Mavzu: Musiqaning ifoda vositalari Musiqa tinglash: “Laylak keldi” o`zbek xalq qo`shig`i Jamoa bo‘lib kuylash



Yüklə 0,74 Mb.
tarix29.11.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#141516
2-sinif 8- dars ishlanma 212 Kambaraliyev G\'ulom


Mavzu: Musiqaning ifoda vositalari


Musiqa tinglash: “Laylak keldi” o`zbek xalq qo`shig`i
Jamoa bo‘lib kuylash: “Zag‘izg‘on” P.Mo‘min she'ri , D.Omonullayeva musiqasi
Musiqa savodi: Tinglangan asardan musiqa vositalarni topish


Darsing maqsadi:
Ta’limiy: Musiqaning ifoda vositalari haqida tushuncha berish
Tarbiyaviy: Musiqa asarlarining manaviy-estetik mazmunini his qilish qobiliyatlarini shakllantirish va o’quvchilarda tabiatga bo’lgan mehirni uyg’otish.
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarda musiqaga bo’lgan mehrlarini uyg`otish
Dars metodi:
O’yin metodi:O’yin metodida o’quvchilarga mashxur o’zbek xonandalarini rasmidan foydalangan holda o’yla izla top o’yinini qo’llandim(Slayddagi holat)
Kommunikativ kompetensiya: Bayon etilgan mavzuni gapirib bera olish
Axborot bilan ishlash kompetensiyasi: Zamonaviy axborot texnologiyalari (telefon, kompyuter, televizor, va boshqalar) dan foydalanib topshiriqlarni bajarish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya: Orasta kiyinish, yurish turishda, muomalada,gapirishda atrofdagilarga o’rnak bo’lish.
Dars turi: Noan’anaviy
Dars jihozlari: Musiqa madaniayati kitobi, ko’rgazmalar, musiqa anjomlari.
Uslub: Hikoya, suhbat metodlar.
Shakl: Suhbat-munozara, kichik guruhlar va jamoada ishlash.
Vosita: Tarqatma materiallar, audio yozuvlari, fortepiano cholg`u asbobi, rag`barlantiruvchi kartochkalar.
Nazorat: Og`zaki nazorat, savol-javoblar, kuzatish. Savol-javob, “Aqliy hujum”, guruhlarga alohida topshiriqlar berish.
Dars jarayoni
1.Tashkiliy qism 6 minut
2. O’tgan mavzuni so’rash (mustahkamlash) 10 minut
3.Yangi mavzuni tushuntirish 10 minut
4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut
5.O’quvchilarni baholash 3 minut
6. Uyga vazifa 2 minut
Darsning borishi:
Tashkiliy qism.
Salomlashish.
O’qituvchi:
Assalom aleykum bolalar
Tinglab mening so’zlarim,olgan siz saboqlarim,
O’ylab puxta javob bering, hozir qay dars aytib bering.
Darsimiz shiori:
-Oz-oz o’rganib daryo bo’lur
Qatra-qatra yig’ilib daryo bo’lur.
O’qituvchi: Sizlar qanday bolalarsiz?
Hamma:Bizlar– buyuk yurt farzandlarimiz
Davomatni aniqlash
O’tgan mavzuni mustahkamlash: O’tilgan mavzu o’quvchilar bilan qisqacha takrorlab o’tiladi.
Yangi mavzu bayoni: Yangi mavzu “Musiqiy ifoda vositalari”avvalam bor mavzu doskaga yoziladi va musiqa asarimizdagi dinamik belgilar tushuntiriladi yani asardagi dinamika, ohang, temp, kayfiyat, tembr va registr tushuntiriladi.




Mustahkamlash:
Savol-javob o’tkazish
Baholash.
Yaxshi kuylagan o’quvchilar rag’batlantiruladi.

Uyga vazifa:Bulbulga she’rini yodlash
Bolalar bugungi darsimiz shular edi.Keyingi darsgacha xayir!
Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə