Mavzu: Orta osiyolik mashxur arxeologlar



Yüklə 46,56 Kb.
səhifə1/4
tarix30.12.2023
ölçüsü46,56 Kb.
#165735
  1   2   3   4
Mashxur arxeologlar by Azim


Mavzu:Orta osiyolik mashxur arxeologlar
I-Kirish
II-Asosiy qism
1.Arxeologia haqida.
2.Anatoliy Sagdullayev haqida.
3.Mavlon Joraqulov haqida.
4.Yahyo Gulamov haqida.
III-Xulosa
IV-Foydalanilgan Adabiyotlar

Kirish
Arxeologiya — qadimshunoslik — qadimgi moddiy madaniyat yodgorliklariga asoslanib kishilik jamiyati oʻtmishini oʻrganuvchi fan. Mehnat qurollari, uy-roʻzgʻor buyumlari, qurol-yarogʻlar, zeb-ziynatlar, uy-joy, ustaxonalar, mudofaa va irrigatsiya inshootlarining qoldiqlari hamda oʻtmishga oid turli topilmalar Arxeologiyaning bosh manbai boʻlib, ularni chuqur ilmiy oʻrganish asosida oʻtmishdagi kishilik jamiyatlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tarixining umumiy manzarasi tiklanadi. Shu sababli Arxeologiya tarix fanining bir tarmogʻi hisoblanadi. Arxeologiya fanining vazifasi ham kishilik jamiyatining ibtidoiy davr, antik va o‘rta asr davrlarining moddiy madaniyat yodgorliklari orqali qadim tariximizni tiklashdan iborat. Arxeologiya soʻzini miloddan avvalgi 4-asrda Platon (Aflotun) qadimgi voqealar maʼnosida ishlatgan. Ilmiy maqsadlardagi dastlabki arxeologik qazishlar 18-asr boshidan boshlangan. 19-asr yirik arxeologik kashfiyotlar davri boʻlib, Arxeologiya fan sifatida shakllanib bordi, 19-asrda Lei asosan 4 ta davrga boʻlib oʻrganar edi; Yunoniston va Rimning quldorlik davri yodgorliklarini oʻrganuvchi mumtoz Arxeologiya, ibtidoiy Arxeologiya, 662-oʻrta asr moddiy-madaniyat yodgorliklarini oʻrganuvchi umumiy Arxeologiya va sharq Arxeologiya 20-asr boshida ular birlashib, keng mazmunli hozirgi zamon Arxeologiyasi shakllandi. Oʻzbekistonda arxeologik tekshirishlar 19-asrning oxirgi choragida, Turkistonni Rossiya bosib olganidan soʻng boshlandi. Rossiya imperiyasi Turkistonning oʻtmishi, xalqining urf-odati, qadimgi qoʻlyozmalarini oʻrganish orqali oʻlkada oʻzining mustamlakachilik rejimini mustahkamlamoqchi edi. . 1895-yil V. V. Bartoldnkng tashabbusi bilan Turkiston arxeologiya havaskorlari toʻgaragi tuzilib, Arxeologiya ishlari shu toʻgarak nazoratida olib boriladi. Oʻsha davrda oʻtkazilgan Arxeologiya tadqiqotlarida V. V. Bartolvd, V. L. Vyatkin, N. I. Veselovskiylarning xizmati katta boʻldi. Ammo arxeologik yodgorliklarni hali har tomonlama, keng oʻrganilmaganligi hamda topilmalar yaxshi aniqlanmaganligi sababli bu vaqtda ibtidoiy va undan keyingi ilk davrlar mutlaqo yoritilmadi.



Yüklə 46,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə