Reja: Maktabda tarbiyaviy ishlar tizimida sinf rahbarining faoliyatini tashkil etish metodikasi



Yüklə 67 Kb.
səhifə1/3
tarix11.12.2023
ölçüsü67 Kb.
#144927
  1   2   3
Jamoani rivojianishida tarbiya usullari. Maktabdagi tarbiyaviy ishlar tizimida sinf rahbarining faoliyati.


Jamoani rivojianishida tarbiya usullari. Maktabdagi tarbiyaviy ishlar tizimida sinf rahbarining faoliyati..

Reja:


  1. Maktabda tarbiyaviy ishlar tizimida sinf rahbarining faoliyatini tashkil etish metodikasi.

  2. Sinf rahbarining o'quvchilarga tarbiyaviy ta'sir o'tkazish metodikasi.

  3. Sinf rahbari ishini rejalashtirish

.Maktabda tarbiyaviy ishlar tizimida sinf rahbarining faoliyatini tashkil etish metodikasi
Sinf rahbari — barkamol avlod tarbiyasiga mas'ul shaxs sifatida faoliyat ko'rsatadi.
Rahbaming yuksak ma'naviyati haqida mutafakkirlar o'z asarlarida alohida e'tibor berishgan. Abu
Nasr l-'orobiy o'zining «l-'ozJI shahar aholisining maslagi» asarida rahbarga xos sifatlarni quyidagicha tasvirlagan edi:
• oqil shaxs, farosatli. tabiati nozik, xotirasi mustahkam, zukko;» ilmli-ma'rifatli, hayotdan zavq oladigan va haqiqatgo'y, adolatli, oriyat va nomusli, dunyo moliga qiziqmaydigan, tadbirkor, qat'iyatli bo'lishi lozim.
Sinf rahbari dastlab sinf jamoa a'zolari haqida keng ma'lumotga ega bo'lishi uchun tashxis o'tkazishi. kamchiliklaming oldini ola bilishi lozim.
Sinf rahbari ish faoliyali samaradorligini uning oldida qo'yilgan maqsad va vazifalarining aniqligi, tizimliligi va uzluksizlik tamoyillariga bog'liqligi belgilaydi. Sinf rahbari to'g'ri maqsadni bclgilash bilan birqatorda vazifalami bajarish imkonini yaratadi.
Sinf rahbari ishining maqsadi: ma'lum yuksak g'oyaviy maqsadi asosida davlat siyosati darajasida'gi barkamol shaxs ta'lim-tarbiyasini tashkil qilishdagi mas'uliyatidir.
Sinf rahbanning vazizalari
Har tomonlama barkamol shaxsni milliy istiqlol ruhida tarbiyalash bo'yicha rejali ish olib boradi. O'qishga, mehnatgaongli munosabatda bo'lish, o'quv yurti mulkini ko'z qorachig'idek saqlash ruhida tarbiyalash.
Maktabda, sinfda o'quvchilami ahil jamoaga jipslashtirisli va tashabbuskor o'quvchilami tarbiyalash maqsadida o'quvchilaming talab va qiziqishlarini, uning oiladagi o'zaro muno-sabatlami chuqur va har tomonlama o'rganish, erkin fikrlovchi o'quvchi shaxsini kamol toptirish.
O'quvchilami o'zbck va boshqa xalqlarning madaniy, tarixiy, milliy va hududiy an'analarni hisobga olib, xalq pcdagogikasi asosida tarbiyalash maqsadida maktabning tarbiyaviy imkoniyatlari, tevarak atrof-muhiti sharoitidan kelib chiqib ish yuritish.
O'quvchilarga ota-onalar va kattalarga hurmat, kamtarlik, saxiylik va saxovatlilik, insonlarga yordam berishga tayyor turish, mehribonlik, mehnatsevarlik xislatlarini singdirib borish.
Millatlararo munosabatlami yaxshilash uchun keng imkoniyatlar yaratuvchi tarbiyaviy ishlarni tashkil qiladi va o'tkazadi, milliy madaniyatni boyitish maqsadida baynalmilal tarbiyani boshqa xalq vakillari bilan hamkorlikda olib borish.
Istiqlol g'oyalariga cheksiz sadoqat, ona-diyorga mehr-muhabbat, ozod va obod Vatan barpo etishdek ulug' va oliyjanob maqsadga e'tiqod, jasurlik va fidoyilik ruhini o'quvchilar ongiga ma'naviy-tarbiyaviy tadbirlar orqali singdirish.6. O'quvchilarga kasbni to'g'ri tanlashlari yo'lida ish olib boradi, ularga ko'maklashadi. Har bir o'quvchining qobiliyati, qiziqishini tahliliy usulda aniqlash.
Yosh avlodda milliy g'oya, milliy mafkura va umumbashariy qadriyatlarga, demokratik tamoyillarga asoslangan dunyoqarashni shakllantirish.
O'quvchilaming o'zlashtirmaslik sabablarini aniqlash va buni bartaraf etish uchun yordam berish.
Milliy qadriyatlarimiz. va ulug' mutafakkirlarimiz merosidan, islom dinining insonparvarlik falsafasi va g'oyalaridan yosh avlod tarbiyasida foydalanish samaradorligini oshirishga erishish.
Mamlakatimizda kechayotgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy o'zgarish va yangilanishlar mohiyatini yosh avlod qalbiga singdirib, uni bujarayonning faol ishtirokchisiga aylantirish.
O'quvchilar ota-onalari bilan muntazam ravishda aloqada bo'lish.
Sinf rahbari o'zining nazariy bilimi va pedagogik malakasi hamda mahoratini muntazam ravishda oshirib borishi.
Sinf jurnali va boshqa zaruriy hujjatlaming to'g'ri yuritilishini ta'minlash.
O'quvchilar o'zlashtirishini yuqori darajaga ko'tarish va intizomini yaxshilashga erishish lozim. Ulaming maktab nizomi va ichki tartib-qoidalarga rioya qilish masalalarida sinf majlislari o'tkazish.
O'quvchilaming badiiy havaskorlik, milliy meros, sport, hunarmandchilik va boshqa to'garaklar ishlarida faol qatnashishlarini ta'minlab borish.
O'zi rahbarlik qilayotgan jamoada saylangan o'quvchilar yetakchisi bilan hamkorlikda ish olib borish.
O'quvchilami tarbiyalashda «Oila, mahalla, maktab hamkorligi konsepsiyasi»ni hayotga keng latbiq etish.
O'zbekiston Respublikasida barkamol avlod tarbiyasi davlat siyosatidagi muhim masalalardan biridir.
I.A. Karimov «Yuksak ma'naviyat — yengilmas kuch» asarida «Shuni unutmasligimiz kcrakki, kclajagimiz poydevori bilim darajalarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizningertangi kuni qanday bo'lishi farzandlarimizning bugun qanday ta'lim va tarbiya olishiga bog'liq. Buning uchun har qaysi ota-ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida, avvalo, shaxsni ko'rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo'lgan, ongli yashaydigan komil insonlaretib voyaga yetkazish» Prezidentimizning yuqoridagi ta'limoti sinf rahbari faoliyatini samarali tashkil qilishga ilhom beradi.
Sinf rahbari haqida milliy qadriyat va dono avlodlarimiz katta baho berishgan. Rahbar atamasi ishbilarmon, kasbiga nisbatan mas'uliyatli, bag'ri keng, mehnatsevar, yuksak ma'naviy va axloqiy shaxsga nisbatan aytiladi.
Unuimiy o'rta ta'limda tarbiyalanuvchilarga pedagogik ta'sir tizimida sinf rahbari faoliyati alohida o'rin egallaydi. Shu sababli, sinf rahbari faoliyati samaradorligini oshirishga imkon beruvchi me'yoriy hujjal - - Nizom O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining 2007-yil 20-yanvardagi 19-buyrug'i asosida taqdim etildi.
Umumiy qoidalar Sinf rahbari uchun Nizom dasturiilamal bo'lib, uning barkamol avlod ma'naviy-ma'rifiy tarbiyasini tashkil etishda:

  • o'qituvchilar;

  • bolalar yetakchisi;

  • psixolog:

  • ota-onalar;

  • ta'lim muassasasi maktab direktori orqali:

  • voya'ga yetmaganlar komissiyasi:

  • mahalla:

  • huquq-targ'ibot idoralari va turli ijtimoiy jamoalar bilan hamkorlik qiladi. Boshlang'ich sinflarda sinf o'qituvchisi ralibar hisoblanadi.

5—9-sinflarda rahbarlikka tajribali, faol, o'z burch va mas'uliyatini his etadigan o'qituvchi tayinlanadi.
Nizom quyidagi bo'limlardan iborat:

  1. Sinf rahbarining vazifalari.

  2. Ota-ona va mahalla bilan hamkorlik.

II.A. Karimov. Yuksak ma'naviyat — yengilmas kuch. Т., «Ma'naviyat», 2008, 61-bet.3. O'quvchilaming bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish. Maktabdan va sinfdan tashqari faoliyatga jalb etish.

  1. O'quvchining o'zini o'zi boshqarish tizimini takomillashtirish.

  2. Ta'lim muassasasi, pedagogik jamoa bilan birga ishlash.

  3. Sinf rahbarining huquqlari.

  4. Sinf rahbari ishlarini rejalashtirish va tashkil etish.

Nizomda berilgan bo'limlar mazmunidagi asosiy g'oyalarning yo'nalishlari jadvalda berilgan. Oliy ta'lim tizimi talabalarining ma'naviy-ma'rifiy tarbiyasida guruh rahbarlarining o'rni beqiyosdir.

Yüklə 67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə