Mavzu: Ona tili ta'limi orqali o'quvchilarning tayanch va fanga oid kompetensiyalarini shakllantirish usullar



Yüklə 42,86 Kb.
səhifə1/6
tarix19.12.2023
ölçüsü42,86 Kb.
#153714
  1   2   3   4   5   6
Ona tili ta\'limi orqali o\'quvchilarning tayanch va fanga oid kompetensiyalarini shakllantirish usullar.


Mavzu: Ona tili ta'limi orqali o'quvchilarning tayanch va fanga oid kompetensiyalarini shakllantirish usullar.
Reja:
1. Kompetensiyasi turlari va mazmuni.
2. Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida o‘quvchilarning fanga oid kompetensiyalarini shakllantirish
3. 3-sinf IV chorakda o‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari.
O‘zbekiston Respublikasida ta’limning uzluksizligi, uzviyligi, o‘quvchi shaxsi va qiziqishlari ustuvorligidan kelib chiqib, ularning yosh xususiyatlariga mos ravishda quyidagi tayanch kompetensiyalar shakllantiriladi.

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media manbalardan
zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni,
ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Kommunikativ kompetensiya — ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda o‘zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi
.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallashni nazarda tutadi.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi jamiyatda bo‘layotgan voqea, 
hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining
fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qad-
riyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

Yüklə 42,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə