Mavzu: Obraz poetikasi


“Ayol” she’rida ayol obrazi katta badiiy umumlashmani tashiydi va o‘quvchi ko‘z oldida konkret inson sifatida gavdalanadi



Yüklə 93,5 Kb.
səhifə8/21
tarix15.01.2022
ölçüsü93,5 Kb.
#82882
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
6-ma\'ruza.Obraz poetikasi

“Ayol” she’rida ayol obrazi katta badiiy umumlashmani tashiydi va o‘quvchi ko‘z oldida konkret inson sifatida gavdalanadi.

Ayol obrazini konkretlashtirishda “o‘n to‘qqiz yoshida beva qolgan” , “qurigan ko‘ksida yolg‘iz belanchak”, “qaqragan lablardan olovli nafas”, “muzdayin bolishdagi parishon sochlar”, “botayotgan kunga mung‘ayib termulgancha o‘tayotgan umr” kabi detallar yordam beradi. Ya’ni konkretlilik predmetning individual xususiyatlarini tasvirlash orqali ta’min etiladi.

San’atkor umumlashmaga ham obrazning individual xususiyatlarini bo‘rtiq, ya’ni ta’kidlabroq, ko‘zga tashlanadigan qilib tasvirlash orqali erishadi.

San’atkor umumlashmaga ham obrazning individual xususiyatlarini bo‘rtiq, ya’ni ta’kidlabroq, ko‘zga tashlanadigan qilib tasvirlash orqali erishadi.

Abdulla Qahhorning “O‘g‘ri” hikoyasida Qobil boboning amin huzuriga kelganini eslasak. Yozuvchi amin haqida: “og‘zini ochmasdan qattiq kekirdi, keyin baqbaqasini osiltirib kuldi”, “chinchalog‘ini ikkinchi bo‘g‘inigacha burniga tiqib keldi” qabilidagi individual belgilarni bo‘rttirib tasvirlaydi. Ayni shu individual belgilarni bo‘rttirish orqali badiiy umumlashmaga erishadi: zamon amaldorlariga xos bo‘lgan qo‘l ostida fuqaro taqdiriga befarqlikni ko‘rsatadi. Ya’ni amin obrazi – individual xususiyatga ega bo‘lgan umumlashma obraz.


Yüklə 93,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə