Mavzu: Ona tilidan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish. Mundarija: I. Kirish



Yüklə 379,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/10
tarix17.06.2023
ölçüsü379,07 Kb.
#117594
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
ona tilidan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish

2.
 
Oilaning madaniy darajasi: oila a’zolarining ma’lumoti, oilaviy 
kutubxona bor-yo‘qligi, qanday matbuotga yozilishi, an’analari va oilaviy 
bayramlar.
 
3.
 
Oilaning tarbiyaviy imkoniyatlari: ota-onaning bolaga va bolaning ota-
onaga munosabati, ularning insoniy yetukligi, bolalarning o‘z ota-onalarining kasbi 
haqidagi tushunchalari, oilada salbiy ta’sirning bor-yo‘qligi.
 


21 
4.
 
Bolaga oiladan tashqarida ko‘rsatilayotgan ta’sirlar va ota-onalarning 
ularda munosabati, o‘rtoqlari, hovli, ko‘cha, qo‘shnilar, ota-onaning tanishlari, 
qarindoshlar va boshqalar.
 
Sinf rahbari tarbiyaviy ishining muvaffaqiyati ko‘p jihatdan uning bolalar ichki 
dunyosiga chuqur singib kirishiga, ularning kechinmalari hamda xulq-atvorini 
tushunishiga bog‘liqdir. O‘quvchining nima bilan yashayotganligini, uning qiziqishi 
va mayillari qandayligi, irodasining o‘ziga xosligi hamda xarakteri xususiyatlarini 
o‘rganish uning qalbiga mumkin qadar ishonchli yo‘l topish, unga tarbiyaviy ta’sir 
etishning maqbul metodlaridan foydalanish demakdir. 
Tarbiyachi o‘quvchining individual xususiyatlarini yaxshi o‘rgangan va 
tushungan taqdirdagina, bu o‘quvchi shaxsini muvaffaqiyatli tarbiyalab yetishtira 
oladi. O‘quvchilarni o‘rganish o‘qituvchining, ayniqsa sinf rahbarining vazifasidir. 
U o‘quvchilarni faqat darsdagina emas, balki sinfdan tashqi vaqtda ularga tarbiya 
berish davomida ham, o‘quvchilar uylariga borganda ham, har xil ekskursiyalar 
vaqtida ham o‘rganadi. 
Sinf rahbari sinfni qabul qilib olgandan keyin, uning birinchi ishi, odatda, 
o‘quvchilarni o‘rganish bilan bog‘liq bo‘ladi. 
Bu ish uning o‘ziga biriktirilgan sinfdagi butun ish faoliyati mobaynida davom 
etadi va uning tarbiyaviy ishi tizimida muhim bir tomonni tashkil etadi. 
O‘quvchilarning o‘ziga xos xususiyatlari, ularning xulqlari va mayllarini, ular 
olgan tarbiya darajasini bilgan holda, ma’lum maqsadga qaratilgan va ta’sirchan reja 
tuzish oson bo‘ladi. O‘quvchilarni o‘rganish ko‘p vaqt va kuch talab etadi. Ammo 
keyinchalik bular hammasi katta natijalar beradi. Sinf rahbari o‘quvchilarni, 
ularning xususiyatlarini bilgan holda, ular kamoloti jarayonini muvaffaqiyatli tarzda 
yo‘lga solib ketishi mumkin bo‘ladi. O‘quvchilarni o‘rganishga boshqa o‘quvchilar, 
yetakchilar va ota-onalar jalb etiladi. 
Bunda o‘qituvchilar hamda sinf rahbarlari ishidagi munosiblikka rioya qilish 
juda muhimdir. O‘quvchilarni o‘rganish natijalari bilan barcha o‘qituvchilarni 
tanishtirib borish zarur. Shu bilan birga ularning har qaysi o‘quvchi to‘g‘risida 
bilganlarini ham hisobga olish lozim. Bular o‘quvchilarga tarbiya berish jarayonida 


22 
ularga bir xilda talablar qo‘yish va ularga bir xil muomola qilishga erishishga 
yordam beradi. O‘quvchilarni o‘rganish ularga induvidual yondashishining zarur 
shartidir. O‘quvchilarni ularga ta’lim va tarbiya berish jarayonida har qaysi 
o‘quvchiga indivudual yondashishga erishish maqsadida o‘rganish lozim. 
O‘quvchilar o‘z xarakteriga, qiziqishi va mayliga ko‘ra bir xil emas. Ulardan bir 
xillari bir muncha chaqqon, boshqa bir xillari esa sustkash, uquvsiz, ba’zi 
o‘quvchilar jasur va shijoatkor, boshqa birlari esa uyatchan va tortinchoq bo‘lishadi. 
Ba’zi bir o‘quvchilar o‘z tashkilotchiligi va qa’tiyligi bilan ajralib tursa, boshqa 
birlarida esa bu xususiyatlar mavjud emas. Xullas, sinf bir biriga o‘xshamagan, turli 
xususiyatdagi bolalardan tashkil topgan bir jamoadir. Sinfda tashqi ko‘rinish 
jihatidan bir-biriga o‘xshash bolalar bo‘lmagani singari, o‘z ichki xususiyatlari 
jihatidan bir biriga o‘xshaydigan bolalar ham bo‘lmaydi. Ularning xarakteri
qiziqishlari, kayfiyatlari va xohishlari, ularning xulq-atvorlari sabablari, ko‘nikma 
va malakalari, odatda, turlicha bo‘ladi. Har qaysi o‘quvchi o‘ziga xos, boshqalarga 
o‘xshamaydigan xususiyatga ega bo‘ladi. U alohida shaxs sifatida kamol topib 
boradi.Odatda sinf rahbari sinfdagi barcha o‘quvchilarga nisbatan yagona tarbiyaviy 
vazifalar qo‘yadi va hal etadi. Masalan, u o‘zining barcha o‘quvchilarini 
mehnatsevarlikka, bir jon, bir tan bo‘lishiga, haqqoniylikka o‘rgatishga harakat 
qiladi. Ammo bu vazifalarni hal etish yo‘llari, vosita va metodlari o‘quvchilarning 
induvidual xususiyatlariga qarab turlicha bo‘lishi mumkin. Ularning ba’zilarini o‘z 
vaqtida rag‘batlantirish, ba’zilariga buyurish, xulq-atvor qoidalarini buzgan 
o‘quvchilarni jazolash darkor. Buning uchun esa ularni chuqur va har tomonlama 
o‘rganmoq zarur. Sinf rahbari o‘z o‘quvchilarini bilmasa, u o‘quvchilarga 
yondashishda, pedagogik ta’sir ko‘rsatish metoddarini tanlashda katta xatolarga yo‘l 
qo‘yishi mumkin.O‘quvchilarga individual yondashishning amalga oshirishi tarbiya 
va ta’lim berish prinsiplaridan biridir. Bu tamoyil o‘qituvchilar va sinf 
rahbarlarining o‘quv-tarbiyaviy ish tajribalarida bolalarni sevish va hurmat 
qilinishing nomoyon bo‘lishi, ularning kamoloti to‘g‘risida kundalik g‘amxo‘rlik 
qilish asosida keng qo‘llanadi. 


23 
Tarbiyachi o‘quvchilar jamoasini tarbiyalar ekan, hech qaysi o‘quvchini 
nazardan chetda qoldirmasligi darkor. O‘quvchilarning xulq-atvori, tartib-intizomi, 
o‘zlashtirishi ko‘p jihatdan ularning individual xususiyatlariga bog‘liqdir. Ba’zi bir 
o‘quvchi o‘zining o‘qishga bardoshsizligi tufayli darslarga ulgurmasligi, ikkinchi 
birining darsda yaxshi javob berishga jur’atsizligi, tortinchoqligi halaqit berishi, 
yana birining yaxshi o‘qishiga vaqtida o‘zlashtirmaganligi sabablarini bilgan 
taqdirdagina, uning oldini olish borasida real va ta’sirchan tadbirlar qo‘llash mumkin 
bo‘ladi. 
1. O‘quvchilarning individual xususiyatlarini hamisha va hamma holda hisobga 
olmoq zarur. 
O‘quvchilarga individual yondashish bu har qaysi o‘quvchining 
xususiyatlariga faol tarzda moslashish emas. Bu eng avvalo har qaysi o‘quvchining 
individual xislatlarini, uning psixologik taraqqiyoti xususiyatlarini, uning shaxsiy 
tajribasini hisobga olgan holda unga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishning yanada samarali 
yo‘llarini faol ravishda qidirib topishdir. Bunday yondashishga faqat tarbiyalash va 
o‘qitish qiyin bo‘lgan o‘quvchilargina emas, balki istisnosiz hamma o‘quvchilar 
muhtojdir, tarbiyachining, o‘qituvchining vazifasi faqat qoloqlarni va 
intizomsizlarni ilg‘orlar va intizomlilar qatoriga yetkazib olishdangina iborat emas, 
balki shu bilan birga barcha o‘quvchilarning, jumladan, eng yaxshi, intizomli, 
bilimli, san’atga havasmand bolalarning ham aqliy, ham jismoniy quvvatlarini va 
tashkilotchilik qobiliyatlarini har tomonlama rivojlantirishdan iboratdir. 
2. O‘quvchilarni o‘rganib, ularga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish. 
O‘quvchi shaxsini o‘rganish ham piravord maqsad emas, balki ularga ta’lim-
tarbiya berish uchun zaruriy shart-sharoitdir. Odatda tajribali sinf rahbarlari 
o‘rganayotib tarbiya berish, tarbiyalayotib o‘rganib borish qoidasiga amal qiladilar. 
O‘quvchilarni o‘rganishi bu tarbiyachilar uchun muvaffaqiyatli tarbiyalashning 
zaruriy shart-sharoiti bo‘lib xizmat qiladi, tarbiyalash esa o‘z navbatida 
o‘quvchilarni kamol toptirish jarayonida ularni o‘rganishning asosiy yo‘llaridan biri 
sinfdatida foydalaniladi. O‘quvchilarni o‘rganish borasidagi ishlar shaxsning kamol 
topishida tabiiy tarzda faol ishtirok etish bilan, o‘quvchilarda zaruriy ma’naviy 


24 
xislatlar va xarakter xususiyatlarini tarkib toptirish bilan organik ravishda qo‘shilib 
ketadi. Sinf rahbari o‘quvchilar xulq-atvoridagi ijobiy xislatlarni rivojlantirish, 
salbiy xususiyatlarga barham berishni “loyihalashtiradi”. 
3. O‘quvchilarni o‘rganishni rejali tarzda va muntazam olib borish darkor. 
O‘quvchi xulq-atvoridagi yakka-yarim uchraydigan va tasodifiy voqealarni 
emas, balki uning shaxsida juda ko‘p uchraydigan tipik xususiyatlarni o‘rganmoq 
kerak. Shuni hisobga olish kerakki, o‘quvchilar hamma vaqt o‘sib kamol topib 
boradilar. Ularning qiziqishlari doim o‘zgarib boradi, ularning ichki dunyolari 
doimo boyib boradi. Shuning uchun ham o‘quvchilarni faol rivojlanishga o‘rgatmoq 
va bu rivojlanishni boshqarib borish zarur. 
Bolalarni o‘rganish ularga tarbiya va ta’lim berish sifatini oshirishga 
bo‘ysindirilmog‘i lozim. O‘quvchilarni muntazam tarzda o‘rganish asosida 
boshlang‘ich jamoaga hamda alohida o‘quvchilarga tarbiyaviy ta’sir etishining 
yanada samarali usul va metodlarini tanlab olishga ijodiy yondashish mumkin 
bo‘ladi. O‘quvchilarning individual xususiyatlari, mayllari hamda qiziqishlarini 
qayd qilib berish bilangina cheklanib qolish noto‘g‘ri bo‘lur edi. Bu o‘rganish 
asosida o‘quvchilarning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olib, bular bilan olib 
boriladigan tarbiyaviy ishini tashkil etish muhimdir. O‘z o‘quvchilarini yaxshi 
o‘rganish demak, tashqi tomoniga emas, balki ular hulq-atvor sabablarini 
o‘rganishga e’tibor berish kerak. 
4. O‘quvchilarni tabiiy hayot va ish faoliyati sharoitida o‘rganish. 
O‘quvchini ta’lim jarayonida ijtimoiy foydali hayotga va jamoat ishiga jalb 
qilish lozim. O‘qituvchilarning o‘qituvchi va o‘quvchilar jamoasi bilan, ota-onalar 
va tevarak-atrofidagi kishilar bilan munosabatlarga kirishini o‘rgatish juda muhim 
ahamiyat kasb etadi. Bu munosabatlar jarayonida shaxs yanada to‘la ochiladi. 
O‘quvchilarni tabiiy hayot va kundalik xatti-harakat jarayonida o‘rganish ularga 
haqiqiy baho berishga yordam beradi. 
5.
O‘quvchilarni xilma-xil metodlar va usullar bilan o‘rganish. 
O‘rganish metodlari qanchalik turli-tuman bo‘lsa, o‘quvchilarni shunchalik 
to‘la va asosli o‘rganishi mumkin bo‘ladi. Ayni bir vaqtda qo‘shimcha metodlar 


25 
sifatida o‘quvchilar bilan, o‘quvchilarning ota-onalari bilan suhbatlardan foydalani-
ladi. O‘quvchilarni o‘rganish metodikasi ta’sirchan bo‘lmog‘i kerak. O‘quvchini 
o‘rganish uning xarakteri va hulq-atvoridagi salbiy xususiyatlarining oldini olish 
hamda ijobiy xislatlarni mustahkamlash yo‘llarini belgilab olishda muhim ahamiyat 
kasb etadi.
4
6.
O‘quvchilarni o‘rganib, ular hayoti va turmush sharoitlari bilan tanishish. 
O‘quvchilarning axloqiy xislatlari, uning yutuqlar va kamchiliklari shakllanishida, 
eng avvalo uning ta’lim va tarbiya olish jarayonida ijtimoiy uy sharoiti, tevarak-
atrofi ham ahamiyat kasb etadi. O‘quvchilarni o‘rgatish dasturi ularni faqat maktab-
dagina emas, balki shu bilan birga uy sharoitida, oilada ham o‘rganishni nazarda 
tutmog‘i darkor. 
7.
O‘quvchining alohida xususiyatlarini emas, balki butun shaxsini o‘rganmoq 
darkor. 
Sinf rahbari tarbiyaviy ishning turli bosqichlarida o‘quvchi xulq-atvorining ayrim 
tomonlarini o‘rgatishga e’tiborini qaratishi mumkin. O‘quvchini har tomonlama 
o‘rganishga erishmoq uchun dasturni oldindan yaxshi o‘ylab tuzish, o‘quvchilarni 
o‘rganish rejasini, suhbat savollarini, insholar mavzularni tayyorlab olish zarur.
 
4
Mukhamedov, G., Khodjamkulov, U., Shofkorov, A., & Makhmudov, K. (2020). Pedagogical Education Cluster: Content and 
Form. 

Yüklə 379,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə