Mavzu. O‘quvchilarning konstruktorlik qidiruv faoliyatining mantig‘i va strukturasi. Reja


Texnik ijodkorlik jarayonida qo‘llaniladigan metodlar



Yüklə 21,61 Kb.
səhifə4/4
tarix17.01.2023
ölçüsü21,61 Kb.
#98721
1   2   3   4
11-мавзу (1)

5.3. Texnik ijodkorlik jarayonida qo‘llaniladigan metodlar. Birinchi texnik qurilmalar va sodda mexanizmlar paydo bo‘lishi bilan insoniyat o‘z oldiga har xil qiyinchilikda va ahamiyatga ega bo‘lgan texnik vazifalarni echishga harakat qiladi. Insoniyat o‘sib kelayotgan ehtiyojini qoniqtirish va mehnatini engillashtirish maqsadida yangi texnikani va mashinalarni yaratishga, uning ish unumdorligini oshirishga va foydali ish koeffitsientini ko‘paytirishga harakat qiladi. Ko‘p vaqtlar ijod bilan faqat qobiliyatli odamlargina shug‘ullanadi deb tushunishgan. Ilm, fan va texnikaning o‘sib borishi shuni ko‘rsatadiki ko‘p sonli maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan odamlarning tayyorgarligi tufayligina ilmiy-texnik taraqqiyotining rivojlanishini ta’minlay oladi.
Sanoat ishlab chiqarishida yuzaga kelgan ehtiyoj texnika taraqqiyotini jadallashtirishga xizmat qiluvchi muhim omillardan biri hisoblanadi. Bu fikrni aynan texnika ijodkorligiga nisbatan ham qo‘llash mumkin.
Asrimizning 40-yillarida texnik echimlarni tadqiq qilishning faol metodlariga ehtiyoj kuchayadi. Bu boradagi metodlarning etishmasligi atom energetikasi, raketasozlik, elektron hisoblash mashinalarini takomillashtirish ishlarining rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda edi. Bu davrda turli yo‘nalishlarda izlanishlar olib borilishi natijasida quyidagi holatlar aniqlandi:
- birinchidan, murakkab masalalarni, hatto, daho insonlar ham yakka o‘zlari echa olmasligi, ijod qilishning jamoa usuliga zarurati asoslandi;
- ikkinchidan, texnik echimlarni ishlab chiqishga ajratilgan vaqtning qisqaligini e’tiborga olib ilmiy izlanishlar uzluksiz ravishda yangi g‘oyalarning ishlab chiqilishi bilan birgalikda olib borilishi lozim;
- uchinchidan, mavjud bo‘lgan ko‘plab g‘oyalar orasidan asosli va samarali bo‘lganlarini ajratib olish yo‘llarini belgilash.
Yüklə 21,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə