Mavzu: Ota-onalar majlisini tashkil qilish va o’tkazish metodikasi



Yüklə 51,51 Kb.
səhifə3/6
tarix19.12.2023
ölçüsü51,51 Kb.
#151004
1   2   3   4   5   6
Mavzu Ota-onalar majlisini tashkil qilish va o’tkazish metodika

Taklifnoma
Assalomu alaykum hurmatli ota – ona! Sizdan 11-fevral shanba kuni soat 1400 da maktabimizda o’tkaziladigan ota –onalar yig’ilishiga kelishingizni iltimos qilaman. Siz farzandingizni juda yaxshi ko’rasiz va albatta kelasiz deb ishonch bildiraman.
Sinf rahbari: ___________________
Ota-onalar yig’ilishiga sinfxonasi toza va ozoda holda tayyorlangan bo’lishi kerak! Sinfga o’quvchilar ishlaridan namuna sifatida ko’rgazma tashkil qilish, sinf hayotidan lavhalar ko’rsatish kerak.
“Bilimlar sinovi”, ko’rik – tanlovlarida va sport musobaqalarida g’olib bo’lgan o’quvchilarning ota-onalariga tashakkurnoma beriladi.
Ota-onalar yig’ilishini o’tkazish o’qituvchining mahoratiga bog’liq.
Ota – onalar yig’ilishini o’tkazish qoidasi

  • ota-onalar uchun yig’ilish mavzusi dolzarb bo’lishi kerak;

  • yig’ilish ota-onalar vaqtini hisobga olgan holda o’tkazilishi kerak;

  • yig’ilish o’tkazish vaqti aniq bo’lishi kerak;

  • sinf rahbarning ota-onalar bilan o’zaro muloqati samimiy va mustahkam bo’lishi kerak;

  • ota-onalar yig’ilishida foydali maslahatlar berilishi kerak;

  • ota-onalarga qo’pol munosabatda bo’lish kerak emas!.




O’QITUVCHILAR UCHUN MUHIMLARI




  • ota-onalar yig’ilishini yaxshi kayfiyat bilan boshlash kerak, yomon kayfiyatni eshik ortida qoldirish kerak;

  • yig’ilish 1-1.5 soatdan oshmasligi kerak;

  • yig’ilishda ota-ona ismi, familiyasi yozilgan ro’yxat stol ustida tursin, ismi familiyasi bilan yo’qlama qiling!;

  • yig’ilish boshlanishidan oldin ko’riladigan masalalar xattaxtaga yozib qo’yilsin;

  • oltin qoida esingizdan chiqmasin: avval ijobiy xabar so’ngra salbiy xabarlarni e’lon qilinsin!;

  • ota-onalarga aytilgan hamma xabarlar bolalarga yetkazilishi shart emas!;

  • yig’ilishga vaqt ajratib kelgan ota-onalarga minnatdorchilik bildirish kerak (ayniqsa otalarga);

  • bolalarni o’qitish qiyinligini ota-onalar tushinib yetsin;

  • alohida suhbatda o’quvchining yutuqlari aytib o’tilsin!;

  • ota-ona “yomon o’quvchi”, “yomon odam” emasligini tushinib yetsin”;

  • har bir ota-ona yig’ilishdan o’z farzandiga yordam bera olishini his qilib qaytsin;

  • yig’ilishga kelmagan ota-onani hammaning oldida muhokama qilmaslik kerak;

  • alohida o’quvchilar va turli sinflar yutuqlarini taqqoslamaslik kerak;

  • bitta qoniqarsiz o’quvchi deb butun sinfga yomon baho berish kerak emas!;





Ota-onalaryig’ilishining
Taxminiy rejasi






Yüklə 51,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə