Mavzu: Orta osiyolik mashxur arxeologlar



Yüklə 46,56 Kb.
səhifə2/4
tarix30.12.2023
ölçüsü46,56 Kb.
#165735
1   2   3   4
Mashxur arxeologlar by Azim

Arxeologia haqida
 Oʻzbekistonda arxeologiya fanini rivojlantirishda Oʻrta Osiyo davlat universitetida arxeologiya kafedrasining ochilishi (1940), OʻzFA Arxeologiya boʻlimining tashkil etilishi (1943) katta ahamiyatga ega boʻldi. Arxeologik yodgorliklarni rayonnlarga boʻlib oʻrganishda Termiz arxeologik kompleks ekspeditsiyasi, Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi, Pomir-Olay va Pomir-Fargʻona ekspeditsiyalari katta rol oʻynadi. 50-yillarda Oʻzbekiston arxeologiya ekspedisiyasi otryadlari Toshkent vodiysida mozorqoʻrgʻonlarni (T. Aʼzamxoʻjayev), Zamonbobo jez davri qabristonini (Ya. Gʻulomov), Bolaliktepa yodgorligini (L. I. Albaum) va boshqalarni oʻrganishga kirishdi. 60-yillarda Moxondaryo arxeologik otryadi Ya. Gʻulomov rahbarligida Zarafshonning quyi oqimida miloddan avvalgi 4- 2-ming yillikka mansub 60 dan ortiq neolit va jez davriga oid manzilgohlar, Uch-tut chaqmoqtosh konlari (A. Askarov, M. Qosimov, Oʻ. Islomov va T. Mirsoatov), Moʻminobod qabristoni (A. Askarov), Samarqand makoni (D. N. Lev, M. 663Joʻraqulov), Chust jez davri qishlogʻi harobasi (V. Sprishevskiy), Dalvarzintepa (Yu. A. Zadneprovskiy), Xolchayon (G. A. Pugachenkova) va boshqa arxeologik obidalarda keng koʻlamda kazishlar olib bordi. Tuproqqalʼa, Varaxsha, Bolaliktepa, Afrosiyob, Quva podshoh saroylari va ibodatxonalarining oʻrganilishi, Samarqand va Mugʻ togʻida qadimgi Sugʻd, Xorazmda xorazmiy yozuvlarining topilishiOʻzbekiston madaniyatining yuqori darajaga koʻtarilganini koʻrsatadi. Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Arxeologiya institutining tashkil etilishi (1970) Oʻzbekistonda arxeologik tadqiqotlarni yanada kengaitirishga imkon berdi. 70-80-yillarda institut jamoasi tomonidan Oʻzbekistonning deyarli barcha viloyatlarida keng qamrovli arxeologik kuzatuv va qazishlar oʻtkazilib, oʻtmishning eng qadimgi davri — tosh asridan to soʻnggi oʻrta asrlarga mansub koʻplab nodir yodgorliklar topildi. Mas, Buxoro, Toshkent, Surxondaryo, Fargʻona, Samarqand viloyatlarida Teshiktosh, Amir Temur, Omonqoʻton, Obirahmat, Xoʻjakent, Qapchigʻay, Obishir, Qoratogʻ, Xoʻjamazgil (M. Qosimov, Oʻ. Islomov, N. Toshkenboyev, R. Sulay-monov, M. Xoʻjanazarov) kabi qadimgi tosh davri gʻor makonlari hamda Xorazm choʻllarida yangi tosh (neolit) va jez davri makonlari (A. Vinogradov, M. Itina) oʻrganilishi diqqatga sazovordir. Bu yodgorliklardan topilgan ashyoviy materiallar Oʻzbekiston tarixining eng qadimgi davri manzarasini tiklashda asosiy manba boʻlib xizmat qildi. Ayniqsa Oʻzbekistonning janubiy tumanlarida qadimgi dehqonchilik madaniyatiga tegishli koʻplab yodgorliklarning (So-pollitepa, Jarqoʻton, Kuchuktepa, Mir-shodi) topilishi va oʻrganilishi (A. Askarov, T. Shirinov, Sh. Shaydullayev) qadimgi Baqtriya madaniyatining genezisi, taraqqiyot bosqichlari va bu yerlarda ilk shahar madaniyatining shakllanish jarayonini kuzatish imkonini berdi. Maxsus tadqiqotlar Samarqand, Buxoro, Toshkent, Surxondaryo, Qashqadaryo, Xorazm viloyatlari va Fargʻona vodiysi, Qoraqalpogʻiston hududidagi qadimgi shaharlarni oʻrganishga bagʻishlandi. Ayniqsa qadimgi shaharlar — Yerqoʻrgʻon (R. Sulaymonov, M. Isomiddinov), Qanqa (Yu. Buryakov), Eski Termiz (Sh. Pidayev, T. Annayev), Dalvarzintepa (E. Rtveladze, B. Turgʻunov), Shoshtepa va Oqtepa (M. Filanovich), qadimgi Buxoro va Poykend (A. Muhammadjonov, Jez davriga oid sopol buyumlar (miloddan avvalgi 2-ming yillik oʻrtalari). J. Mirzaahmedov, Sh. Odilov), Axsikat va Pop (A. Anorboyev, B. Matboboyev), Afrosiyob (X. Oxunboboyev, M. Isomiddinov), Xiva (M. Mambetullayev), Mizdahqon (V. Yagodin) kabi yod-gorliklarda olib borilgan arxeologik tadqiqotlar samarali boʻldi. Xorazm va Zarafshon vodiysida Ya. Gʻulomov, B. V. Andrianov, A. R. Muhammadjonov va boshqalarning qadimgi irrigatsiya va dehqonchilik vohalarining vujudga kelishi jarayonlarini oʻrganish borasida olib borgan arxeologik va etnografik izla-nishlari alohida ahamiyatga ega boʻldi. Bu davrda Zarafshon vodiysi, Xorazm, Surxondaryo va Sirdaryo vohalari hamda Fargʻona vodiysida olib borilgan ar-eologik va antropologik izla-nishlar tufayli Oʻrta Osiyo, xususan Oʻzbekiston yerlarida yashovchi aholining asosiy antropologik tiplarga boʻlinganligi ularning shakllanish tarixini yoritish imkonini berdi; oʻzbek etnosining oʻziga xos xususiyatlari, tub etnik elementlarning ularga kelib qoʻshilgan etnoslar bilan qorishib ketish jarayoni kuzatildi. Bu masalaga oydinlik kiritishda T. Xoʻjayov, K. Shoniyozov va boshqa hissasi salmoqli boʻldi. Shu asnoda A. fanining turli davr va yoʻnalishlari boʻyicha il-miy maktablar tarkib toddi. Ularga Ya. Gʻulomov, S. P. Tolstov, A. P. Okladnikov, M. Ye. Massoy va G. A. Pugachenkova kabi olimlar asos soldi. Yirik asar va risolalar nashr etildi. Mustamlaka davrida Oʻrta Osiyo, jumladan Oʻzbekiston hududidan topil-gan eng nodir arxeologik topilmalar, 664qoʻlyozma asarlar talon-toroj etilib Moskva, Sankt-Peterburg, shuningdek boshqa xorijiy mamlakatlarga tashib ketildi. Mas, mashhur Amudaryo xazi-nasi Londondagi Britaniya muzeyiga olib ketilgan. Arxeologik izlanishlar maqsadi va natijalarini oʻzbek xalqi tarixi bilan bogʻlash tom maʼnoda mustaqillik yillaridan boshlandi. Oʻzbekiston Arxeologiyasi oʻz tadkiqotlarining samarasi bilan jahon ilmiy darajasiga koʻtarildi. Fransiya, Germaniya, Yaponiya, Italiya va Polsha bilan hamkorlikda arxeologik tadqiqotlar olib borilmoqda. Rossiya (Moskva, Sankt-Peterburg) olimlari bilan ilmiy aloqalar mavjud. Arxeologiya fani dunyo miqyosida katta tarixiy taqdirga ega, o‘z shakllanish va taraqqiyotining uzoq yo‘lini bosib o‘tgan ijtimoiy gumanitar fan sohasidan biridir. Manbalardan ma’lumki, insoniyat antik davrdayoq qadim o‘tmish tarixga, moddiy madaniyat va san’at namunalarini o‘rganishga qiziqa boshlagan (Fukidid, Pavsoniy, Pliniy...). Yunon faylasufi Platon (Aflotun) o‘z asarida “arxeologiya” atamasini mil. avv. IV asrdayoq “qadimgi davrlarda o‘tgan voqealar” ma’nosida ishlatgan. Ma’lumki, XVIII asrning oxiri XIX asrning birinchi yarmida Turkistonda qadimgi joylarda, ko‘hna makonlarda, qazuv ishlari olib borish odat tusiga kirmagan. Bu holatni mahalliy aholining ma’naviy, ruhoniy dunyoqarashi bilan izohlash mumkin. Zero, o‘lkaning ruhoniy hayotida ustuvor bo‘lgan islom ahkomlari, shariat qoidalari bo‘yicha ko‘hna joylar, muqaddas qadamjoylar, qadimiy qabristonlar va makonlar o‘rnini qazish, marhumlar ruhini bezovta qilish “gunohi kabir” hisoblangan. Lekin ushbu fikrlar o‘sha zamonlarda Turkiston o‘lkasi aholisida o‘z o‘tmish tarixiga, qadimiy ajdodlardan qolgan moddiy madaniyat namunalariga qiziqish, ular haqida muayyan bilim, ilmiy tushunchalar batamom bo‘lmagan degan g‘ayri ilmiy ma’noni bermaydi. Binobarin, Turkiston o‘lkasi podsho Rossiyasi qo‘shinlari tomonidan istilo qilinib, undagi mavjud uchta xonlik vassal davlatlarga aylantirilgandan so‘ng, XIX asrning 70-yillaridan boshlab o‘lka xalqlarining o‘tmish tarixi va madaniyatini faol tarzda o‘rganishga kirishgan rus mutaxassislari, ushbu tadqiqotlarning muvaffaqiyatli amalga oshishi uchun mahalliy aholining peshqadam ziyolilari, ilg‘or fikrlovchi ulamolari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatganlari haqida aniq ma’lumotlar mavjud. O‘sha davrlarda Rossiya ijtimoiy gumanitar fanining darg‘alari hisoblangan N.I. Veselovskiy, V.V. Bartold, Ye.F. Kal, A.N. Samoylovich va ko‘plab boshqa taniqli olimlar o‘zlarining Turkiston bo‘yicha o‘tkazgan tadqiqotlarida mahalliy o‘lkashunoslar, kolleksionerlar va qadimiyat havaskorlaridan katta amaliy ko‘rsatmalar, qimmatli yo‘l-yo‘riq, maslahatlar olganliklarini, o‘z xotira va hatto ilmiy asarlarida bot-bot ta’kidlaganlar. Samarqandlik hattot, musavvir Mirzo Qosimov “yer yuzining sayqali” bo‘lgan shahardagi mavjud mahobatli me’moriy yodgorliklarning “naqshi – nigori”dan mahorat bilan nusxa olish va ularni to‘plash bilan mashg‘ul bo‘lgan. U N.I.Veselovskiy rahbarligida Turkistonda o‘tkazilgan qazuv–qidiruv tadqiqotlarida bir necha marta qatnashgan. Turkistonga ilmiy maqsadda kelgan taniqli olimlar birinchi navbatda o‘z ishlarini Akram Asqarov kolleksiyasi bilan tanishishdan boshlashar edi. U o‘sha paytda Turkistonda endi kurtak otayotgan arxeologiya fanining faol ishtirokchisi, tashkilotchisi va ijrochilaridan biri bo‘lib shakllangan. Turkiston xalqlari qadimiyatini o‘rganish havaskorlaridan yana biri samarqandlik hattot Mulla Qozi ibn Mulla Abdurashid o‘g‘li Abu Said Mahsum edi. Samarqanddagi Shayboniyxon madrasasida mudarris bo‘lib faoliyat ko‘rsatgan bu ulamo haqida N.I. Veselovskiy – “Mirza Abu Said Mahsum timsolida Samarqandning eng o‘qimishli, musulmon adabiyoti bilimdonlaridan biri bilan tanishishga musharraf bo‘ldik”- deb e’tirof etgan edi. XX asrning birinchi o‘n yilligi oxirlarida V.L. O‘zbekiston arxeologiyasi hozirgi paytda millat manfaati, uning madaniy – ma’naviy hayoti, mustaqillik g‘oyalari talab va istaklaridan kelib chiqqan holda faoliyat yuritmoqda, fanga xizmat qilmoqda. Mahalliy xalq oʻrtasida oʻz vatanining oʻtmish yodgorliklari bilan qizi-quvchi Akram pol-von Asqarov, Mirza Abdulla Buxoriy, Muhammad Vafo kabi qadimgi buyumlar hamda chaqatangalarni toʻplovchi havaskor oʻlkashunoslar paydo boʻldi. 
Anatoliy Sagdullayev haqida

Anatoliy Sagdullayevich Sagdullayev 1951-yil 15-iyunda Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani Qaynar qishlogʻida tugʻilgan. Kitob shahri oʻrta maktabida oʻqigan. 1968–1973-yillarda Toshkent davlat universiteti (hozirgi Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti) tarix fakultetining Oʻrta Osiyo arxeologiyasi kafedrasida ta’lim olgan. Mehnat faoliyatini universitetda boshlagan. Toshkent davlat universiteti tarix va sharqshunoslik fakultetlarida “Arxeologiya asoslari”, “Ibtidoiy jamiyat tarixi”, “Qadimgi Sharq tarixi” kabi fanlardan ma’ruzalar oʻqigan, Qashqadaryo va Surxondaryo vohalarida arxeologik ishlarni olib borgan. 1975-yilda San’atshunoslik institutining sirtqi boʻlimi aspiranturasiga kirgan.Anatoliy Sagdullayevning ilmiy rahbarlari atoqli olimlar, akademiklar G.A. Pugachenkova va V.M. Massonlar boʻlishgan. Arxeologik tadqiqotlar materiallari asosida 1979-yili “Soʻnggi bronza va ilk temir davri Shimoliy Baqtriya madaniyati” mavzusida Leningrad (hozirda Sankt-Peterburg) arxeologiya Institutida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1989-yilda qadimgi davrga oid Pomir, Hindiqush va Kaspiy dengizi oraligʻidagi (Baqtriya, Sugʻd, Margʻiyona, Shimoliy Parfiya) ulkan hudud arxeologik ma’lumotlari talqinini qamrab oluvchi doktorlik dissertatsiyasini Moskva davlat universitetida himoya qilgan. Ilmiy tadqiqotlar bilan birga, Anatoliy Sagdullaev turli yillarda katta oʻqituvchi, dotsent, Toshkent davlat universiteti tarix fakulteti dekani, professor va arxeologiya kafedrasi mudiri vazifalarini bajarib, samarali pedagogik faoliyatga bagʻishlagan. Bundan oʻzi ishlab chiqqan maxsus kurslar hamda chop etgan koʻp sonli oʻquv-uslubiy ishlar, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari darak beradi. Bu borada olim nafaqat oliy oʻquv yurtlar talabalari, balki oʻrta umumta’lim maktablari oʻquvchilari uchun ham yangi avlod oʻquv adabiyotlarini yaratish tashabbuskori boʻlgan. Oliy oʻquv yurtlari uchun:Orta Osiyo arxeologiyasi,Ozbekiston Tarixi kabi kitoblar yozgan. Bundan tashqari, oʻquvchilar uchun 6-sinf “Oʻzbekiston tarixi” (V.A.Kostetskiy va N.Norqulov bilan, 1998-, 2000-yy.); “Qadimgi dunyo tarixi” (V.A.Kostetskiy bilan, 2003–2017-yillari mobaynidagi 5 ta nashrlar), shuningdek, oʻqituvchi-metodistlar bilan hammualliflikda ishlab chiqilgan imkoniyati cheklangan bolalarga ixtisoslashgan maktab va maktab-internatlar 6–7-sinflari uchun “Oʻzbekiston tarixi” darsliklari, “Jahon tarixi” va “Oʻzbekiston tarixi” boʻyicha maktab oʻquvchilari uchun yaratilgan tarixiy atlaslari alohida ahamiyatga ega. Anatoliy Sagdullayev hozirgi kunda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti tarix fakulteti arxeologiya kafedrasi professori lavozimida ilmiy-pedagogik faoliyatini amalga oshirmoqda. Magistratura yoʻnalishi talabalariga “Oʻrta Osiyo sivilizatsiyasi va davlatchiligining dolzarb muammolari”, “Tarixiy rekonstruksiya masalalari” va boshqa maxsus kurslardan ma’ruzalar oʻqib, magistrlik, PhD va tarix fanlari doktori dissertatsiyalariga ilmiy rahbarlik qilmoqda.Dekanlik faoliyati 1987–1992-yillar davomida Anatoliy Sagdullayev Toshkent davlat universiteti tarix fakulteti dekani lavozimida faoliyat yuritgan davrida fakultet bitiruvchilaridan 22 ta iqtidorli yosh tarixchilar, arxeologlar va tarixchi-san’atshunoslar oʻqituvchi lavozimiga ishga qabul qilindi. Ulardan 15 nafar tarix fakulteti oʻqituvchilari turli yillarda nomzodlik, 5 nafari esa doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilishgan. Oʻsha paytlarda Anatoliy Sagdullayev tashabbusi bilan Oʻzbekiston tarixini maqsadli keng oʻqitish va oʻrganish masalasiga alohida e’tibor berildi. Tarix fakulteti Oʻzbekiston tarixi kafedrasining shtat jadvali 20 nafar professor-oʻqituvchilarini tashkil etdi. 1989-yilda Oʻzbekiston oliy ta’lim tizimi tarixida ilk bor Toshkent davlat universitetining barcha fakultetlari oʻquv rejasiga “Oʻzbekiston tarixi” fanini oʻqitish joriy qilindi. Keyinroq mazkur fan Oʻzbekistonning barcha oliy oʻquv yurtlarida ham oʻqitila boshlandi.Ozbekiston yangi tarix markazidagi faoliyati Olim 1998–2012-yillar mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi Oʻzbekistonning yangi tarixi markazi direktori lavozimida faoliyat olib borgan. Bu bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 19-sentyabrdagi “Oʻzbekistonning yangi tarixi markazini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoyishiga muvofiq vazifalarni bajargan, shuningdek, akademiya tinglovchilariga ma’ruzalar oʻqigan. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 16- dekabrdagi “Oʻzbekistonning yangi tarixini tayyorlash va nashr etish toʻgʻrisida”gi Qaroriga muvofiq nashr ishlarini amalga oshirish jarayonini boshqargan, natijada 3 jilddan iborat “Oʻzbekistonning yangi tarixi” kitobi 2000-yilda chop etilgan.Ilimiy faoliyati Anatoliy Sagdullayev Oʻrta Osiyo arxeologiyasi, madaniyati va davlatchiligi tarixi boʻyicha yirik mutaxassis. Olim ilgari Oʻrta Osiyo arxeologiyasi faniga noma’lum boʻlgan yodgorliklarni kashf etgan va qadimgi Baqtriya, Sugʻdiyona hududlarida koʻp yillik dala arxeologik tadqiqotlari natijasida topgan muhim ilmiy materiallarni ilk bor tarix faniga kiritgan. Bu ilmiy kashfiyotlar va tadqiqotlar xorijda tan olingan. Oʻz ilmiy maktabini yaratgan olim. Anatoliy Sagdullayev 3 nafar doktorlik dissertatsiyasi, 14 nafar nomzodlik, 5 nafar tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) va bir qator magistratura talabalarining dissertatsiyalariga ilmiy rahbarlik qilgan.Shahrisabz shahrining 2700 yilligini asoslab berish maqsadida Kesh–Shahrisabz vohasida keng koʻlamdagi arxeologik ilmiy-tadqiqot ishlarining tashkilotchisi va ilmiy rahbari. Tadqiqotlar natijalari “Qadimgi Kesh–Shahrisabz tarixidan lavhalar” (1998), “Shahrisabz. Ming yilliklar merosi” (2002) hammualliflikda yozilgan monografiyalarda va Shahrisabz oʻlkashunoslik muzeyi ekspozitsiyalarida oʻz aksini topgan hamda YUNESKO va jahon ilmiy hamjamiyati tomonidan tan olingan. Ilmiy kengashlardagi faoliyati Anatoliy Sagdullayev Arxeologiya Milliy markazi hamda Oʻzbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashlarning a’zosi sifatida yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonida faol ishtirok etadi. Shuningdek, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash raisi boʻlgan. Olim turli ilmiy va ijtimoiy-ma’rifiy jurnallar tahrir hay’ati, Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, saqlash va targʻib qilish Umumjahon jamiyati Ilmiy kengashining a’zosi. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Hay’ati va tegishli fan ixtisosliklari boʻyicha faoliyat koʻrsatayotgan haqiqiy a’zolarining tavsiyasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan Anatoliy Sagdullayevich Sagdullayev Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi etib tasdiqlandi.



Yüklə 46,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə