|
Mavzu: O’qituvchining ta’lim jarayoniga qo’yiladigan asosiy talablar va o z ijodiy kayfiyatini boshqarishi
|
səhifə | 2/7 | tarix | 20.10.2023 | ölçüsü | 23,4 Kb. | | #128920 |
| O’qituvchining ta’lim jarayoniga qo’yiladigan asosiy talablar va o z ijodiy kayfiyatini boshqarishi.Xalqimiz tarixiga nazar tashlar ekanmiz, maktab va madrasalarda yoshlarga bilim berish bilan shug`ullanganligi "Avesto" va boshqa tarixiy manbalardan ma’lum. Ammo qadim davrlardan ta’limni qat’iy chegaralangan vaqtda bir xil yoshdagi bolalar bilan olib borish, ta’lim mazmunini bosqichma - bosqich berish masalalariga aniqlik kiritilmagan edi. Forobiyning "Fan va aql zakovat" asarida o’quv fanlarini guruhlarga bo’lib o’qitish, ularning tarbiyaviy mohiyatini ochish masalalariga e’tibor berilgan. Sinf-dars tizimini didaktik talablar asosida yaratishda buyuk chex pedagogi Yan Amos Komenskiyning xizmatlari katta, uni sinf - dars tizimining asoschisi sifatida butun dunyo tan olgan. A.Ya.Komenskiy "Buyuk didaktika" asarida o’quv mashg`ulotlarini guruh shaklida tashkil etish, o’quv yili va o’quv kunini bir vaqtda boshlash, mashg`ulotlar orasida tanaffuslar berilishi, guruhdagi bolalarning yoshi va soni bir xil bo’lishiga alohida e’tibor berdi. Dars davomida o’quvchilar diqqatini to’plash, materialni batafsil tushuntirish, o’quvchiga savollar berish, o’zlashtirish jarayonini nazorat qilish zarurligini ta’kidlaydi
Dars - aniq maqsadni ko’zlab belgilangan vaqtda bir xil yoshdagi o’quvchi, yoshlar bilan o’qituvchi rahbarligida olib boriladigan mashg`ulotlardir. Dars - o’z oldiga qo’yilgan aniq maqsad va tugal mazmundan iborat
Darsning maqsadi - o’qituvchining rejalashtirgan aniq bir mavzusini o’quvchilarga bildirishi va o’quvchilar o’zlashtirgan bilim, ko’nikma va malakalarni tekshirib ko’rish hamda yangi mavzuga zamin yaratish.
Darsning mazmuni - uni o’qituvchi tomonidan rejalashtirilgan tugal ma’noga ega matn tashkil etadi. Uni o’quvchilar ongiga singdirish jarayonida manba, xulosa va hikoyalardan foydalanadi.
Sinf - deganda, yoshi va bilim darajasi bir xil bo’lgan o’quvchilar guruhi tushuniladi
Dars turlari 1.Darslarning asosiy maqsad va mazmuniga qarab turlariga bo’lish.
Dostları ilə paylaş: |
|
|