Mavzu: musiqa o‘qitish nazariyasi metodikasi kursi reja



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə1/2
tarix11.12.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#147363
  1   2
M1-MUSIQA O\'QITISH NAZARIYASI VA METODIKASI KURSI


MAVZU: MUSIQA O‘QITISH NAZARIYASI METODIKASI KURSI
REJA:

  1. Musiqa o‘qitish metodikasi, nazariyasi pedagogik fan sifatidagi ahamiyati.

  2. Musiqa o`qitish metodikasi, nazariyasi fanini kelib chiqish tarixi.

  3. Musiqa o`qitish metodikasi, nazariyasi kursini asosiy maqsad va vazifalari.

  4. Musiqa o`qitish metodikasi, nazariyasi fanini boshqa fanlar bilan aloqasi.


Mustaqilligimizniing poydevorini mustahkamlashda O`zbekistonning buyuk davlatga aylanishida ta`lim-tarbiya ishlarini to`g`ri yo`lga qo`yilishi dolzarb vazifalardan biri bo`lib hisoblanadi. Chunki ilm-fan , madaniyat va ma`naviyat har qanday mamlakat va xalqni yuksaklikka ko`taradi, uning taraqqiyotini ta`minlaydi, kelajagini oldindan ko`rsatib beradi.


“Musiqa o`qitish metodikasi” fani pedagogika fani sifatida , tajribada sinalgan ishlarni barcha qismlarini umumlashtirib , amaliyotda samarali natijalar bergan musiqa o`qitish metodlarini taqdim etadi.
Metodika asosan,pedagogika, psixologiya, estetika va san’atshunoslikning tadqiqot natijalariga asoslanadi. U musiqao’qitishning qonun qoidalarini ta’riflab, kelajakda yosh avlodga ta’lim –tarbiya berishda qo’llanadigan zamonaviy texnalogiyalar va metidlarni belgilab beradi. Medodika fani, ta’lim-tarbiya jarayonida o’qituvchining o’quvchilar bilan ishlash uslublari mazmunini anglatadi.
“Musiqa o’qitish metodikasi“ fani birdaniga shakillangan fan emas, balki o’z tarixiy, tarqqiyot yo’liga ege bo’lgan fan. O’zbekistonda metodika fani shakillanishga buyuk mutafakkirlar,olimlar,ilg’or tajribali o’qituvchilar, metodistlar, mahalliy olimlarning tadqiqot ishlari,izlanishlari, tajriba-sinov ishlari, risolalari, fikirlari, o’quv dasturlari va darsliklarini yaratib o’z hissalarini qo’shganlar.
“Musiqa o’qitish metodikasi “ kursining fan sifatida maqsadi talabalarni bo’lajak musiqa o’qituvchisi amaliy faoliyatiga tayyorlash, ularni metodik bilim va mahorat bilan qurollantirish. Bu maqsadga erishish uchun amaliy mashg’ulotlar mobaynida uzoq ijodiy mehnat talab etiladi.
“Metodika” so’zi grekcha so’z bo’lib, “tadqiqot yo’li “, “bilish usuli” degan ma’noni anglatadi. Musiqa o’qitish metodlari deganda, maktab o’quvchilarining bilim, ko’nikma va malakalarini tarkib toptirishda qo’llagan ish uslublari tushuniladi.
“Musiqa o’qitish metodikasi, nazariyasi va maktab repetuari” fani umumkasbiy fan hisoblanib, pedagogika, psixolgiya, maktab repertuari repertuari pepertuari praktikumi, nutq madaniyati, musiqa tarixi, yakka kuylash, dirijyorlik, musiqa asbobi, xor musiqa nazariyasi, bolalar adabiyoti, pedagogik mahorat, ona tili, adabiyot, tabiat kabi fanlar bilan chambarchas bog’liq. Ushbu musiqiy nazariy fanlar, bo’lajak,o’qituvchilarga musiqa san’atini bolalarga samarali yetkazishyo’llarini, ularga hayotning musiqiy obrizlarda aks etishini va musiqa ifoda vositalarini amalda qo’llashga yordam beradi. Bu fanlar bir biri bilan chambarchas bog’liq bo’lib, o’quvchilarni ma’naviy-ahloqiy tarbiyasini shakillanishiga, musiqiy fanlarni puxta egallashiga ko’mak beradi. Bu esa bo’lajak o’qituvchilarni, musiqiy san’at sirlarini o’quvchilarga samarali yetkazish yo’llarini o’rgatadi.

SEHRLI NOTALAR KALITI” METODI: MUSIQA OLAMIGA SAYOHAT SYUJETLI, MUSIQAVIY IJRO.



Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə