Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti



Yüklə 384,47 Kb.
səhifə1/3
tarix07.11.2023
ölçüsü384,47 Kb.
#132626
  1   2   3
№2 Mavzu...

OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI

Ma’ruza № 3

Mavzu: Elektr energiyani tejashda quyosh suv chuchitgich qurilmalarning o‘rni va texnikaviy xarakteristikalarini taxlil qilish.

Toshkent- 2022

Reja:

  • 1. Mavzuning dolzarbligi
  • 2. Quyosh suv chuchitgichlari yaratishda qo‘yilgan talablar
  • 3. Parnikli quyosh suv chuchitgichlarining konstruktsiyalari va ularning texnik ko‘rsatkichlari

1. Mavzuning dolzarbligi

  • O‘zbekiston gaz zahiralarining miqdori bo`yicha dunyoda yetakchi o‘rinlarda turishiga qaramasdan, bu gaz zahiralaridan tejab oqilona foydalanmaslik Respublikamizning energetik ta’minlanganligiga zarar yetkazishi tabiiy.
  • Markaziy Osiyo mamlakatlarida toza ichimlik suviga talab nihoyatda yuqori bo`lganligi tufayli olimlar tomonidan sho`r suvlarni chuchiltirishda turli tеxnologiyalarni qo`llashlari bo`yicha bir qator ilmiy va amaliy ishlar tadqiqot qilinmoqda.

Yer yuzasining 70% ni suv tashkil etsa, undan 2,5% chuchuk suv qolgan 97,5% dengiz suvi hisoblanadi. Suvni sho‘rsizlantirish uchun asosan 2 ta usuldan foydalaniladi: yarimo‘tkazmaydigan membranadan foydalanib ishlaydigan membranali va fazoviy o‘tishdan foydalaniladigan distilyasiya usulidir. Qurilmada suvni tozalash jarayonlarida bevosita ishtirok etmaydigan (elektr energiya talab qilinmaydigan) jarayonlarda ham energiya chiqimlari ikkinchi darajali bo‘lib, suvni haydash, elektromagnit klapan boshqarishga sarflanishi mumkin.
Hozirgi vaqtda 1,2 mlrd. yaqin insonlar doimiy suv tanqisligi sharoitida yashaydilar. Sayyoraning uchdan bir qismi shunday hududlarda istiqomat qiladilarki, bu mamlakatlarda mo‘tadil yoki ichimlik suviga bo‘lgan kuchli talab mavjud. 90 – yillar o‘rtalaridan boshlab 80 ga yaqin davlatlar yoki dunyo aholisining 40% yaqin qismi ichimlik suvi yetishmovchiligidan ozor chekadilar. Sayyoraning beshdan bir qismi aholisi esa ichimlik suvi manbalaridan foydalanishga imkoniyat yo‘q, ular suvni hech qanday tozalashmasdan iste’mol qiladilar.
Ayrim izlanishlarda suvni tozalash issiqlik nasosidan olinadigan energiya hisobiga amalga oshiriladi. Bu tizimining kamchiligi shundan iboratki, qurilmani o‘rnatish, sozlash va montaj ishlari vaqtida mutaxassislarning bo‘lish zaruriyati, katta chiqimlar, ko‘p vaqt, uni ko‘chirish uchun imkoniyat yo‘qligi hisoblanadi.

Yüklə 384,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə