Mavzu: O‘zbe



Yüklə 2,22 Mb.
səhifə13/17
tarix08.05.2023
ölçüsü2,22 Mb.
#109154
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
bank tizimini rivojlantirish

2005-2006 yillar
Mamlakatimiz banklari kapitallashuv darajasining oshishi va ularning investitsiya jarayonlarida hamda iqtisodiy-tuzilmaviy o'zgarishlarda ishtiroki yanada faol- lashgan davri. O'sha kezlarda mamlakat hukumati banklarning foyda (daromad) solig'idan ozod qilinishiga banklar faolligi oshuvining yana bir zahirasi sifatida qaradi. Boz ustiga, tasdiqlangan davlat dasturlariga muvofiq, tijorat banklarining mini-banklar tashkil etish bilan bog'liq xarajatlari ham soliq undirish bazasidan
chiqarildi.
Shu tariqa, asosiy e'tibor pul muomalasini mustahkamlash va milliy valyuta, uning ayirboshlash kursi barqarorligini oshirish bo'yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratildi. Bu esa fuqarolarda katta rag'bat uyg'otib, ularning banklarga nisbatan ishonchini yanada orttirdi. Aholining banklarda depozit hisobraqamlar ochishga kirishishi bilan bog'liq ijobiy holatlar ko'paydi. Banklarning depozit bazasi hajmi oshdi, bank xizmatlari bozori shakllana boshladi. E'tiborlisi, bank mahsulotlari qatoridan yangi xizmat turlari, masalan, lizing xizmatlari joy ola

28


boshladi.
Shu o'rinda ta'kidlash joizki, mamlakatimizda chakana xizmatlar rivoji xalqaro bank va moliya kapitalini keng jalb qilgan holda qo'shma banklarning tashkil etilishiga ta'sir ko'rsatdi. Respublikamiz bank bozori 100 foizli xususiy kapital asosidagi yangi banklarning vujudga kelishi natijasida tubdan o'zgardi. Xususiy banklarning xizmatlar bozoridagi raqobatni kuchaytirib yuborgani mamlakat bank tizimi rivojida eng muhim bosqichlardan biri bo'ldi. Mamlakatimiz hukumati va Markaziy banki soliq imtiyozlari va kadrlarni tayyorlash jarayonida texnikaviy ko'mak taqdim etgan holda ularning rivojlanishini muntazam rag'batlantirib bormoqda. Ayni paytda xususiy banklar soni tijorat banklari umumiy sonining qariyb yarmini tashkil etadi. Respublikamizda xususiy banklar rivojlanishini izchil rag'batlantirish raqobatni kuchaytirishga, ko'rsatilayotgan bank xizmatlari sifatini yaxshilashga va moliyaviy resurslarning samarali taqsimotiga turtki berdi. Bu esa, o'z navbatida, xususiy tadbirkorlikni rag'batlantirish va rivojlantirish jarayonlariga ijobiy ta'sir ko'rsatmoqda.

Yüklə 2,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə