Mavzu: Odam miyasi xujayralaridagi rnk ni tahlili reja: kirish I bob Nerv sistemasining tuzilishi



Yüklə 367,23 Kb.
səhifə6/13
tarix20.10.2023
ölçüsü367,23 Kb.
#128992
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Odam miyasi xujayralaridagi RNK ni tahlili(tayyor)

M-miyacha; K-bosh miya yarim sharining po`stloq qismi; T-talamus; Mo-Miya ko`prigi; P-uzunchoq miya; S-orqa miya.
Dorboz qizning tana muvozanatini miyacha tomonidan
boshqarilishi
tasvirlangan.
O'rta miya shikastlansa yoki kasallansa, uning yuqorida ko'rsa¬tilgan funksiyalari buziladi. Buning natijasida odamning ko'rish, eshitish, ko'z soqqasini harakatlantirish qobiliyati yo'qoladi. O'rta miyadagi qizil tana shikastlansa, tana muskullarining tarangligi ortadi, uning harakatlari qiyinlashadi.
Oraliq miya o'rta miyaning yuqori qismida joylashgan bo'lib, bosh miya yarim sharlari bilan qoplanib turadi. Oraliq miyaning tarkibiy qismlariga ko'rish do'mboqlari (talamus), do'mboq osti soha (gi potalamus) kiradi.
Ko'rish do 'mbog 'i tuxumsimon shakldagi bir juft kulrang modda, ya'ni nerv hujayralari to'plamidan iborat. U po'stloq osti sezgi markazi hisoblanadi. Odam tanasining sezgi a'zolari orqali qabul qilingan barcha tashqi va ichki ta'sir (ko'rish, eshitish, ta'm bilish, hid bilish, taktil, og'riq, issiq, sovuq va hokazolar) oldin ko'rish do'mbog'i orqali qabul qilinib, bosh miya yarim sharlari po'stlog'idagi sezgi markazlariga o'tkaziladi.Do'mboq osti sohasi (Gipotalamus) ko'rish do'mbog'ining ostki sohasida joylashgan nerv hujayralari to'plamidan iborat. Gipotalamusdavegetativ nerv sistemasining markazi joylashgan bo'lib, u orqali ichki a'zolar funksiyasi, moddalar almashinuvi, tana haroratining doimiyligi ta'minlanadi, och qolish va to'yish, uyqu, hayajonlanish, kayfiyatning o'zgarishi kabilar boshqariladi.
Gipofiz bezi ham gipotalamus ohasidajoylashgan. Gipotalamusning nerv hujayralaridan maxsus neyrogormonlar ajralib, ular gipofiz ishining boshqarilishiga ta'sir ko'rsatadi (bu haqda ichki sekretsiya bezlari mavzusida aytilgan). Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, oraliq miyaning tarkibiy qismi bo'lgan talamus va gipotalamus odam hayotida muhim fiziologik jarayonlaming boshqarilishida ishtirok etadi. Bu nerv markazlari shikastlansa yoki kasallansa, tashqi va ichki ta'simi sezish, ya'ni og'riq, issiq, sovuqni sezish, ko'rish, eshitish qobiliyati pasayadi. Moddalar almashinuvi buzilishi natijasida semirish yoki ozish, qandsiz diabet kasalligi va odamning kayfiyati buzilishi kabi noxush holatlar sodir bo'ladi.
Miyacha bosh miya yarim sharlari ensa bo'lagining ostida joylashgan, massasi 150 g. U ning ikkita yarim sharlari va ular o'rtasida chuvalchangsimon qismi bor (6- rasm). Miyacha tashqi tomondan kulrang modda bilan qoplangan bo'lib, u kichik egat va pushtalarga bo'lingan. Kulrang modda nerv hujayralari to'plamidan tashkil topgan. Miyachaning ichki qismida oq modda joylashgari bo'lib, u nerv tolalaridan iborat.Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, miyachaning tuzilishi va shakli bosh miya yarim sharlariga o'xshash bo'ladi. U uch juft: yuqorigi, o'rta va pastki oyoqcha yordamida orqa miya, uzunchoq
miya, miya ko'prigi, o'rta miya va bosh miya yarim sharlari bilan bog'lanadi (7- rasm). Miyacha oyoqchalaridagi nerv tolalari orqali orqa miyadan muntazam ravishda impuls olib turadi. U odam tanasidagi barcha muskullarning tarangligini va harakatlarini tartibli bajarilishi, muvozanatda bo'lishini ta'minlaydi. Agar miyacha shikastIansa yoki kasallansa, tana muskullari bo'shashadi va odam tik turish, yurish, sakrash, yugurish kabi harakatlarni bajarishi qiyinlashib, mast odamga o'xshab gandiraklab harakat qiladi.

Yüklə 367,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə