Mavzu: O'quvchilarni darsda va darsdan tashqari vaqtlarida mustaqil ishlari reja I. Kirish



Yüklə 61,58 Kb.
səhifə3/9
tarix23.12.2023
ölçüsü61,58 Kb.
#157449
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mavzu O\'quvchilarni darsda va darsdan tashqari vaqtlarida musta

II. Asosiy qism


2.1 Fizikadan fakultativ kurslarni tashkil etish.
O’quvchilarning shaxsidagi tipik farqni hisobga olib tashkil etilgan o’quv-tarbiyaviy jarayonni tabaqalashtirish, bunday hollardagi o’qitish esa tabaqalashtirilgan o’qitish deb ataladi. O’qitishni tabaqalashtirish o’quvchilarni kasbga yo’naltirishni yaxshi yo’lga qo’yish imkonini beradi, chunki u o’quvchilarda yetarlicha qiziqish uyg’otgan fanlarni chuqur o’qitishga asoslanadi.
O’qitishni tabaqalashtirish ichki va tashqi tabaqalashtirishga bo’linadi.
O’quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil qilishda, agar o’quvchilarning xususiyatlarini hisobga olish o’qituvchining oddiy sinfdagi ish sharoitida amalga oshirilsa, o’qitishni ichki tabaqalashtirish deb ataladi.
Tashqi tabaqalashtirish o’quvchilarning alohida xususiyatlarini hisobga olish uchun ularni maxsus (maktab, sinf) guruhlariga birlashtiriladi.
Zamonaviy pedagogika amaliyotida o’qitishni tabaqalashtirishning quyidagi turlari mahlum:
a) layoqati bo’yicha;
b) balog’at yoshida rejalashtirayotgan kasbiga qarab;
v) qobiliyatiga qarab;
g) qiziqishlariga qarab.
Fizikani o’qitishni tabaqalashtirishni 14-15 yoshda boshlash maqsadga muvofiq.
Hozirgi vaqtda fizikani tabaqalashtirishni uch shakli mavjud:

  1. fakulttativ mashg’ulotlar;

  2. fizikani chuqur o’rganiladigan sinflar;

  3. fizika chuqur o’rganiladigan ixtisoslashtirilgan litseylar.

Fakultativ kurslar 1967 yildan boshlab tashkil qilina boshladi. Ularda berilgan fanga yuqori qiziqish bildirgan o’quvchilar qatnashadi. Fakultativ mashg’ulotlarda o’quvchilar fizika va unig texnikadagi asosiy qo’llanishlari asosida tayyorgarlik ko’rishadi. Fakultativlar tizimini ikki guruhga ajratish mumkin:

  1. fizika kursiga qo’shimcha bob va masalalar;

  2. maxsus kurslar.

Fakultativlar (“Qo’shimcha bob va savollar”) asosiy fizika kursining dasturiga moslashtiriladi va uncha ko’p bo’lmagan chuqur o’rganish uchun tanlab olingan, ilmiy yoki amaliy sohadagi muhim mavzulardan iborat.
Maxsus fakultativ kurslar yo bitta bo’limga, yoki amaliy xususiyatga taalluqli savollarni qamrab oladigan qilib tuziladi. Bunday kurslar asosan fizika va matematika chuqur o’rganiladigan maktab va sinflarda yo’lga qo’yiladi, oddiy maktablarda esa asosiy fizika kursi bilan yaqindan bog’liq fakultativlar afzal ko’riladi.
Fizikadan fakultativ mashg’ulotlar uchun to’rtta tipda kurslar ishlab chiqilgan:

  1. asosiy fizika kursi bilan uzviy bog’langan yuqori saviyadagi fakultativ kurslar;

  2. amaliy fizika fakultativ kursi fizik qonun va hodisalardan foydalanishning asosiy yo’llari va metodlari bilan tanishtirish, zamonaviy texnikaga qiziqishni rivojlantirish bu kursning asosiy vazifasi hisoblanadi;

  3. fizik-texnik modellashtirish bo’yicha fakultativ kurs;

  4. fizikaning birorta bo’limini chuqur o’rganuvchi fakultativ maxsus kurslar.

Fakultativ mashg’ulotlarni tashkil qilishda ularning ixtiyoriyligidan kelib chiqish lozim, bu narsa o’qituvchiga qo’shimcha mahsuliyat yuklaydi; u o’quvchilarda fizikaga qiziqishni uyg’otishi va rag’batlantirib borishi, ularda mustaqillikni rivojlantirishi kerak. fakultativ mashg’ulotlar uchun guruh 15 kishidan kam bo’lmagan ishtirokchilardan tuziladi.
Guruhlarni tuzishda o’quvchilar uchun hech qanday tanlov sinovlariga yo’l qo’yilmaydi.
O’quvchilar o’zlari uchun u yoki bu fakultativni ixtiyoriy tanlaydilar, lekin bundan so’ng hamma mashg’ulotlarni bajarish, sinovlarni to’shirish va hokazolarga majburdirlar. Fakultativ mashg’ulotlardagi bilimlarni baholashda faqat o’quvchilarning yutuqlari qayd etiladi, kamchiliklari emas. O’qituvchining yo’qlamasi bo’yicha og’zaki javobdan ko’ra referatlar, xabarlar, masala va asboblarni loyihalashtirishning original yechimlari bilim olishdagi ixtiyoriylik ruhiga ko’proq javob beradi. Bu narsa fakultativ kursni o’rganishga qiziqish va hohishni oshiradi, vaziflarni yaxshi bajarish uchun rag’bat uyg’otadi.
Fakultativ mashg’ulotlarda o’quvchilar bilan ishlashning turli shakllaridan foydalanish kerak; o’qituvchining bayoni va ma'ruzasi, o’quvchilar qisqacha bayonot beradigan seminarlar, suhbat davomida kursning alohida savollarini muhokama qilish; o’quv spravochnik va ilmiy-ommabop adabiyot bilan mustaqil ishlash, referatlar tayyorlash, laboratoriya ishlari va eks’erimentlarni bajarish, uncha murakkab bo’lmagan loyihalashlarni bajarish, masala yechish, o’qituvchining kirish va umumlashgan ma'ruzalari, yirik bo’limlarni o’rganib bo’lgach yakunlovchi anjumanlarni o’tkazish mumkin. Hamma hollarda mashg’ulotlarning jamoa, guruh va yakka-yakka shakllarini bir vaqtning o’zida har bir o’quvchining o’ziga xos xususiyatlarini maksimal hisobga olgan holda qo’shib olib borish zarur. O’quvchilarning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olib, mustaqil ishlash uchun vazifalarni qiyinligiga qarab tabaqalashtirish muhim.
Yuqori saviyadagi fizika kursi oddiysidan hajmi bilan emas, balki qaralayotgan hodisalarning chuqur o’rganilishi bilan farq qiladi.

Yüklə 61,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə