Mavzu: Orta osiyolik mashxur arxeologlar



Yüklə 46,56 Kb.
səhifə4/4
tarix30.12.2023
ölçüsü46,56 Kb.
#165735
1   2   3   4
Mashxur arxeologlar by Azim

Yahyo Gulamov haqida.
G‘ulomov Yahyo G‘ulomovich (1908.1.5 — Toshkent — 1977.10.1) — tarixchi-arxeolog olim. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1966), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1958), tarix fanlari doktori (1950), professor (1955). Toshkentdagi O‘zbekiston erlar bilim yurti (inpros)ni (1926), Samarqanddagi O‘zbekiston Pedagogika akademiyasini (1930) tugatgan. Toshkent pedagogika texnikumida o‘qituvchi (1931—32). Ilmiy faoliyati 1933 yildan boshlangan. O‘zbekistonning qad. va san’at yodgorliklarini muhofaza qilish komiteti (Uzkomstaris)da ilmiy xodim, ilmiy kotib (1933—40). SSSR Fanlar akademiyasi O‘zbekiston filiali, Tarix, til va adabiyot instituti arxeologiya bo‘limi mudiri (1940—43). 1943 yildan O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix va arxeologiya instituti qadimiy va o‘rta asrlar tarixi bo‘limi mudiri, ayni vaqtda institut direktori vazifasini bajaruvchi (1956—59). Shuningdek, u Toshkent pedago-gika institutida «O‘zbekiston tarixi va arxeologiyasi»dan maxsus ma’ruzalar o‘qigan, 1936 yildan bir necha arxeologik ekspeditsiyalar (Toshkent, Buxoro, Samarqand, Farg‘ona va boshqa) ga rahbarlik qilgan. 1938—50 yillarda Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiya boshlig‘ining o‘rinbosari sifatida qatnashib, Xorazmning sug‘orilish, dehqonchilik va shahar madaniyatining shakllanishi hamda rivojlanish tarixi bo‘yicha ilmiy tekshiruv ishlari olib borgan. Yahyo G‘ulomov O‘zbekistonda tarix va arxeologiya sohalari bo‘yicha o‘ziga xos baynalmilal ilmiy maktab yaratgan. Uning Zarafshon va Farg‘ona vodiylarida, shuningdek, Toshkent vohasida olib borgan ishlari O‘zbekistonda, tosh, eneolit va jez davri, uning moddiy-madaniyat yodgorliklarini o‘rganishga katta hissa bo‘ldi. U, ayniqsa, Toshkent tarixi va uning yodgorliklarini tadqiq etishga alohida ahamiyat bergan. Toshkent kanali bo‘ylab, To‘ytepada maxsus arxeologik tadqiqotlar o‘tkazgan. 1966 yildagi Toshkent zilzilasi oqibatlarini tugatish bo‘yicha shaharda boshlangan ulkan qurilishlar munosabati bilan Toshkentning arxeologik obidalarini qayd etish va o‘rganish maqsadida maxsus Toshkent arxeologiya ekspeditsiyasini tashkil etgan.

Xulosa
Har bir davrning davom etishi turlicha bo`lgan. Masalan, tosh davri bronza davriga nisbatan juda uzoq davom etgan. 800 ming – 1 mln. yil davom etgan. Tosh davrida uzluksiz ravishda inson faoliyati natijasida tosh qurollari va ularni yasalish uslubi takomillashib borgan. Tosh davri ham o`z navbatida bir necha davrga bo`linadi: paleolit (qadimgi tosh davri), mezolit (o`rta tosh davri), neolit (yangi tosh davri). Tosh va bronza davri o`rtasida o`tish davri bo`lgan-ki, misdan qilingan mehnat qurollari bilan birga tosh qurollaridan ham foydalanilgan. Bu davrni eneolit davri (mis-tosh davri) deb atalgan. Bronza olish usuli kashf qilingach, ya`ni mis va qalay qorishmasidan mehnat qurollari keng tarqalishi natijasida bronza davri boshlangan. Ayrim joylarda bu mil. avv. III ming yilliklarda, shimoliy, o`rmonli hududlarda biroz kechroq – mil. avv. II ming yillikdan boshlangan. Nihoyat, ko`plab miqdorda temir qazib olinishi va keng tarqalishi natijasida mil. avv. XIII-IX asrlarda insoniyat tarixida temir davri boshlangan. Shu tariqa arxeologik davrlashtirish asosan mehnat qurollari rivojlanishi va ularni yasalish texnologiyasiga qarab amalga oshiriladi. Bunda asosiy e`tibor tarixiy taraqqiyot xususiyatiga qaratiladi. Shunga qaramay bu insoniyat taraqqiyoti qanday bo`lganligi haqida to`liq ma`lumot bermaydi.


Foydalanilgan Adabiyotlar
1. Академик Анатолий Сагдуллаев. Библиография / Тузувчи Ж.Э.Тоғаев. – Тошкент, 2021.
2.Muhammadjonov, Abdulahad „Arxeologiya“ Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
3.Egamberdiyeva N.A. Arxeologiya(o’quv qo’llanma). Toshkent 2011
4.Wikipedia
5. Yahyo Gʻulomovich Gʻulomov. T., 1979; Muhammadjonov A., Yahyo Gʻulomovni xotirlab (Oʻquvchilarga ustozim haqida). T., 2000.
Yüklə 46,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə