Mavzu: ms access dasturida so‘rovlar yaratish. Microsoft Access 2010 da berilgan ma’lumotlar qidirish va saralash


-mashq. O‘quvchilarning ismi yordamida qidiruvchi forma oynasini yarating. Bajarish



Yüklə 2,52 Mb.
səhifə2/2
tarix10.10.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#126518
1   2
Amaliy 5

2-mashq. O‘quvchilarning ismi yordamida qidiruvchi forma oynasini yarating.
Bajarish. Ushbu mashqni bajarish uchun yuqorida 1-masalada keltirilgan, ya’ni, manzili bo‘yicha qidiruvchi dasturning yaratish ketma-ketligini o‘quvchini ismi bo‘yicha qidiruvchi dastur yaratib olamiz va uni “Ismi yordamida qidirish” nomi bilan kompyuter xotirasiga saqlaymiz. Saqlangan jadvalni belgilaymiz va menyular satridan Конструктор форма bo‘limini tanlaymiz. Конструктор bo‘limidan Кнопкa buyrug‘ini tanlaymiz va uni forma oynasiga joylashtiramiz. Natijada, quyidagi forma oynasi hosil bo‘ladi:

Hosil bo‘lgan birinchi oynadagi Разнос buyrug‘i tanlanib, ikkinchi oynadan Выполнить запрос buyrug‘ini belgilab, Далее tugmasi bosiladi. Oynaning Текст qatoriga “Qidirish” jumlasi kiritiladi va Далее tugmasini bosish yordamida navbatdagi oynaga o‘tiladi:

Oynadagi Понятное имя упращает дальнейшие ссылки на нее qatoriga “Qidirish” jumlasi kiritilib, Готов tugmasi bosiladi:

Hosil bo‘lgan dasturni ishga tushirish uchun Режим bo‘limidan Режим формы bandini tanlash bilan yaratilgan dastur ishchi holatga o‘tadi. Bundan oynadagi “Qidirish” tugmasini bosish orqali jadvaldagi kerakli o‘quvchining ismini yozib, OK tugmasi bosiladi:

Natijada, quyidagi ko‘rinishda, ushbu Ali ismli o‘quvchi to‘g‘risida ma’lumotlar ekranda aks etadi:

Agar forma oynasiga qo‘shimcha o‘zgartirish kiritish kerak bo‘lsa, uni Режим bo‘limidan Конструктор bandi tanlash orqali amalga oshirish mumkin.
3-mashq. Ma’lumotlar bazasida ma’lumotlar saralansin.
Bajarish. Ushbu mashqda ma’lumotlarni saralashni uch xil usulini ko‘rib chiqamiz:
1. Ma’lumotlarni manzili bo‘yicha saralash;
2. Ma’lumotlarni yil bo‘yicha saralash;
3.Ma’lumotlarni umumiy saralash.
1. Ma’lumotlarni manzili bo‘yicha saralash.
Access 2010 ni yuklab, Файл-Создать-Новая база данных bo‘limi tanlanadi. Hosil bo‘lgan oynadan Режим-Конструктор tanlanib, jadvalga nom berib, OK tugmasi bosiladi (Masalan: 3-A IO‘M TALABALARI). Bundan so‘ng, Конструктор bo‘limidagi Ключевое поле qatoriga sichqoncha tugmasi bir marta bosiladi (Oynadagi kalit belgisi yo‘qoladi). Oynadagi Имя поля bo‘limiga jadvalga ustunlar nomi kiritiladi. Har bir nomning turi Тип данных bo‘limidan sozlanadi. Natijada, quyidagi oyna hosil bo‘ladi:

Oynadagi X belgisi bosiladi. Bunda jadvalning maketini saqlash uchun ruxsat so‘raladi. Undan Да tugmasi bosiladi:

Oynadagi “3-A IO”M TALABALARI” nomli jadvali ustiga sichqonchaning chap tugmasini ikki marta bosiladi va hosil bo‘lgan quyidagi oynaga ma’lumotlar kiritiladi:

Menyular bo‘limidan Создание-Мастер форм bo‘limi tanlanib, quyidagi oynada ko‘rsatilgan belgi bosiladi:

Oynaning Доступные поля bo‘limidagi so‘zlarni “>>” belgisi orqali Выбранные поля oynasiga o‘tkazilib, Далее tugmasi bosiladi.
Hosil bo‘lgan oynadan jadval ko‘rinishi sozlanadi. Buning uchun Ленточный tugmasi belgilanadi va Далее tugmasi bosilib, navbatdagi oynadan Готово tugmasi bosiladi. Natijada, quyidagi oyna hosil bo‘ladi:

Oynaning Режим-Конструктор bo‘limi tanlanib, jadval ko‘rinishi sozlanadi. Jadvalga menyular satrida joylashgan Конструктор bo‘limidan Поле со списком tugmasi yaratiladi. Tugma ishchi oynaga joylashtirilgandan so‘ng, Отмена tugmasi bosiladi:

Tugmaning jadvaldagi nom “Manzili” nomiga o‘zgartiriladi. Buning uchun tugmaning Свободный nomli qismiga sichqonchaning chap tugmasi bilan belgilanib, klaviaturadan F4 tugmasi bosiladi.

Bundan, menyular satrida joylashgan Конструктор bo‘liming Страница свойств bandi hosil qilinib, undan tugmaning Свободный nomli qismi uchun Страница свойств ro‘yxatining bo‘limlari sozlanadi:

Oynadagi Имя qatoriga “Shahar” jumlasi kiritiladi:

Yuqoridagi amallar bajarilgandan so‘ng, oynadagi Источник строк qatoridagi “…” belgi bosiladi:

Hosil bo‘lgan Добавление таблицы oynasidagi “3-A IO”M TALABALARI” nomli yozuv ustiga sichqonchaning chap tugmasini ikki marta bosiladi va quyidagi oyna hosil bo‘ladi:

Oynadagi Режим bandi tanlanib, dasturning ishlash holati tekshiriladi. Agar yuqorida qayd etilgan amallar to‘g‘ri bajarilgan bo‘lsa, u holda oynadagi barcha manzil ro‘yxati chiqadi:

Oynadagi Режим bandi qayta tanlanib, hosil bo‘lgan oynaning bo‘sh joyiga sichqonchaning chap tugmasini bir marta bosiladi. Natijada, Окно свойств ro‘yxati avtomatik ravishda hosil bo‘ladi. Ro‘yxatning Уникальные значения qatoridagi Нет so‘zi Да so‘ziga o‘zgartiriladi:

Muzkur oynadagi Режим bandi qayta bosiladi. Natijada, har bir manzilning bittadan keltirilgan ro‘yxat chiqadi:

Ushbu oynadagi Режим tugmasini qayta bosilib, uning pastki qismida Сортировка: по возрастанию bandi tanlanib, jadval sozlanib, X belgisi bosilib, amallar saqlanadi (Да tugmasi bosiladi). Bundan so‘ng, oynadagi Режим bandi bosilib, ishchi oyna tekshiriladi:

Bu holatda dastur to‘liq ishlamaydi. Dasturni to‘liq ishlashi uchun makroslar yaratish lozim. Ushbu mashqni keying mavzuda ko‘rib chiqamiz.


SAVOL VA TOPSHIRIQLAR


1. Запрос obyekti yordamida necha xil so‘rovnoma tayyorlash mumkin?
2. Talabalarning berilgan ma’lumotlar bazasidan ma’lumotlarni telefon raqami orqali qidiruvchi amaliy dastur hosil qiling.
3. Talabalarning berilgan ma’lumotlar bazasidan ma’lumotlarni ismi orqali qidiruvchi forma oynasini hosil qiling.


Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə