Mavzu: O‘zbe



Yüklə 2,22 Mb.
səhifə10/17
tarix08.05.2023
ölçüsü2,22 Mb.
#109154
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
bank tizimini rivojlantirish

1997 yil
Ushbu yilda islohotlarning strategik yo'nalishlaridan biri bank sektorida xususiy
kapital oqimini rag'batlantirishdan iborat bo'ldi.
Mazkur jarayon 1997 yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy tijorat banklarini tashkil qilishni rag'batlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi
Farmoni e'lon qilinganidan so'ng jadallashdi. Unda jismoniy shaxslarning 50
foizdan kam bo'lmagan ulushi bilan banklar ochish uchun imtiyozlar taqdim etish ko'zda tutilgan edi. 1997 yil bank tizimining rivojlanish tarixida bank faoliyatida axborot tizimlarini joriy etish boshlangani bilan ahamiyatlidir. Ma'lumki, o'sha
vaqtgacha respublika hududida amaldagi barcha hisob-kitoblar kun bo'yi olib
borilar edi. 1997 yilning mart oyidan yangi dasturiy ta'minot joriy etilib, barcha hisob-kitoblar avtomatik rejimda amalga oshirila boshlandi. Bu esa to'lovlarni respublika tashqarisida 15 daqiqa mobaynida, Toshkentdan chekka joylarda atigi 3
daqiqada amalga oshirish imkonini berdi.
Aynan o'sha vaqtda hisob-kitoblar mexanizmi ishlab chiqildi va banklararo
elektron to'lovlarning zamonaviy tizimi joriy etildi. Banklarga o'sha vaqtdagi
noyob imkoniyat — kompyuter va telekommunikatsiya uskunalarini xarid qilish va departamentlarni ular bilan jihozlash imkoniyati berildi. Ular mablag'larni o'z
faoliyati uchun zarur uskuna-anjomlarni modernizatsiya qilishga yo'naltirishi hisobga olinib, qator soliq to'lovlaridan ozod qilindi.
Shu tariqa, moliyaviy va iqtisodiy axborotning sifat jihatidan yangi iste'molchilari
– mahalliy va xorijiy investorlar paydo bo'ldi.
1998 yil
Ushbu yilda respublika banklari Bazel tavsiyalariga muvofiq holda faoliyat
ko'rsatish uchun zarur tadbirlar amalga oshirildi.
Bank nazorati va xalqaro amaliyoti bo'yicha Bazel qo'mitasining tavsiyalaridan kelib chiqib, tijorat banklari faoliyatini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari doirasida tartibga soluvchi kompleks me'yoriy hujjatlar ishlab chiqildi. Bunda
tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini ta'minlash maqsadida ular balansida
mavjud muammolarni oldindan aniqlash hamda bank likvidligi pasayishi va kapital

24


tugashi yuzaga kelishidan oldin ogohlantiruv choralarini ko'rish tamoyillaridan foydalanildi.


Yüklə 2,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə