Mavzu: Ona tilidan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish. Mundarija: I. Kirish


II.BOB. Boshlang`ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish



Yüklə 379,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/10
tarix17.06.2023
ölçüsü379,07 Kb.
#117594
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
ona tilidan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish

II.BOB. Boshlang`ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish 
va uni o’tkazishning shakl va metodlari 
2.1 Boshlang`ich sinflarning tarbiyaviy ishlar tizimida sinf 
rahbarining faoliyatini tashkil etish metodikasi 
Hozirgi davr talabi maktabdagi o‘quv-tarbiya ishlarini amalga oshirayotgan 
pedagogik jamoa oldiga juda katta vazifalar qo‘ymoqda. Maktab yosh avlodning 
dunyoqarashini tarkib toptirishi, g‘oyaviy, siyosiy jihatdan chiniqtirishi, yuksak 
axloqiy fazilatlarga ega qilishi, mehnatga va ongli kasb tanlashga tayyorlashi lozim. 
Bu vazifalarni hal qilishda sinf rahbari muhim rol o‘ynaydi. Chunki u bir sinf 
sharoitida tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan ishlarni tashkil etadi 
va boshqaradi.Sinf rahbari quyidagi vazifalarni bajaradi: 
1.
O‘ziga yuklatilgan sinfdagi tarbiyaviy ishlarni amalga oshiradi. Bu 
vazifani bajarayotganda u yolg‘iz o‘zi emas, balki shu sinfda dars berayotgan turli 
fan o‘qituvchilari bilan hamkorlikda va ularga suyangan holda o‘quvchilarda milliy 
dunyoqarash 
asoslarini 
shakllantiradi, 
axloqiy 
tarbiyasini 
rivojlantiradi. O‘quvchilarning darsdan tashqari tadbirlarini tashkil etadi va sinf 
jamoasini mustahkamlaydi. 
2.
O‘quvchilarning bilimga bo‘lgan qiziqish va qobilyatini o‘stirish, har 
bir o‘quvchining individual-psixik xususiyatlarini hisobga olgan holda kasbga 
yo‘naltirish va hayotiy maqsadlarini shakllantirish sinf rahbarining alohida 
vazifasidir. Ayni paytda har bir o‘quvchining sog‘lig‘ini mustahkamlashga ham 
alohida e’tibor beradi. 
3.
 
Sinf rahbarining diqqat markazida o‘quvchilarning darsni yuqori 
o‘zlashtirishlarini ta’minlash masalasi turadi. Buning uchun u har bir o‘quvchining 
kundalik o‘zlashtirishidan voqif bo‘lib turadi. Orqada qolayotganlarga o‘z vaqtida, 
kechiktirmay yordam uyushtiradi.

Yüklə 379,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə