Mavzu: Mudirа faoliyati va boshqaruvi



Yüklə 365,39 Kb.
səhifə1/8
tarix05.04.2023
ölçüsü365,39 Kb.
#104257
  1   2   3   4   5   6   7   8
Mudirа faoliyati va boshqaruvi


Mavzu: Mudirа faoliyati va boshqaruvi

Reja:




  1. Maktabgacha ta’limni taraqqiyoti

  1. Maktabgacha ta’lim taraqqiyotida boshqaruvning о‘ziga xos xususiyatlari

  1. Maktabgacha ta’limni boshqarishning maqsad va vazifalari

  1. Maktabgacha ta’limni taraqqiyoti

1891-1903 yillar davomida mablag‘ yo‘qligi sababli bog’cha bir necha marta yopilgan. Ta’lim-tarbiyaga oid ilg‘or g‘oyalarning ta’siri ostida Toshkentda 1903 yil fevral oyida “Oilaviy ta’lim-tarbiyaviy to‘garagi” tashkil qilindi. To‘garak harbiy Ministr va Xalq maorifi tomonidan tasdiqlangan Ustav asosida ish boshladi. U o‘z oldiga quyidagi vazifalarni:
1. Bolalarga ta’lim-tarbiya berish usullarini rivojlantirish va takomillashtirishda yordam berish;

  1. Pedagoglar bilan ota-onalarni va bolalar tarbiyasi ishini boshqaradigan kishilarni(oila, maktab va bolalar bog‘chasining yagona tarbiyaviy ta’sir etishini belgilash maqsadida) bir-birlariga yaqinlashtirishni qo‘yadi.

Bu to‘garakda maktabgacha seksiyasi ham faoliyat ko‘rsatgan. Ta’lim-tarbiya to‘garagi yuzaga kelgunga qadar bolalar bog‘chasining tarbiyaviy ishida muayyan pedagogik tizim yo‘q edi, shu sababli to‘garak a’zolari bolalar tarbiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni muhokama qilishar edi.
Bolalar birinchi marta 4-yoshdan 6-yoshgacha va 6-10 yoshgacha bo‘lgan ikki xil yosh guruhlariga bo‘lindi. Mashg‘ulotlar, o‘yin va ko‘ngil ochishlar programmasi belgilab qo‘yildi. Harakatli o‘yilar, xor bo‘lib aytiladigan ashula, o‘qish, rasm chizish, loy va plastilindan narsalar yasash, gimnastika mashqlarini reglamentga soladigan jadval tuzildi. Ota-onalarning talabi bilan fransuz va nemis tillari o‘rgatilgan, bu ishlarni mutaxassislar tomonidan tekin amalga oshirilgan.
Imtiyozli sinflarning bolalari uchun 1891yilda “Bog‘dorchilik” jamiyati tomonidan
Toshkent istirohat bog‘ida maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar uchun “Bolalar maydonchasi xilida” birinchi bolalar bog‘chalari ochildi. Bolalar bog‘chasi istirohat bog‘i maydonidan sersoya joy ajratib berildi. Maydonchada arg‘imchoq, qayiqlar, katta arg‘imchoq(ustunga osilgan) o‘rnatildi va xilma-xil o‘yinchoqlar tayyorlandi. Maydonchada gulzor katta o‘rinni egallab, bolalar o‘zlari o‘simliklarni parvarish qilishardi.
Sirdaryo, Samarqand, Toshkent shag‘rida bolalar bog‘chalari kabi ayrim bog‘chalar yuzaga keldi. 1909-1910 yillarda va keyinchalik xususiy bog‘chalar paydo bo‘ldi: bu bog‘chalarda 6-yoshdan boshlab bolalarni asosan gimnaziyaga o‘qishga tayyorlanar edi. Bunday bolalar bog‘chalari xususiy uylarda ochilar va tamomila ota-onalar ta’minotida bo‘lgan. Ma’lumotga ega bo‘lgan va chet tillarini biladigan o‘qimishli xonimlar tarbiyachi edilar. Ammo mazkur bolalar bog‘chalari faqat badavlat ota-onalarning ehtiyojini qondirgan edi. Davlat tomonidan ijtimoiy bolalar bog‘chalari faqat 1917 yildan keyingina yalpi tarzda tashkil etildi.
Ijtimoiy maktabgacha ta’lim - bu Davlat tomonidan tashkil etiladigan Davlat muassasalari bo‘lib, unda maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ta’lim va tarbiya beriladi. Ijtimoiy maktabgacha ta’limning vujudga kelishi asosan 1917-1918 yillardan keyingi davrlarga to‘g‘ri keladi. Bunda xalq komissarligining maktabgacha tarbiya bo‘yicha 1917 yil 20 noyabrdagi deklaratsiyasi «Bolalar himoyasi Sovetining tuzilishi mamlakatda Davlat tomonidan maktabgacha tarbiya muassasasalarini ko‘plab ochilishi maktabgacha tarbiya bo‘yicha xodimlarni tayyorlash vazifalarini qo‘yadi. Xotin-qizlarni mamlakatimizning xo‘jalik va siyosiy hayotiga etish ishlari bolalar bog‘chalari tarmoqlarini kengaytirish va qishloqda dastlabki bolalar bog‘chalarini tashkil etishda qadam qo‘ydi. 1918 yilda Turkiston Xalq komissarligi qoshida maktabgacha tarbiya bo‘limi tashkil etiladi. Bu bo‘limning vazifasi joylarda katta tashkiliy ishlarni – bolalar bog‘chalari uchun joy qidirish va ularni kerakli jihozlar bilan ta’minlash, tarbiyachilar tanlash va ota-ona o‘rtasida pedagogik tashviqot qilishdan iborat edi.
1919 yilda qabul qilingan Davlat dasturlarida xalq maorifi sohasida: Ijtimoiy tarbiyani yaxshilash va xotin-qizlarni ozod qilish maqsadida maktabgacha tarbiya muassasalari tarmoqlarini vujudga keltirish haqida fikr yuritildi. Davlatning bu umumuiy siyosiy yo‘li asosida Turkiston ASSR Maorifi Xalq Komissarligi oldida davlat maktabgacha tarbiya muassasalari tarmoqlarini vujudga keltirish, metodik ko‘rsatmalar ishlab chiqish, kadrlar tayyorlash va boshqa ma’suliyatli vazifalar paydo bo‘ldi. Turkistonda dastlabki davlat bolalar bog‘chalari 1918 yilning ikkinchi yarmida tashkil etila boshlandi. 1918 yil 20 oktyabrda Turkiston Maorifi Xalq Komissarligi qoshida Respublikadagi maktabgacha tarbiya sohasida barcha tadbirlarni amalga oshirish uchun ma’muriy organ sifatida maktabgacha tarbiya bo‘limi tashkil qilindi. Xuddi shu yilda viloyat xalq maorifi bo‘limlarining qoshida maktabgacha tarbiya kichik bo‘limlari tashkil qilingan. Bu tadbir Respublikada maktabgacha tarbiyaning jonlaniga yordam berdi. Maktabgcha tarbiya bo‘limlarining faoliyati uch asosiy yo‘nalishda:

  1. Bolalar bog‘chalarini ochish, ularni binolar, mebel va jihozlar bilan ta’minlash;

  2. Maktabgacha tarbiya xodimlari, shu jumladan maxalliy, milliy vakillaridan kadrlar tayyorlash;

  3. Ota-onalar o‘rtasida tashviqot tushuntirish ishlarini olib borishdan iborat edi.

Birinchi bog‘cha – Shayxontoxur dahasida Hasanova - mudiri: Mahsuma Qoriyeva va Robiya Abdurashidova tarbiyachi bo‘lib faoliyat ko‘rsatgan.
Ikkinchi bog‘cha - Xo‘ja ko‘chasida Anvar Yausheva mudiri bo‘lgan.
Uchinchi bog‘cha - Ko‘kcha dahasidagi Langar ko‘chada ochilgan.
To‘rtinchi bog‘cha - Beshyog‘och dahasida ochilgan bo‘lib, bunda tarbiyachi Qodirxonov mudirlik qilar edi.
Maktabgacha ta’lim tizimi bo‘yicha asosiy ish hujjatlari bu - 1937 yil 3-mayda qabul qilingan. Bolalar bog‘chalari to‘g‘risidagi qaroridan, «Qaramog‘ida bolalar bog‘chalari bo‘lgan xo‘jalik tashkilotlari va muassasalari zimmasiga tegishli ittifoqdosh respublikalarning sog‘liqni saqlash va maorif xalq komissarliklari tomonidai bolalar bog‘chalarini sanitariya qoidalari, binolarning katta-kichikligi, jihozlar, ko‘rsatmali qo‘llashmalar, bolalarni ovqatlantirish va ularga meditsina xizmati ko‘rsatishga muvofiq qilib qurish va saqlash yuzasidan belgilangan normalarga rioya qilish vazifasi yuklansin» - deyiladi.
1944 yil 9 yanvar Xalq Komissarlari Sovetining «Bolalar bog‘chalari tarmoqlarini kengaytirish va ularning ishini yaxshilash tadbirlari to‘g‘risidagi» qororida: Mahalliy ijroiya komissarlariga xalq komissarliklari va boshqarmalarning bolalar bog‘chalarida bo‘sh o‘rinlar bo‘lsa, shu bo‘sh o‘rnilardan 20% gacha bo‘lgan qismini shu korxonada ishlamasa ham, yaqin shy korxonalarning bolalar bog‘chasiga yaqin joyda turadigan ota-onalarning bolalari bilan to‘ldirish huquqi berilsin. Bolalarni bolalar bog‘chalariga yuborish xalq maorifi bo‘limlari tomonidan rasmiylashtiriladi».

Yüklə 365,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə