Mavzu: O‘zbe



Yüklə 2,22 Mb.
səhifə14/17
tarix08.05.2023
ölçüsü2,22 Mb.
#109154
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
bank tizimini rivojlantirish

2006-2007 yillar
Ipotekaviy kreditlashning rivojlanish davri. Bank xizmatlarining mazkur yangi
shakli mahalliy aholi tomonidan darhol ijobiy baholandi. Aholining barcha
qatlamlarini, ayniqsa, yoshlarni ijtimoiy himoyalashni ko'zda tutuvchi ushbu
manba O'zbekiston Respublikasi “Iste'mol krediti to'g'risida”gi va “Ipoteka
to'g'risida”gi Qonunlari orqali mustahkamlandi.
O'zbekiston Respublikasining“Iste'mol krediti to'g'risida”gi Qonuni iste'molchilar- ning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Mazkur qonun turar-joy va maishiy sharoitlarni yaxshilash borasida aholining
imkoniyatlarini yanada kengaytirishga, binobarin, banklarda iste'mol kreditlash
hajmining sezilarli darajada oshishiga xizmat qiladi.
2006 yilning oktyabr oyida esa O'zbekiston Respublikasi “Ipoteka to'g'risida”gi qonuni kuchga kirdi. Ko'chmas mulkni xarid qilish uchun kreditlar ajratishning huquqiy mexanizmini o'zida mustahkamlagan ushbu qonun hujjati bank ipotekaviy kreditlash rivojida muhim ahamiyat kasb etdi. Undan ko'zlangan asosiy maqsad

29


ko'chmas mulkka garov qo'yishda yuzaga keluvchi munosabatlarni tartibga solishdan iborat edi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 16
fevraldagi “Uy-joy qurilishi va uy-joy bozorini yanada rivojlantirish chora- tadbirlari to'g'risida”gi qarori doirasida uy-joylar qurilishini uzoq muddatli ipotekaviy kreditlash tizimida bir qator mexanizmlar joriy etildi.
Bu davrda, shuningdek, banklarning strategiyalari naqd pul muomalasini
mustahkamlashga, har bir filialda naqd pul zahiralarini shakllantirishga va o'z
faoliyatida samaradorlikni oshirishga qaratildi.
“2005–2007 yillarga mo'ljallangan bank tizimini isloh qilish va rivojlantirish dasturi”da belgilangan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi banklar kapitallashuv darajasi va ko'rsatkichlarining barqaror o'sishini ta'minlagan holda, bank tizimini
yanada isloh qilish va liberallashtirishda muhim omil bo'ldi. Bu borada pul
muomalasini mustahkamlash va milliy valyuta, uning ayirboshlash kursi
barqarorligini oshirish, banklarda aholi omonatlarini ko'paytirishni
rag'batlantirishga ustuvor yo'nalishlar sifatida e'tibor qaratildi. Rivojlanish sari
doimiy ravishda intilayotgan tijorat banklariga mamlakatimiz hukumati tomonidan o'z vaqtida taqdim etilgan imtiyozlar kredit muassasalari o'z yangi instrumentlarini ishlab chiqadigan va taklif qiladigan bank-moliya bozorining shakllanishini
oldindan belgilab berdi.

Yüklə 2,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə