Mavzu: Ona tili ta'limi orqali o'quvchilarning tayanch va fanga oid kompetensiyalarini shakllantirish usullar


Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor



Yüklə 42,86 Kb.
səhifə2/6
tarix19.12.2023
ölçüsü42,86 Kb.
#153714
1   2   3   4   5   6
Ona tili ta\'limi orqali o\'quvchilarning tayanch va fanga oid kompetensiyalarini shakllantirish usullar.

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor 
bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi — aniq hisob-kitoblarga asoslangan 
holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza olish, kundalik faoliyatda turli diagramma, chizma va modellarni o‘qiy olish, inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan, qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan foydalana olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. Mazkur kompetensiyalar umumta’lim fanlari orqali o‘quvchilarda shakllantiriladi.
Umummadaniy kompetensiya – vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, yurish-turishda madaniy me’yorlarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish;
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan foydalanish kompetensiyasi – aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarini tuza olish, kundalik faoliyatda turli formula, model, chizma, grafik va diagrammalarni o‘qiy olish va foydalanish, inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan va qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish kabilar.
2.Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida o‘quvchilarning fanga oid kompetensiyalarini shakllantirish


Ona tili o’qitish metodikasi fani to’rt bo’limni o’z ichiga oladi:
1. Savod o’rgatish metodikasi, ya’ni elementar o’qish va yozishga o’rgatish. Bolalarga savod o’rgatish pedagogikadagina emas, balki ijtimoiy hayotda ham juda jiddiy qo’yilgan masalalardandir. CHunki xalqning savodxonligi ozodlik uchun, siyosiy onglilik uchun, madaniyat uchun kurash qurolidir. Mustaqil respublikamizda har bir kishining savodxon bo’lishiga alohida e’tibor berilmoqda. 1-sinfga qadam qo’ygan bolalarga barcha o’quv qurollarining sovg’a qilinishi prezident I. Karimovning kelajak avlodning savodxon, yuksak madaniyat egasi bo’lib etishishlari uchun g’amxo’rlikning bir namunasidir.
2.O’qish metodikasi. Boshlang’ich sinflarda o’qish fanining vazifasi birinchi navbatda bolalarni tez (me’yorida), to’g’ri, ongli va ifodali o’qish malakalari bilan qurollantirish hisoblanadi.
3.Grammatika va imlo metodikasi. Bu bo’lim elementar to’g’ri yozuvga va husnixatga o’rgatishni, grammatik tushunchalarni, boshlang’ich imlo malakasini shakllantirishni o’z ichiga oladi
4.O’quvchilar nutqini o’stirish metodikasi. Bu bo’lim boshlang’ich sinflarda alohida o’rin tutadi. Bolalar birinchi marta tilni, nutqni o’quv fani sifatida anglaydilar. ular xohlagan va qiziqarli narsalarnigina emas, balki zaruriy narsa va hodisalar haqida o’ylab, rejali nutq tuzish zarurligini ham tushuna boshlaydilar. Ular o’zining grafik formasi bilangina emas, balki leksikasi, sintaktik va morfologik formasi bilan ham og’zaki nutqdan farq qiladigan yozma nutqni egallaydilar.
2-sinf IV chorakda o‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari:

Yüklə 42,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə