1.22-rasm. Oʻzgarmas tok va kuchlanish manbalari
Oʻzgarmas kuchlanish manbasi VCC (1.22-rasm, a) raqamli sxemalarga +5V
kuchlanish (mantiqiy 1) berish uchun ishlatiladi. Batareyadan (1.22-rasm, b) raqamli
va analog sxemalarni ta’minlash uchun foydalaniladi. Oʻzgarmas tok manbasi 1.22-
rasm, v da koʻrsatilgan.
Oʻzgaruvchan kuchlanish va tok manbalari
elektron
sxemalarning kirish
signallari sifatida ishlatiladi (1.23-rasm).
1.23-rasm. Oʻzgaruvchan kuchlanish va tok manbalari
Oʻzgaruvchan kuchlanish manbasida (2.23-rasm, a) kuchlanishning effektiv
qiymati, fazasi va chastotasi beriladi. Oʻzgaruvchan tok manbasida (1.23 - rasm, b)
tokning effektiv qiymati, fazasi va chastotasi oʻrnatiladi. Toʻgʻri burchakli impulslar
manbasida (1.23-rasm, v) impulsning amplitudasi, chastotasi va toʻldirish
koeffitsienti koʻrsatiladi. Toʻldirish
koeffitsienti
%
100
T
i
ga teng, bu yerda
i
-
kirish impulsining davomiyligi, T – tebranishlar davri. Toʻldirish koeffitsienti
element xossalar oynasining Duty Cycle satrida koʻrsatiladi.
Funktsional generator (1.23-rasm, g) Instruments
panelida joylashgan, ikkita
qarama-qarshi fazali
chiqishga ega va sinusoidal, uch burchak, toʻgʻri
burchak
shakldagi signallarni hosil qilishi mumkin.
Multisim dasturida qator oʻlchov asboblari mavjud.
Voltmetr
DC rejimida oʻzgarmas va AS rejimida oʻzgaruvchan kuchlanishni
oʻlchaydi. Chiqishidagi qalinroq chiziq manfiy potentsialga mos.
Ampermetr
ham
AC va DC rejimlariga ega.
Raqamli indikator oʻnli-ikkili hisoblagichning chiqishlariga ulanadi. CHap
tomondagi chiqishi yuqori razryadga mos keladi.
Dostları ilə paylaş: