Mavzu: Moliyaviy hisobotning milliy standartlari haqida asosiy tushuncha



Yüklə 2,84 Mb.
səhifə1/3
tarix11.10.2023
ölçüsü2,84 Mb.
#126919
  1   2   3
BHMS


DESTINY FREEDOM
Mavzu: Moliyaviy hisobotning milliy standartlari haqida asosiy tushuncha
一••••一
Moliyaviy hisobotning milliy standarti (MHMS) "Buxgalteriya hisobi togrisida"gi O'zbekiston Respublikasining Qonuniga asosan ishlab chiqilgan va Oʻzbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini me'yoriy - huquqiy tartibga solish elementi boʻlib hisoblanadi.
Mazkur MHMS byudjet tashkilotlari va to'liq moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini qoʻllaydigan tashkilotlarning moliyaviy hisobotini tuzish tartibiga nisbatan qoʻllanilmaydi.
Mazkur MHMSning maqsadi:
Moliyaviy hisobot tuzuvchilarga buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotlarni tayyorlashning asosiy tushunchalari, tamoyillari, qoidalari va tartiblaridan foydalangan holda muayyan operatsiyalar yoki boshqa hodisalar uchun izchil hisob siyosatini ishlab chiqishda.
Moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarga moliyaviy hisobotda qamrab olingan maʼlumotni tushunishda yordam berish.
Mazkur MHMS foydalanuvchilarga tashkilotning moliyaviy holati, moliyaviy natijalari va pul oqimlari to'g'risidagi maʼlumotlarni bilish uchun yordam beradi. Umumiy maqsaddagi moliyaviy hisobotning maqsadi soliq solinadigan foyda boʻyicha hisobot maqsadlaridan farq qiladi. Shuning uchun, mazkur MHMSga muvofiq tuzilgan moliyaviy hisobotlar O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida talab qilinadigan barcha baholashlarga toʻliq mos kelmasligi mumkin.
Mazkur MHMS "Buxgalteriya hisobi to'g'risida"gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunida belgilangan hisobot beruvchi barcha tashkilotlar tomonidan qoʻllanilishi lozim.
A L L
O R
N O T H I N G
N O W
O R
N E V E R
Moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar quyidagilar:
1. tashkilotning boshqaruvida ishtirok etmaydigan mulkdorlar;
2. tashkilotga kreditlar beradigan banklar;
3. yetkazib beruvchilar;
4. hamkorlikda faoliyatni davom ettirish yoki toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun uning moliyaviy hisobotidan foydalanuvchilar;
5. tashkilotning moliyaviy hisobotidan foydalanib tashkilotni baholaydigan kredit-reyting yoki boshqa tashkilotlar.
Tashkilotning umumiy maqsaddagi moliyaviy hisobotining maqsadi mavjud va potensial investorlar, qarz beruvchilar va boshqa kreditorlarga mazkur tashkilotni resurslar bilan taʼminlash to'g'risida qarorlar qabul qilishda foydali bo'ladigan hisobot beruvchi tashkilot to'g'risidagi moliyaviy maʼlumotni taqdim etishdan iboratdir.
Bunday maʼlumot quyidagilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi: tashkilotning iqtisodiy resurslari, tashkilotining resurslariga nisbatan talab qilish huquqlari va ushbu resurslar va talab qilish huquqlaridagi oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; tashkilotning rahbariyati tashkilotning iqtisodiy resurslardan foydalanish bo'yicha o'z javobgarliklarini qanchalik oqilona va samarali bajarganliklari to'g'risidagi ma'lumot.

Yüklə 2,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə