – o`quvchilarga kuzatishlar asosida bilimlar olish imkonini beradi. Kuzatish hissiy tafakkurning faol formasidir, bundan o`qitishda keng foydalaniladi. Atrof – borliqdagi predmet va hodisalar, ularning turli – tuman modellari, (har xil tipdagi ko`rsatma - qo`llanmalar) kuzatish ob'yektlari hisoblanadi. O`qitishning ko`rsatmali va og`zaki metodlari o`zaro chambarchas bog`liqdir. Ko`rsatma - qo`llanmalarni namoyish qilishni har doim o`quvchilar va o`qituvchilarning tushuntirishlari bilan birgalikda olib boriladi va uning tadqiqotlarda aniqlanishicha 4 ta asosiy shakl mavjud.
1. O`qituvchi o`quvchilarning kuzatishlarini boshqaradi;
2. Og`zaki tushuntirish uning yordamida ob'yektning bevosita ko`rinmaydigan tomonlari haqida ma'lumotlar beriladi.
3. Ko`rsatma - qo`llanmalar – og`zaki tushuntirishlarni tasdiqlaydi va aniqlashtiruvchi illyustratsiya bo`ladi.
4. O`qituvchi o`quvchilarning kuzatishlarini umumlashtiradi va umumiy
xulosa chiqaradi.
2. Amaliy metodlar. Malaka va ko`nikmalarni shakllantirish va mukammalashtirish jarayoni bilan bog`liq bo`lgan metodlar o`qitishning amaliy metodlari hisoblanadi.
Xususan, bunday metodlarga yozma va og`zaki mashqlar, amaliy va laboratoriya ishlari, mustaqil ishlarning ba'zi turlari kiradi. Mashqlar asosan mustahkamlash va bilimlarni tatbiq qilish, malaka va ko`nikmalarni shakllantirish vazifasini bajaradi. Mashq deb, biror amalni o`zlashtirish yoki mustahkamlash maqsadida rejali ravishda tashkil qilingan takroriy bajarishga aytiladi. Mashqlar tayyorlash, mashq qildirish, ijodiy kabi turlarga bo`linadi. Hozirgi vaqtda o`quvchilar tafakkurini rivojlantirish ishida ijodiy mashqlarga keng o`rin berilgan. Ijodiy xarakterdagi mashqlarga masalan, masala va misollarni turli usullar bilan yyechish, ifoda bo`yicha masala tuzish, problema xarakterdagi masalalarni yyechish mashqlari va boshqalar kiradi.
Miqdorlar va ularning o`lchanishi bilan tanishtirishda amaliy va laboratoriya ishlaridan keng foydalaniladi. Amaliy va laboratoriya ishlarini o`tkazish o`quvchilarning bilim va ko`nikmalarini faol egallashlariga imkon beradi, mustaqil hukm chiqarish va xulosalar qilishga oid elementar tadqiqotchilik ko`nikmalarini rivojlantiradi, o`quvchilar tasavvurini boyitadi va ularning bilim doiralarini kengaytiradi.
Keyingi yillarda dasturlarda gyeometrik materiallarning ko`payishi munosabati bilan amaliy ishlarning ham salmog`i ortdi. Gyeometrik figuralarni tayyorlash, ularni chizish, qirqish, qog`oz varag`ini buklash yo`li bilan to`g`ri burchak hosil qilish va modellashtirish, atrofdagi narsalardan va chizmalardan ma'lum figuralarni tanlash, o`quvchilarda eng ko`p ishlatiladigan o`lchash asboblari bilash ishlash malakasini shakllantirishga yo`naltirilgan maxsus mashqlar bajarish ishlari sistematik amalga oshiriladi. O`quvchilar o`zlarining shaxsiy amaliy ishlari asosida qaralayotgan figuralarning ba'zi xossalari bilan tanishishlari, olingan bilimlarni amaliy masalalarni hal qilishda ishlatishni o`rganib olishlari kerak.
2) Induktsiya, deduktsiya, analogiya.
Bu uchta metod yangi bilimlarni egallashning har bir holi asosida yotuvchi xulosalarning xususiyatlariga qarab bir – biridan farq qiladi.
Induktsiya metodi bilishning shunday yo`liki, bunda o`qituvchining fikri birlikdan umumiylikka, xususiy xulosalardan umumiy xulosalarga boradi. Bu metoddan foydalanib biror qonuniyatni yechish yoki qoidani chiqarish uchun o`qituvchi misollar, masalalar, ko`rsatmali materiallarni puxtalik bilan tanlaydi. M: 1 – sinf o`quvchilariga yig`indi bilan qo`shiluvchi orasidagi bog`lanishni tushuntirish uchun o`quvchilarni xulosaga induktiv yo`l bilan olib kelamiz. 4k3k7, 7-4k3, 7-3k4. kabi bir qator mashqlar bajarilgandan keyin o`quvchilar quyidagicha umumiy xulosani ifodalaydilar. Agar yig`indidan birinchi qo`shiluvchi ayrilsa, ikkinchi qo`shiluvchi qoladi, agar yig`indidan ikkinchi qo`shiluvchi ayrilsa, birinchi qo`shiluvchi qoladi.

Yüklə 26,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə