Mavzu: Odam miyasi xujayralaridagi rnk ni tahlili reja: kirish I bob Nerv sistemasining tuzilishi


-rasm. Nerv sistemasining umimiy ko`rinishi



Yüklə 367,23 Kb.
səhifə2/13
tarix20.10.2023
ölçüsü367,23 Kb.
#128992
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Odam miyasi xujayralaridagi RNK ni tahlili(tayyor)

1-rasm. Nerv sistemasining umimiy ko`rinishi.
1 - Bosh miya, 2 - orqa miya, 3-Orqa miyadan chiqqan nerv tolalari.

Nerv sistemasining tuzilishi
Nerv sistemasi ikki qismdan iborat: periferik va markaziy nerv sistemasi.
Periferik nerv sistemasiga orqa miyadan chiqadigan 31 juft sezuvchi, harakatlantiruvchi nerv tolalari, bosh miyadan chiqa¬digan 12 juft nervlva hamda umurtqa pog'onasi atrofida va ichki organlarda joylashgan nerv tugunchalari kiradi. Markaziy nerv sistemasiga orqa va bosh miya kiradi (1 - rasm). Markaziy nerv sistemasining segmentar, ya'ni quyi qismiga orqa miya va bosh miyaning pastki qismlari, ya'ni uzunchoq miya, Varoliy ko'prigi, o'rta va oraliq miya hamda miyacha kiradi.
Bajaradigan funksiyasiga ko'ra, nerv sistemasi ikki qismga bo'linadi: somatik va vegetativ nerv sistemasi. Somatik nerv sistemasi odam tanasining sezgi organlari, skelet muskullari ishini boshqaradi. Vegetativ nerv sistemasi ichki organlar (nafas olish, qon aylanish, ovqat hazm qilish, ayirish va hokazo) hamda ichki sekretsiya bezlari ishini boshqaradi.
Orqa miya. Orqa miyaning tuzilishi. Orqa miya umurtqa pog'onasi kanalida joylashgan bo'lib, uzunligi katta odamda 40-45 sm, massasi 30-40 g bo'ladi (2- rasm). Orqa miyada 13 mln dan ko'proq nerv hujayralari bor. Nerv hujayralarining tanasi 0,1 mm dan oshmaydi, lekin ba'zi nerv hujayralari tolasining uzunligi 1,5 m gacha yetadi. Orqa miya uch qavat parda bilan o'ralgan. Tashqi qavati qattiq, o'rta qavati o'rgimchak to'rsimon va ichki qavati yumshoq parda bo'ladi. O'rta va ichki parda orasida orqa miya suyuqligi bo'ladi. Orqa miyaning yuqori qismi birinchi bo'yin umurtqasiga to'g'ri keladi va bosh miyaning pastki qismi bo'lgan uzunchoq miyaga tutashadi, pastki qismi 1-2- Bel umurtqalari sohasida konus shaklida tugaydi. Undan pastga ip shaklida davom etadi, ipning yuqori qismida nerv hujayralari bo'lib, ipning uchi umurtqa pog'ona sining dum qismida tugaydi.
Orqa miya 31-33 ta segmentdan iborat. Shulaming 8 tasi bo'yin qismida, 12 tasi ko'krak, 5 tasi bel, 5 tasi dumg'aza va 1-3 tasi dum qismida bo'ladi. Orqa miya ko'ndalangiga kesilsa, u ikki xil moddadan: tashqi qismi oq odda, ichki qismi kulrang moddadan tuzilganligi ko'rinadi (4 - rasm). Kulrang modda kapalak yoki H harfiga o'xshash bo'lib, u nerv hujayralaridan tashkil topgan.Orqa miyaning oq moddasi nerv tolalaridan tashkil topgan bo'lib, ular orqa miyaning turli segmentlaridagi nerv hujayralarini bir-biriga va ularni bosh miyaning nerv hujayralari bilan t utashtiradi. nervva tolalari orqa va bosh miya nerv markazlaridan impulslarni bir-biriga o'tkazish funksiyasini bajaradi.Orqa miya kulrang moddasining bir juft oldingi, va bir juft orqa bir juft shoxlari bo'ladi.

Yüklə 367,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə